16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:47
Iqtisodiyot 👁 1,167

“Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video)

“Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video)

Keyingi yillarda tumanimizda aholiga xizmat koʻrsatilayotgan bozorlarimizni tartibga solish boʻyicha qator amaliy ishlar qilindi. Turli xil isteʼmol mollari, ehtiyoj uchun zarur narsalar savdosiga ixtisoslashtirilgan tumanimizdagi “Mangʻit savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli buyum bozorida ham sharoitlar yaxshilandi. Savdo majmuasi talab darajasidagi turgʻun savdo doʻkonlariga ega boʻldi, shoxobchalar tartibga keltirildi.

Tuman hokimining tegishli qarori asosida 2009-yilda “Mangʻit buyum va sanoat mollari bozori” sifatida tashkil etilgan bozor 2010-yilda “Mangʻit savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirildi. Shundan soʻng, “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori va “Oʻzbekiston Pespublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Bozor infratuzilmasini yaxshilash maqsadida elektr energiyasi taʼminotining sifati yaxshilandi. Kuzatuv kameralari oʻrnatilib, qoʻriqlash xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bozor hududi obodonlashtirilib, chiqindilarning vaqtida olib ketilishi taʼminlandi. Yongʻin xavfining oldini olish maqsadida yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlangan maxsus shkaf oʻrnatildi va 50 metr kub hajmdagi suv saqlash hovuzi qurildi.

Savdo majmuasi joylashgan hudud 2,12 gektar yer maydoniga ega. Bozor hududida 270 ta turgʻun savdo shoxobchasi mavjud. Majmuada chinni buyumlar, maishiy texnika jihozlari, kiyim-kechak, oyoq kiyimlar, matolar, atir-upa va galanteriya mahsulotlari savdo qilinadigan doʻkonlar tartib bilan joylashtirilib, xaridorlarga qulaylik yaratildi. Hozirgi kunda 200dan ortiq tadbirkorlik subʼektlari tomonidan aholiga xizmat koʻrsatiladi. Undan tashqari hududda oshxonalar, tikuvchilik tsexlari ham faoliyat koʻrsatadi. Har bir savdo shoxobchasi nazorat mashinasi va toʻlov terminali bilan jihozlangan.  Majmua maʼmuriyati tomonidan tuman Davlat soliq inspektsiyasi, Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori hamkorligida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha reydlar tashkil qilib boriladi. Shuningdek, favqulodda hodisalardan ogoh boʻlishlarini taʼminlash va tozalikka muntazam amal qilinishini yoʻlga qoʻyish maqsadida Yongʻin xavfsizligi boʻlimi, Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari ishtirokida ham tashviqot tadbirlari oʻtkazilib turiladi. Shuningdek, xaridorga kassa cheki berish, hisob-kitobni plastik kartochkalar vositasida olib borish, ijara munosabatlari kabi masalalar ham muntazam nazorat ostida.

Bir soʻz bilan aytilganda, turli koʻrinishdagi qonunbuzilishlarning oldini olish va barham berishga, savdo va xizmat koʻrsatish madaniyatining yuksalishiga, isteʼmolchi haq-huquqlari himoyasi amaliyotiga munosib ulush qoʻshib borishga ham harakat qilinmoqda.

Savdo majmuasida yaratilgan sharoit va qulayliklardan tadbirkorlar ham, isteʼmolchilar ham nihoyatda mamnun. Koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻngildagidek boʻlganligi sababli tadbirkorlar shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishga intilishadi.  “Mangʻit savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyati zimmasidagi daromad rejasi doim ortigʻi bilan bajarilib kelindi. Mazkur yilning 6 oyligi yakuni uchun belgilangan 218 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan rejani 218 mln. 117, 4 ming soʻmga ortigʻi bilan, yaʼni 100,5 foizga uddalandi. Mahalliy byudjet uchun belgilangan112 mln. 639 ming soʻm reja esa 112 mln. 900 ming soʻmga, yaʼni 100, 2 foizga oshirib bajarildi.

Oʻtgan davrlar mobaynida daromadlar hisobidan kirish va ichki hududdagi yoʻlakchalar yoʻlak toshlari yotqizilib tekislandi. Yogʻingarchilik paytida koʻlmaklar paydo boʻlishining oldini olish maqsadida talab darajasidagi kanalizatsiya tarmoqlari qurildi.  Chiqindilar uchun alohida maydoncha ajratilib, yoʻlakchalarga 30 tadan ziyod maxsus idishlar qoʻyildi. Bozorning tashqi tomonidagi yoʻllar ham taʼmirlanib, tosh yotqizildi va tungi chiroqlar oʻrnatildi. Tuman hokimining qarori asosida savdo majmuasi tasarrufidagi 300 metr kv. yer maydonida avtomobillar uchun maxsus toʻxtash joyi tashkil etildi hamda pulli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilib, nazorat kassa mashinasi, toʻlov terminali bilan jihozlandi.

Savdo majmualari, bozorlar aholi turmush farovonligini aks ettiruvchi oʻziga xos ijtimoiy-iqtisodiy markaz hisoblanadi. Bozorning obodligi, toʻkin-sochinligi elning obodligidan, toʻqligidan nishona. Yurt koʻrki boʻlgan bozorlarimizda xizmat koʻrsatish sifatining yaxshilanishi daromad va tushumlar koʻpayishiga,  iqtisodiyot yanada oʻsishiga olib keladi. 

O.Xudoyberganova.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019