16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:14
Iqtisodiyot 👁 4,142

Byudjet Kodeksi – qonunchiligimizdagi yangilik

Byudjet Kodeksi – qonunchiligimizdagi yangilik

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, byudjet siyosati ustuvor yoʻnalishlarini tartibga solish maqsadida qator qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2013-yil 26-dekabr kuni eʼlon qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Qonun ham shular jumlasidandir. Mazkur Qonunga asosan 2014 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi kuchga kirdi.

Byudjet Kodeksi umumiy va maxsus qismlar, 9 boʻlim, 28 bob va 192 ta moddadan iborat boʻlib, mazkur hujjat shu vaqtga qadar byudjetni tartibga solib kelgan «Byudjet tizimi toʻgʻrisida»gi va «Davlat byudjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida»gi Qonunlarni, byudjet jarayonining alohida masalalarini tartibga soluvchi oltita Qonunni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlarini, hukumat qarorlarini hamda idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qamrab olgan.

Kodeksda ayni paytda amalda boʻlgan meʼyorlar kengaytirilib, byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlari, davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish, byudjet ijrosi ustidan nazorat va byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni aks ettiruvchi yangi moddalar qoʻshilgan.

Ushbu Kodeks taraqqiy etgan mamlakatlarning bu boradagi ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, hujjatda davlat maqsadli jamgʻarmalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari qamrab olingan, byudjet mablagʻlarining manzillilik va maqsadlilik xususiyati, byudjet mablagʻlaridan natijaviy va samarali foydalanish, yagona gʻazna, masʼuliyat, ommaviylik va oshkoralik kabi qoʻshimcha tamoyillar kiritilgan va tushunchalar roʻyxati kengaytirilgan.

Byudjet Kodeksi amaldagi Soliq Kodeksi bilan birgalikda yagona unifikatsiyalashtirilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan, davlat moliyasi qonunchiligi bazasini shakllantirish imkonini beradigan hujjatdir.

Maʼlumki, har yili mamlakatimizda davlat byudjetining 60 foizga yaqini aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilmoqda. Ushbu Kodeksda byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, uni sarflashning natijaviyligi va samaradorligi, gʻaznaning yagonaligi, javobgarlik, ochiq-oydinlik yaʼni oshkoralik kabi byudjet tizimining asosiy tamoyillari kiritilgani ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi turmush darajasini yaxshilashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning manzilli va maqsadli sarflanishiga hamda uning ustidan samarali nazorat oʻrnatilishiga xizmat qiladi.

Aytish kerakki, har qanday davlatning samarali faoliyat yuritishi koʻp jihatdan toʻgʻri shakllantirilgan byudjetga bogʻliq. Nafaqat davlat majburiyatlari va ijtimoiy kafolatlar bajarilishi, balki mamlakat rivojining strategik maqsadlariga erishilishi byudjet mablagʻlari qanday tamoyillar asosida, qanday usulda shakllantirilishi va ishlatilishi, byudjet siyosati qanday ustuvorliklarni amalga oshirishiga ham bogʻliq.

Kodeksda nazarda tutilgan meʼyor va qoidalarning amalga oshirilishi byudjet jarayonining hamma bosqichlari hamda darajalarida yagona huquqiy meʼyor va yondashuvlar qoʻllanilishini taʼminlab, byudjet jarayoni barcha ishtirokchilarining faoliyatini yengillashtirishga, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga xizmat qiladi.

Madamin KAZAKOV,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengashning mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019