16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 652

RIZQIMIZNI YoNGʻINDAN ASRAShIMIZ KERAK

RIZQIMIZNI YoNGʻINDAN ASRAShIMIZ KERAK

Tumanimizda gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlanmoqda. Mirishkor dehqonlarimizning zahmatli mehnatlari evaziga yetishtirilgan gʻallani nobudgarchiliksiz yigʻishtirib olish, mavsumni namunali oʻtkazish barchamiz uchun muhim. Ayniqsa, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, don mahsulotlarini yongʻindan asrash uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz zarur.

Oʻrim-yigʻim arafasida Yongʻin xavfsizligi boʻlimi tomonidan tuman hududidagi donni qayta ishlash, saqlash va qabul qilish korxonalarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olish maqsadida tegishli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Donni oʻrish va tashish vaqtida yongʻin xavfsizligi qoidalariga doir eslatma va plakat, turli hajmdagi rangli bannerlar tayyorlandi. Mavsum oldidan belgilangan joylarga oʻrnatildi. Don saqlash omborlari va xirmonlarida yongʻin, asosan, elektr taʼminoti nosozliklari, nuqsonli gʻalla yuklash-tushirish kichik mexanizmlarini ishlatish, xirmon hududida sigareta chekish va ochiq olovdan foydalanishdan kelib chiqadi. Bularning oldini olish uchun xirmonlar birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, oʻrim-yigʻimga jalb etilgan kombayn, don tashishga moʻljallangan yuk avtomobillari, yonilgʻi tashuvchi transportlar va plugli traktorlarning texnik sozligi hamda birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlanganligi koʻrikdan oʻtkazilib, fermer xoʻjaliklarining rahbarlari, mutasaddilari, ishchi-xizmatchilar va haydovchilar oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish borasida yoʻriqnomalar, suhbatlar oʻtkazildi. Bundan tashqari, donni qayta ishlash, saqlash va qabul qilish korxonalarida tashkil etilgan koʻngilli yongʻin oʻchirish drujinalari va tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin va boshqa koʻngilsiz hodisalarni zudlikda bartaraf etishga erishish maqsadida amaliy mashqlar tashkil etildi.

Maʼlumki, gʻallasi oʻrilgan maydonning yoqib yuborilishi tuproq unumdorligining pasayishiga, havoga zaharli moddalar ajralib chiqishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, atrofdagi oʻrilmagan maydonlarga ham yongʻin oʻtib ketish xavfi ortadi. Fuqarolar bilan suhbatlarda ana shu masalaga katta eʼtibor qaratildi.

Don – rizq-roʻzimiz. Gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumida yongʻin havfsizligini taʼminlash esa gʻoyat muhim masala. Agar yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻla amal qilinsa, oʻrim-yigʻim mavsumi koʻngildagidek, hech qanday talafotlarsiz oʻtadi.


H.MATYoQUBOV, tuman YoXB boshligʻi, mayor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019