16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:42
Jamiyat 👁 3,241

Chekish koʻzga ziyon

Chekish koʻzga ziyon

Chekish koʻzga ziyon

Xitoylik olimlar tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish koʻzga katarakta tushishi – koʻz xiralashishiga olib kelishi mumkin, deb taʼkidlamoqda. Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida maʼlum boʻlishicha, chekuvchilarda chekmaydiganlarga nisbatan koʻzning ushbu turdagi kasalligiga chalinish xavfi ancha yuqori.

Xitoyning Chjetszyan universiteti qoshidagi Oftalmologiya instituti vakillarining soʻzlariga koʻra, kataraktaning oʻz vaqtida oldi olinmasa, yoxud toʻgʻri davolanmasa, koʻrlikka sabab boʻlishi mumkin. Shu bois ekspertlar chekishdan butunlay forigʻ boʻlish lozimligini tavsiya etmoqda.

Albert Eynshteynning xati sotildi

Germaniyalik mashhur fizik Albert Eynshteynning diniy mavzuga oid xati AQShning "eBay” kimoshdi savdosida 3,1 million AQSh dollariga sotildi. Xaridorning shaxsi sir tutilmoqda.

"eBay” vakillarining aytishicha, 1954-yil 3-yanvarda yozilgan mazkur maktub AQShning Prinston universitetida ishlagan nemis faylasufi Erik Gutkindga joʻnatilgan. Eynshteynning oʻlimidan bir yil avval yozilgan, oʻtgan asrning eng shov-shuvli hujjati boʻlmish ushbu xat olimning shaxsiy kollektsiyasida ellik yil saqlangan.

Ming dardga davo

Yangi zelandiyalik olimlarning soʻzlariga koʻra, asal, gul changi, asalari zahri yordamida qon tomirlarining kengayishi, psoriaz, artroz va osteoxondroz kabi turli xil kasalliklarni davolash mumkin ekan. Ularning aytishicha, asal tarkibidagi organizm uchun juda zarur boʻlgan temir, yod, tsink, kobalt, marganets, ftor kabi oʻttizga yaqin mikroelementlar uyqusizlik, oshqozon-ichak xastaliklari va shamollashni ham tabiiy yoʻl bilan davolash, jigarni tozalash imkonini beradi.

Maʼlumotlarga qaraganda, mikroelementlar tarkibiga koʻra asalning oʻttiz foizli eritmasi inson qonidan tayyorlangan plazma oʻrnini ham bosa oladi. Boisi qon bilan asalning kimyoviy tarkibi deyarli bir xil. Shuning uchun ham asal parhez taom va shifobaxshlik borasida tengsiz hisoblanadi.

Yangi muzey

Germaniyada dunyoda birinchi marta xotin-qizlar tarixiga oid muzey ochildi. Bonn shahrida tashkil etilgan mazkur yangi muzey "Xotin-qizlar tarixi uyi” nomini oldi. U dunyo ayollarining jamiyatda qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari haqida hikoya qiladi.

Ushbu muzeyda uzoq oʻtmishdan hozirgi davrga qadar xotin-qizlarning jamiyat va davlat qurilishida tutgan oʻrni rang-barang ekspozitsiyalarda aks ettirilgan.

Uzoq umr koʻray desangiz, ichmang!

Frantsiyalik olimlar muntazam spirtli ichimlik ichadigan odamlar bu kabi mahsulotni juda kam isteʼmol qiladigan va umuman ichmaydigan kishilarga nisbatan 14-yil avval insult xastaligiga chalinishi mumkin, demoqdalar.

Frantsiyadagi Lill universiteti xodimlari olib borgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, 60 yoshdan kichik boʻlgan "ichuvchilar” insult xurujiga uchraganidan keyingi ikki yil ichida hayotdan koʻz yumishi mumkin ekan. Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, spirtli ichimliklarni koʻp miqdorda ichish oqibatida yoshlik chogʻida ham insultning ogʻir turiga duchor boʻlish xavfi bor.

AQShda kuchli toʻfon

AQShda sodir boʻlgan Sendi dovuli oqibatida yuzdan ziyod odam halok boʻldi. Mahalliy matbuotning xabar qilishicha, qor aralash kuchli toʻfon soatiga oʻn yetti kilometr tezlik bilan harakatlangan. Toʻfon AQShning Merilend, Nyu-Jersi, Delaver, Konnektikut, Pensilvaniya, Massachusets, Vermont, Ogayo, Virjiniya va Shimoliy Karolina shtatlarining katta qismiga ziyon yetkazgan.

Maʼlumotlarga koʻra, toʻfon oqibatida mamlakatdagi yerosti va yerusti transport harakati maʼlum muddat toʻxtagan. Aviakompaniyalarda ikki mingga yaqin reyslar bekor qilingan.

(Foto-http://shifo-info.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019