16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:55
Fan va taʼlim 👁 1,132

Maktablarda tashkil etiladigan kuzatuv Kengashlarining vazifalari, huquq va vakolatlari nimalardan iborat?

Maktablarda tashkil etiladigan kuzatuv Kengashlarining vazifalari, huquq va vakolatlari nimalardan iborat?

Barcha sohalarda boʻlgani kabi xalq taʼlimi tizimida ham joriy etilayotgan islohotlar tufayli koʻpgina yutuqlarga erishilayotir.

Muhtaram Prezidentimizning “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha-chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-sentyabrda qabul qilingan Farmonida sohada yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish yoʻl-yoʻriqlari koʻrsatib berilgan edi. Xususan, xalq taʼlimi tizimini boshqarishning samarali mexanizmalarini joriy etish lozimligi, bu oʻz navbatida oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishga asos boʻlishi  taʼkidlangan.

Shu maqsadda umumiy oʻrta taʼlim muassasasalarida kuzatuv Kengashlari tashkil qilish taklif qilindi. Yaqinda xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan kuzatuv Kengashlari haqidagi namunaviy nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Endilikda nizomga muvofiq, taʼlim jarayonining shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik taʼsirini kuchaytirish, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari, oʻqituvchi-pedagog xodimlarning mehnati munosib baholinishi va ularga munosib mehnat sharoitlari yaratish, taʼlim-tarbiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har bir taʼlim muassasasida kuzatuv Kengashi tashkil etiladi.

Kengashning asosiy vazfilari nimalardan iborat?

Albatta, bu savol koʻpchilikni qiziqtiradi. Kengash Oʻzbekiston Pespublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan taʼlim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritishi, taʼlim muasassasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, taʼlim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini tkaomillashtirish, moliyaviy xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini tinglash, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish, ota-onalarning va oʻquvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish kabi vazifalarni hal etishga masʼul boʻladi.

Kengash aʼzolari taʼlim muasassasi direktori, oʻrinbosarlarining qarindoshlari, yaqinlaridan saylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Maktab direktori Kengash ishini tashkil qilish uchun masʼul hisoblanadi.

Kengash yigʻilishlari oʻtkazilganligi haqidagi bayonnomalar yigʻilish oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay, tegishli Xalq taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalariga taqdim etilishi lozim.

Kengash faoliyatiga tuman(shahar) xalq taʼlimi boʻlimi aralashmaydi.

Kengash maktab direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar orasidan eng munosibini ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylash vakolatiga ega. Kengash aʼzolari tomonidan nomzodga qarshi ovoz berilgan taqdirda, uni direktorlik lavozimiga tayinlashni rad etish haqida uni tavsiya etgan Xalq taʼlimi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga maʼlum qiladi.

Taʼlim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, maktabda taʼlim-tarbiya jarayonining sifatli tashkil etilishi boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish ham kengashning asosiy vazifalaridandir.

Oʻylaymizki, maktablarda kuzatuv kengashlarining tashkil qilinishi taʼlim jarayonining shaffofligini taʼminlash, taʼlim jarayonini samarali boshqarishda jamoatchilik taʼsirini kuchaytirishga, pirovardida esa oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan kadrlar boʻlib yetishishi kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Otabek XIDIPBOYeV, tuman xalq taʼlimi boʻlimi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019