16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:09
Adabiyot 👁 2,461

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Aziz karvonim

Yoʻlga otlanibdi ming yillik karvon,

Oshib oʻtgan mana necha choʻl, dovon.

Sarbon bor qoʻlida ezgulik tugʻi,

Maqsad bor, soʻzi bir – qilichning tigʻi.

Bepoyon dashtlarda, hattoki choʻlda,

Karvon ketib borar, bir ravon yoʻlda.

Kimlar havas bilan boqar uzoqdan,

Ollohim asrasin xavfdan, tuzoqdan.

Bu karvon ichida hayot qaynaydi,

Insonlar ahildir, koʻzlar chaqnaydi.

Bosilgan izlardan unarkan gullar,

Quyoshning taftidan yayrar koʻngillar.

Yoʻling ravon boʻlsin, aziz karvonim,

Hayoting bardavom boʻlsin, Sarbonim!

Oldinda baxtiyor manzillar kutar,

Koʻzlangan manzillar baxt sari eltar!

Alisher Ahmedov.

ONAM

Hayot sinovlariga berolmay bardosh,

Qalam-u qogʻozga boʻlsam-u sirdosh.

Onajonim boʻlar menga yelkadosh,

Quyoshim, oftobim, mehribon onam.

Koʻzlarimga inganida nam,

Yomonlar gaplari qilarkan alam.

Shunday paytda yupatar onam,

Boshimda parvonam, sarbonim onam.

Mehri daryolarga sigʻmagan onam,

Baxtli, taxtli boʻlsin der, bolam.

Vatanim koriga yarasam agar

Faxr-u iftixorga toʻlardi onam!

Dilnoza SOBIROVA.

 

MEN ORZU QILAMAN

Men orzu qilaman hayotda baxtni,

Orzular orzuga ulanib ketar.

Baʼzida tilaklar aylanib rostga,

Tushdek koʻnglim maqsadga yetar.

Hayot, bu – ummondir, oxiri yoʻqdir,

Orzular oʻxshaydi goʻyo baliqqa.

Baliqchi misoli suzar, odamzod,

Orzularin ovlab chiqar qirgʻoqqa.

Orzu ham kuch bermas, qoʻlda turmaydi,

Inson ertasini aslo bilmaydi.

Oldida toʻfonmi, doʻl bormi, bilmas,

Ummonda toʻlqinlar aslo tinmaydi.

Men orzu qilaman oʻsha ummonda,

Baliqchi misoli baliq ovlasam.

Allohimning oʻzi kuch-quvvat bersa,

Orzular ketidan tinmay quvlasam.

Sevara SIDABULLAYeVA.

 

DAVLATIMSIZ, OTAJON!

Poyingizni koʻzga suray, otajon,

Nomingizni oqlab yuray har qachon.

Siz istagan inson boʻlib hayotda,

Doim ezgu ishlar qilay, otajon!

Siz borsizki, biz bormiz bu dunyoda,

Borligingiz har narsadan ziyoda.

Har nafasda hurlik hissin tuyaman,

Baliq erkin suzganidek daryoda.

Ota, desam qalbim toʻlar gʻururga,

Yurak-bagʻrim toʻlib ketar faxrga.

Talpinaman hamon otam bagʻriga,

Lol qolaman yo Rabbim, bu mehrga.

Otasini ulugʻlagan har inson,

El ichida qadr topgan har zamon.

Alloh oʻzi eʼzozlagan bu zotlar,

Duo qilsa, duosi asrar jahon.

Koʻzlaringiz nuri boʻlay otajon,

Soʻzlaringiz duri boʻlay, otajon.

Siz panohim, eng bebaho davlatim,

Poyingizga gullar toʻshay har zamon.

Uyimizni jannatmakon bogʻ qilib,

Har onimiz tarovatli chogʻ qilib.

Oʻstirdingiz bir oʻgʻil, uch qizlarni,

Magʻrur boqing, koʻksingizni togʻ qilib.

Shodlik kuyi yangrar jism-u jonimda,

Saxiy beklar qoni oqar qonimda.

Bu dunyoda mendan baxtli inson yoʻq,

Mening shunday otam borlar yonimda.

Nasiba EShMURODOVA,

55-maktab oʻqituvchisi.

 

BIZ DUNYoGA MEHMONMIZ

Yoshi bir yerga borganda inson,

Chuqur nazar solar ekan hayotga.

Bu dunyoda hech bir narsa

Boqiy boʻlmas ekan, nachora.

Baʼzilar mansab kursisini

Oʻzlariga abadiy bilar.

Insoniylik qiyofasini

Bir lahzada unutib qoʻyar.

Baʼzan koʻkda oyning yuzini

Qora bulut qoplab olganday.

Tundlashadi chehralari ham,

Koʻngliday tor dunyolari ham.

Aslida-chi, birgina soʻzdan

Togʻ boʻladi insonlar qalbi.

Mehr nuri balqisin koʻzda,

Quyosh porlab turgani kabi.

Abadiymas, amal va boylik,

Odamiylik baridan ustun.

Biz mehmonmiz, shuni bilaylik,

Mehr ila bagʻrimiz butun.

Inobat OTAJONOVA, 38-maktab oʻqituvchisi.

 

VATANPARVAR

Vatanparvar yigitlar,

Chegarani qoʻriqlar.

Tinim bilmay xizmatda,

Charchamasdan yurishar.

Jonin tikib garovga,

Ona yurt deb yashashar.

Tinchlik bermayin yovga,

Vatan uchun kurashar.

Sanjar OLIMOV, 40-maktab oʻquvchisi.

 

ZIYoDAGA

Albatta, sen yurib ketasan,

Orzuingga bir kun yetasan.

Aʼlo oʻqib dorulfununda,

Shifokorlik kasbin tutasan.

Umidingni uzma hech qachon,

Faqat olgʻa intilavergin.

Xastalikni yengib oʻtasan,

Matonatning qoʻlidan tutgin.

Koʻzingda yosh boʻlmasin, aslo,

Gʻam chekmagin, intil hayotga.

Sen kuchlisan, ishon Ziyoda,

Orzularing koʻchar hayotga.

Sardorbek KENJABOYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019