16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:58
Salomatlik 👁 1,003

OʻTKIR YuQUMLI IChAK KASALLIKLARI YoZ MAVSUMIDAGI XAVFLI KASALLIK

OʻTKIR YuQUMLI IChAK KASALLIKLARI YoZ MAVSUMIDAGI XAVFLI KASALLIK

Hozirgi vaqtda aholi turmush darajasining yaxshilanishi, qishloq va shaharlar qiyofasining tubdan oʻzgarishi va madaniyat yuksalganligi tufayli koʻpgina yuqumli kasalliklar yoʻqolib ketdi. Biroq shunga qaramay, yoz faslining issiq kunlari boshlanishi bilan aholi orasida oʻtkir yuqumli kasalliklari koʻplab uchray boshlaydi. Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarini turli mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Ayniqsa, ichburugʻ, salmonellyoz, qorin tifi, ichak tayoqchalari, botulizm, rotoviruslar va boshqa mikroblar tashqi muhit obʼektlarida ham koʻpayib kasallik qoʻzgʻatadi.

Aksariyat hollarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, atrof-muhit, yaʼni tuproq, havo, suvlarni ifloslantirish, yuz-qoʻllarni sovunlab yuvmaslik, qoʻlni yuvmasdan ovqatlanish oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari mikroblarining keng tarqalishiga imkon beradi. Oʻtkir oshqozon-ichak kasalliklarini xalqimiz “iflos qoʻllar kasalligi” deb bejiz aytishmagan. Chunki mikroblar bemor odamning najasi, siydigi bilan atrof-muhitga tushib, tuproq, suv, kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar, turli asboblarni, bolalar oʻyinchoqlarini oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavot va mevalar, sut, shirinliklar va boshqalarni ifloslab, kasalliklarning tarqalishiga sabab boʻladi. Mikroblar tushgan suv, sut, yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan tayyor ovqatlarni, sabzavotlar va mevalarni isteʼmol qilgan odamlarning kasallanishi turgan gap. Shu bilan birga oʻtkir yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarning tarqalishiga pashshalar ham sababchi boʻladi. Yoz va kuz oylarida ular oyoqlarida turli mikroblarni tashib, usti ochiq qolgan oziq-ovqatva meva-sabzovot mahsulotlarni zararlaydi.

Kasallikning birlamchi belgilari tana haroratining koʻtarilishi, koʻngil aynishi, qayt qilish, ichning suyuq va tez-tez ketishi, baʼzida najasda qon boʻlishi bilan kechadi. Kasallik bolalarda ogʻir kechadi. Ichning tez-tez va suyuq ketishi tananing suvsizlanishiga hamda boshqa ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Agarda yaqinlaringiz va yosh bolalaringizda yuqoridagi keltirilgan holatlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Shifokor kelgunga qadar bemorga regidron va boshqa tuzli eritmalar yoki oddiy qaynatilgan suv bering.

Kasallikni yuqtirmaslik uchun suvni qaynatilgan holda ichish kerak. Qoʻlni ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan keyin sovunlab yuvishga odatlanish lozim. Xoʻl mevalarni yuvib isteʼmol qilish, tez buziladigan ovqat mahsulotlarini muzlatkichlarda saqlash maqsadga muvofiq. Choʻmilish xavzalaridagi suvning tozaligiga hamda choʻmilish jarayonida suv yutmaslik kerak. Shu bilan birga idish-tovoqlarning yuvilishiga, pashshalarning koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslikka eʼtibor berish darkor.

Ushbu tavsiyalarga amal qilsangiz, oʻtkir yuqumli ichak kasalliklaridan saqlanasiz va oila aʼzolaringizning ham salomatligini muhofaza qilishga muvaffaq boʻlasiz.

G.TAJIBOYeVA,
tuman DSENM epidemiologiya boʻlimi mudirasi,

oliy toifali epidemiolog.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026