16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:53
Fan va taʼlim 👁 2,583

Orzu yoʻling oydin boʻlsin, Qunduzoy

Orzu yoʻling oydin boʻlsin, Qunduzoy

- Tengdoshlarim qanday fikrda, bilmadim-u oʻqituvchi-ustozlarimiz, hatto ota-onalarimizning ham tinmay pand-nasihat qilib, oʻqishga, hunar oʻrganishga undashlari har doim ham samara beravermaydi, - deydi Qunduzoy, – menimcha, ilm olishga, hunar oʻrganishga qiziqish, avvalo har bir odamning yuragida tugʻiladi. Ota-ona va ustoz yordami bilan biz uni rivojlantirib, oʻzimiz uchun sevimli mashgʻulotga aylantirib olamiz.

Qunduzoy hali juda yosh, umum-taʼlim maktabining  7-sinf oʻquvchisi. Lekin u hayotga teran boqadi, oʻta qiziquvchan, mulohaza  bilan ish yuritib, atrofidagilarni hayron qoldirgan holda jiddiy xulosalar chiqara oladi. Boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni yaxshi biladi u. Badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi, kitoblar mutolaa qiladi, sheʼrlar ijod etadi. 16-sonli ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabining ingliz tili sinfida oʻqiydi, "Barkamol avlod” bolalar markazining toʻquvchilik toʻgaragi mashgʻulotlarida qatnashadi. Intiluvchan, aʼlochi va faol boʻlgan Qunduzoy tengdoshlaridan farqli oʻlaroq, turli xil tadbirlar ishtirokchisi va gʻolibi, "Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichida ingliz tili boʻyicha faxrli oʻrin sohibasi, sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda eng nafosatli sportchi, "Yangi avlod - 2012”bolalar ijodiyoti festivali laureati, "Kamalak yulduzlari - 2013” bolalar  ijodiyoti festivali Respublika bosqichi gʻolibi sifatida tanilgan. Oʻqishda va ijoddagi yutuqlari uchun "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashining maxsus sertifikat va Diplomi, Faxriy yorliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirliklarining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlangan. Ustozlari rahbarligida ingliz tilini qunt bilan oʻrganayotgan Qunduzoyning orzulari bir olam.

- Kelajakda tumanimiz ijodkorlarining asarlarini ingliz tiliga tarjima qilib, Amudaryo tumanimiz nomini jahonga tanitish mening orzuim, - deydi u.

Biz Qunduzoyga: "Orzu yoʻllaring oydin boʻlsin!”, deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

Kasblar

Kasblar koʻpdir dunyoda,

Bir-biridan ziyoda.

Xohlaganingni tanla,

Oldin ularni sana!

Biz juda koʻp bilamiz,

Har hil kasblar haqida.

Birma-bir tanishamiz.

Keling, ingliz tilida!

Shifokor soʻzi "Doctor”,

Der: "doimo toza yur”.

"Gardener” esa bogʻbon,

Bogʻ yaratar bir jahon.

"Policeman” tinchlikni

Muhofaza qiluvchi.

Oʻqituvchi – "teacher”

Tinmasdan oʻqinglar der.

"Builder” esa binokor,

Bu juda kerakli kor.

Oshpaz boʻladi – "cook”

Pishirar mazali "soup”,

"Dressmaker” esa chevar,

Chiroyli koʻylak tikar.

"Baker” atalar nonvoy,

Yopadi shirin shirmoy.

"Farmer” – bu bobo dehqon,

"Carrot” ekadi har on.

"Pilot” esa uchuvchi,

Osmonlarni kezuvchi.

"Firemen” oʻt oʻchiruvchi,

Hamda u qutqaruvchi.

"Reporter” esa muxbir,

Buni dilda saqlab yur!

Vatan

Hur  boshida humolar uchgan,

Osmonini tinchlik, erk quchgan.

Vatanimni sevarman jondan,

Toki oʻzim hayot ekanman,

Adabiyot-koʻrkam bir gulzor,

Unda bizlar gullar gʻunchasi.

Shu gulzordan olarman ilhom,

Chunki Vatan tanim ichra jon.

Qunduzoy Yusupova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019