16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Maqolalar 👁 563

AYoLIMIZ VA BOLAMIZ TAʼMINOTI UChUN MASʼULMIZ!

AYoLIMIZ VA BOLAMIZ TAʼMINOTI UChUN MASʼULMIZ!

Pasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Har biringiz bir rahbarsiz va qoʻl ostingizdagilar haqida masʼulsiz”, deb marhamat qildilar (Buxoriy rivoyati).

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu katta mujtahid olim, oʻtkir aqlli siyosatchi, tadbirkor va zabardast jamiyat rahbari boʻlishlari bilan birga, yana boshqa koʻp fazilatlarga ham ega edilar. Bu sifatlar har kimda ham boʻlavermaydigan, baʼzilarda boʻlsa ham, mansabga mingach, yoʻqolib qoladigan sifatlardir. Ana shunday sifatlardan biri tanqidni koʻtara olish va xatoni tan olish sifatidir. Yana, u kishi tashabbuskor va masʼuliyatni chuqur his qiladigan inson boʻlganliklari tufayli hech kimga bildirmay, kechalari odamlarning hollaridan xabar olishni ham birinchi boʻlib yoʻlga qoʻydilar. Bu ishlarga masʼul kishilar tayinlangan boʻlishiga qaramay, u kishi kechalari oʻzlarini tanitmasdan, xalqning holidan xabar olar edilar. Bu sohada juda ham koʻp ishlar qilgan.Ularning koʻpchiligi ishonchli roviylar orqali rivoyat qilingan.

Bir ayolning ovqat topa olmaganidan qozonga suvning oʻzini quyib, tagiga olov yoqib:

– Sabr qilinglar, hozir taom pishadi, – deya bolalarini uxlatishga urinayotganligini koʻrdilar. Xalifa darhol orqalariga qaytib, Baytulmoldan bir qop taomni ajratib, hamrohlaridan qopni orqalatib qoʻyishda yordam soʻradilar. Hamrohlari:

– Ey moʻminlar amiri, ijozat bering, yukni men koʻtarib boray, – dedi. Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu:

– Agar qiyomat kuni oʻsha oilaning och qolganligi gunohini ham mening oʻrnimga sen koʻtaradigan boʻlsang, bu yukni koʻtar, boʻlmasa oʻzimga qoʻyib ber, oʻzim koʻtaray, – dedilar. Soʻngra qopni oʻzlari koʻtarib olib bordilar.

Islom ahli poytaxti boʻlmish Madinai Munavvara shahriga savdogarlar karvoni kelib tushdi. Karvonda ayollar, yosh bolalar ham bor edi. Xalifa Umar roziyallohu anhu sahobalardan Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhuga:

– Karvondagilarni qoʻriqlashga vaqting bormi? – dedilar. Ikkovlon kechasi bilan karvondagilarni qoʻriqlab, namoz oʻqib chiqdilar. Umar roziyallohu anhu yosh bolaning yigʻisini eshitib, oʻsha tomonga bordi va uning onasiga:

– Allohdan qoʻrq! Goʻdagingga yaxshi qara! – deb, ortiga qaytdi. Bola yana yigʻlashda davom etdi. Umar roziyallohu anhu yana uning onasi oldiga qaytib kelib:

– Allohdan qoʻrq! Goʻdagingga yaxshilik qil! – deb, ortiga qaytdi. Tun oxirlab qolganda yana bolaning yigʻisini eshitgan xalifa haligi onaning oldiga borib,

– Shoʻring qurisin. Yaxshi ona emasga oʻxshaysan. Kechasi bilan oʻgʻling tinchima-di-ya! – dedi.

Qarshisida turgan odam hazrati Umar roziyallohu anhu ekanligini bilmagan ona xuddi qorovulga gapirayotganday:

– Ey Allohning bandasi, kechasi bilan meni tinch qoʻymading. Axir men uni koʻkrakdan ajratmoqchiman. U boʻlsa koʻnmay, injiqlik qilmoqda, – dedi.

– Nima uchun? – dedi Umar roziyallohu anhu.

– Chunki Umar faqat koʻkrakdan ajratilgan bolalarga nafaqa tayin qilgan, dedi ayol.

– Bolaning yoshi qancha boʻldi? – dedi Umar.

– Falon oylik boʻldi, – dedi ayol. Umar roziyallohu anhu:

– Uni koʻkrakdan ajratishga shoshilma, – dedi va orqasiga qaytib ketdi. Soʻngra xalifa borib, bomdod namoziga imomlikka oʻtdi. Namozdagi odamlar uning yigʻisidan qiroatini ajrata olmadilar. Boʻlib oʻtgan hodisadan qattiq taʼsirlangan xalifa yigʻlab turib, namoz oʻqir edi. Namozni oʻqib boʻlib, salom bergandan soʻng:

– Umarning shoʻri qurisin! Musulmonlarning qanchadan-qancha bolalariga zulm qilibdi, – dedi va jarchini chorlab:

– Bolalaringizni koʻkrakdan ajratishga shoshilmanglar! Biz Islomda har bir tugʻilgan bolaga nafaqa beramiz! – deb jar solishga amr etdi. Bu haqda boshqa yurtlarga ham farmon yubordi.

Hofiz Abu Yaʼlo Shaʼbiydan, u kishi Masruqdan shunday rivoyat qiladilar: Umar roziyallohu anhu xalifalik davrida Pasululloh sallallohu alayhi vasallamning minbarlariga chiqib:

– Ey odamlar! Ayollarning mahrini juda oshirib yubordingiz-ku! Pasululloh sallallohu alayhi vasallam va u kishining sahobalari mahrni toʻrt yuz dirhamdan oshirmas edilar, undan ham oz boʻlar edi. Agar mahrni ziyoda qilish Allohga taqvo yoki karamli ish boʻlganida, ulardan oʻtib keta olmas edingiz. Hech kim bir ayolning mahrini toʻrt yuz dirhamdan ortiq qilganini bilmayin! – dedi-da minbardan tushdi.

Qurayshlik bir ayol uning yoʻliga koʻndalang chiqdi-da:

– Ey moʻminlar amiri, odamlarni ayollarning mahrini toʻrt yuz dirhamdan ortiq qilishdan qaytardingmi? – dedi.

Umar: “Ha” dedi. Ayol:

– Allohning Qurʼonda tushirgan hukmini eshitmaganmiding? – dedi. Umar: U qanday hukm ekan? – deb soʻradi. Shunda ayol:

– Allohning “... va ularning biriga haddan ziyod mahr bergan boʻlsangiz ham...! degan oyatini eshitmaganmisan?!” – dedi.

Umar:

– Parvardigor, Oʻzing kechir! Odamlar Umardan koʻra faqihroqdirlar, – dedi-da, qaytib borib, yana minbarga chiqib:

– Ey odamlar, men sizlarga ayollarning mahrini toʻrt yuz dirhamdan ortiq qilmaslikni amr qilgan edim. Endi kim oʻz molidan qancha xohlasa, beraversin. Umar xato qildi. Ayol kishi toʻgʻri aytdi, dedi.

Manba asosida, “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi

imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019