16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Siyosat 👁 5,783

Vatan himoyasi - oliy burch

Vatan himoyasi - oliy burch

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi "Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-4174-sonli Farmoyishiga muvofiq, "Oʻzbekiston – yagona Vatanim” shiori ostida oʻtkazilayotgan harbiy vatanparvarlik tadbirlari chuqur harbiy-tarbiyaviy, gʻoyaviy-siyosiy va maʼrifiy-maʼnaviy ahamiyat kasb etmoqda.


Aslida vatanparvarlik tarbiyasining boshlangʻich nuqtasi oiladan, ota-onaga va barcha oila aʼzolariga boʻlgan mehr-muhabbatdan boshlanadi, oʻzaro samimiy muomala va munosabatlarda shakllanib, sayqal topadi. Armiya esa har bir yigit uchun chinakam toblanish maktabidir. Murakkab harbiy taktik mashgʻulotlar askarni ham jismonan, ham ruhan toblab, mustahkam irodali, sabr-toqatli, jasoratli, chaqqon, mahoratli va kuchli shaxs sifatida shakllantiradi. "Yosh askarga armiya nima beradi?”, - degan savolga eng yaxshi va toʻla javob ana shudir.

Muddatli harbiy xizmatga esa hamma yosh yigitlar ham olinavermaydi. Tashqi koʻrinishidan qaddi-qomati kelishgan, chiroyli boʻlishi mumkin. Lekin birinchi navbatda tibbiy koʻrik tekshiruvlarida nuqson boʻlmasligi, oʻrta taʼlim maktabi doirasidagi bilimi talab darajasida boʻlishi zarur. Shuningdek, psixologik tekshiruvlardan muvaffaqiyatli oʻtishi, intellektual salohiyatli, jismoniy tayyorgarligi yetarli boʻlgan navqiron yigitlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtashlari uchun yoʻllanma beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20 noyabrdagi "Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonigamuvofiq, 2009 yil boshidan boshlab muddatli harbiy xizmatga yiliga bir marta - bir yil muddatga chaqirish amalga kiritildi. Shu bilan birga muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan va test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan askarlarga oliy oʻquv dargohlariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berilishi askar yigitlarning ruhiyatini koʻtarib, kuchiga-kuch, gʻayratiga-gʻayrat qoʻshib, oʻzlari tanlagan oliy oʻquv dargohlariga oʻqishga kirishlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratdi. Bu esa kelgusida ularning mustaqil hayotda oʻzlarining munosib oʻrinlarini topib ketishlari uchun katta yordam boʻladi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning ikkinchi muqobil turi – safarbarlik chaqiruv rezervidagi bir oylik xizmat turini oʻtash ham har bir sogʻlom yigit uchun majburiydir. Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 99-son qarorining ijrosini taʼminlash boʻyicha koʻlamdor tashkiliy-siyosiy va tushuntirish-targʻibot ishlari tumanimizdagi barcha oʻzini-oʻzi boshqarish organlarida, mehnat jamoalarida, huquq-tartibot idoralarida, taʼlim muassasalarida, keng jamoatchilik orasida faollik bilan olib borilmoqda. Bu tinimsiz saʼy-harakatlarimiz va tushuntirish-targʻibot ishlarimiz oʻz samarasini bermoqda.

Kuzatishimcha, bizning tumanimiz milliy harbiy ofitser va serjant kadrlar tayyorlash boʻyicha eng yetakchi oʻrinlardan birida turadi. Ayni davrda 40 nafarga yaqin ofitser va 100 nafardan ortiq serjant kadrlar mamlakatimiz Mudofaa vazirligi tarkibidagi barcha harbiy okruglarning harbiy qismlarida davlatimiz oldidagi qasamyodlariga sodiq qolgan holda oʻz burchlarini sidqidildan ado etmoqdalar. Qipchoqlik polkovnik Mirzo Qutlimurodov Toshkent harbiy okrugida, "Toʻlqin” qishlogʻilik podpolkovnik Ilhom Erdoshev Samarqandda Markaziy harbiy okrugida, mangʻitlik podpolkovnik Davronbek Xidirboyev chegara qoʻshinlarida, kuyukkoʻpirlik podpolkovnik Muxtor Yusupov Janubiy Gʻarbiy harbiy okrugda, Bobur ovulidan podpolkovnik Anvar Qoʻshnazarov Janubiy-Gʻarbiy harbiy okrugda, toʻlqinlik mayor Qurbonboy Erdoshev Sharqiy harbiy okrugda (Fargʻona), toʻlqinlik mayor Zarif Yoʻldoshev Toshkent harbiy okrugida, oq oltinlik mayor Nurbek Norboyev Janubiy-Gʻarbiy harbiy okrugida, mangʻitlik mayor Tohir Qurbonov Toshkent harbiy okrugida, qilichboylik mayor Ergash Shomurodov Toshkent harbiy okrugida, toʻlqinlik kapitan Botir Hayitboyev Janubiy-Gʻarbiy harbiy okrugida, sidqidildan xizmat qilib, Kurolli Kuchlarimizning yanada qudratli, davlatimiz chegaralari koʻriqlanishi yanada ishonchli boʻlishi uchun, Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik barqarorligi yoʻlida bilim va mahoratlarini ishga solmoqdalar.

Shunisi diqqatga sazovorki, aka-uka Erdoshevlar va Xalillayevlar – oilaviy harbiy ofitser va serjantlardir. Ular "Toʻlqin” ovulidan chiqqanlar. Bir ovuldan yetishib chiqqan yigirma nafar ofitser va serjantlar turli harbiy okruglar tarkibidagi harbiy qismlarda xizmat qilmoqdalar.

Soʻnggi uch yil ichida tumanimizda yetti nafar yigit oliy harbiy bilim yurtlariga oʻqishga kirishdi. 2013-yilda 4 nafar yigit – xolimbeglik Mirjalol Oqmonov va kuyukkoʻpirlik Nizomjon Oʻrozboyevlar Chirchiq oliy harbiy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtiga, mangʻitlik Sirojiddin Qozoqboyev Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga, choykoʻllik Islombek Karimov Samarqand oliy harbiy avtomobil-qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtiga oʻqishga kirib, kursant boʻldilar.

Shuningdek, 2011-yildan eʼtiboran kursant boʻlgan qilichboylik Ruslan Yoʻldoshev Chirchiq oliy harbiy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtida, kuyukkoʻpirlik Sherzod Oʻrozimbetov Samarqand oliy harbiy avtomobil-qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida, 2012-yildan eʼtiboran kursant boʻlganmangʻitlik Doston Davlatboyev ham Samarqand oliy harbiy avtomobil-qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida bilim olishmoqda.

Yoshlarni Qurolli Kuchlarimizning harakatlantiruvchi boʻgʻini boʻlgan serjantlikka tayyorlash va ularning oʻqishlarini tashkil etish shu kunning eng dolzarb vazifasidir. Bu dolzarb vazifa nafaqat tuman mudofaa ishlari boʻlimi xodimlarining, balki barcha bosqichdagi taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilikning masʼuliyatli vazifasidir. Negaki, mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish, yurtimizda barqaror tinchlikni taʼminlash va kafolatlash umummiliy ishimizdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 22 yilligi – 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami nafaqat biz harbiylar bayrami, balki umumxalq bayrami boʻlib, yurtimizda tinchlik, barqaror taraqqiyot, obodlik va farovonlik bayrami hamdir.

Barchangizni mana shu umumxalq bayrami bilan qizgʻin muborakbod etaman!

Faxriddin MUSULMONOV,

tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor.

(Foto - uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019