16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Adabiyot 👁 5,847

9-fevral - buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavallud topgan kun

9-fevral - buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavallud topgan kun

"Hayrat ul abror”

dostonida sabr talqini

Buyuk mutafakkir shoir, olim, musiqachi, rassom va davlat arbobi, oʻzbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy nazm va nasrda shunday bebaho asarlar yaratdiki, ustozi Abdurahmon Jomiy taʼriflaganidek "Turkiy tilda hech kim Navoiydek koʻp va xoʻp sheʼr aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi”. Shu oʻrinda Yurtboshimiz I. Karimovning: "Agar bu ulugʻ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, - degan fikrlari asoslidir. Zero, buyuk mutafakkirning bemisl ilmiy-ijodiy merosining har bir namunasida ifoda qilingan fikrlari bugungi kunda ham oʻzining yuksak qiymatini yoʻqotmagan.

Mutafakkirning "Hayrat ul abror” dostoni ibratli fikrlarga boyligi, mazmun-mohiyati jihatidan qimmatliligi bilan ahamiyatlidir. Zero, unda bitilgan 20 ta maqolatda koʻtarilgan masalalar barcha zamonlar uchun ham xosdir. Masalan, dostonning dastlabki maqolati - "Iymon sharhida” deb nomlanadi. Barchamizga maʼlumki, iymon hamma zamonlarda ham maʼnaviyatning ajralmas bir boʻlagidir. Navoiy iymonli insonga xos sifatlarni yozar ekan, koʻpchilik tomonidan javob topilmay kelayotgan bir savolga, yaʼni "Qanday insonni jamiyki ezgu hislatlarga ega inson deyishimiz mumkin?” - degan savolga javobni maqolatning 10-baytida keltirib oʻtadi:

Bas ani inson atagʻil beriyo,

Kim ishidir sabr ila shukru hayo.

Yaʼni, sen shunday odamni toʻgʻri, riyosiz deb bilgin, qachonki u sabr bilan shukru hayo bilan ish koʻrsa. Darhaqiqat, insonning hayot deb atalmish maskanida atrofidagilari tomonidan toʻgʻri, halol, asl inson, deya tan olinishi eng murakkab va mushkul ishdir. Bu nomga sazovor boʻlish uchun shoir nazdida insonlarda eng avvalo sabr boʻlishi lozim.

Alisher Navoiy tomonidan yuksak ardoqlangan Abu Lays Samarqandiy insonlarning yaxshi darajaga yetishishi haqida: "Bilgilki, banda yaxshilarning darajasiga aziyatlar va mashaqqatlarga sabr qilish bilan erishadi”, - deydi. Bu masalada ustoz-shogird munosabatlaridagi hamfikrlikni koʻrish mumkin.

Navoiy asarlarini oʻqir ekanmiz, unda bir-biriga zid boʻlgan obrazlarga duch kelamiz. "Hayrat ul abror”ning 25-bobida ham biri sabrli boʻlgan, ikkinchisi sabrsiz va shoshqaloq boʻlgan ikki hamroh hikoyati keltiriladi. Shoir hikoyatida hamrohlar yoʻlda bir toshga duch kelishadi. Toshning orqa tarafida bir yozuv boʻlib, unda xazina haqida gapirilgandi. Turli mashaqqatlarga dosh bergan odam xazinaga ega boʻlar ekan. Bu mashaqqatlardan yiroq yurishni istagan kishi uchun eng yaxshi narsa - sabr qilish ekanligi haqida quyidagi bayt keltiriladi;

Har kishi bu ranjidin oʻlsa yiroq,

Sabru qanoat boridin yaxshiroq.

Hikoyatda sabrli inson hamrohining boylik hirsida toshning tagini qazishga tushib ketganligini koʻrib, beparvo oʻtib ketadi va bir shaharga borib qoladi. U yerda darvozadan birinchi kirgan kishi ushbu mamlakatda podshoh boʻlishi belgilangan edi.

Boyagi sabrli inson ushbu mamlakatda shoh boʻlibdi. Sabrsiz, shoshqaloq inson esa ochkoʻzligi bois, koʻp ter toʻkib: "Kim behuda xomtama boʻlsa, u dunyoda doim azobda”, - degan yozuvgagina erishib, taʼmagirlikda xor-zor boʻlibdi:

Oni qanoat qilibon shahriyor,

Muni taʼma ranji qilib xor-zor.

Navoiy bu hikoyat orqali sabr insonni har qanday vaziyatda toʻgʻri yoʻlga boshlashini dalillaydi.

Navoiy asarining alohida bir bobida sabr timsoli boʻlmish Ayyub paygʻambar haqida hikoya qiladi. Bob soʻngida lirik chekinish sifatida yozilgan ikki-uch baytli soqiynoma shoirning sabrga boʻlgan munosabati va uning shaxsiyatidagi kuchli iroda sohibi ekanligini koʻrsatadi:

Bot boʻlu bir jom ila yetuk futuh,

Sabr esa Ayyubcha, yoʻq umri Nux.

Ushbu bayt tasavvufiy mazmunga ega. Shoir umrim Nux umricha boʻlmasa ham, sabrda Ayyubcha borman, deydi. Ayyub paygʻambar tasavvufda sabr timsolidir.

Shunga alohida eʼtibor qaratish kerakki, hazrat Navoiy sabrni iymonning ajralmas bir qismi, uning asosi deb talqin qilib qolmay, butun umr shoir oʻz hayotini sabr-qanoat tadarruklari ila ziynatlab yashagan sohir insondir.

Muxtasar qilib aytganda, Navoiy ijodi bir ummondirki, uning ummonidan bir qatra suv ichgan inson ushbu ijoddan bemisl ilhom, beqiyos maʼnaviy ozuqa olgandek boʻladi, goʻyo.

Uning ijod namunalarini teranroq oʻrgansak, bugungi kunimiz uchun ham ibratli boʻlgan, shaxs maʼnaviyati yuksalishiga, insonlarni ruhan poklanishga xizmat qiluvchi olam-olam maʼnolarni oʻqishimiz mumkin. Shu sababli ham gʻazal mulkining sultoni, oʻzbek tilining asoschisi boʻlgan Alisher Navoiy ijodining har bir baytini yoshlarga toʻgʻri tahlil va talqin qilib, toʻgʻri tushuntirish har bir oʻqituvchidan oʻz ustida tinmay ishlashni, izlanishni talab qiladi.

Iroda YaXShIMURODOVA,

Komila XUDOYBERGANOVA,

3-sonli Amudaryo akademik litseyi oʻqituvchilari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019