16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:42
Jamiyat 👁 2,912

INTERNET DOIMO BIZGA DOʻST(mi)?

INTERNET DOIMO BIZGA DOʻST(mi)?

Biz axborot asrida yashayapmiz. Biz terlab-pishib koʻchiradigan kitoblarning elektron variantlari paydo boʻldi. Lekin, bugun biz ogʻiz ochgan mavzu  bu emas, butun dunyoni bir chetdan mahv etgan, oʻrgimchak toʻri deb atalmish Internet  haqida. Eʼtibor berganmisiz, oʻrgimchak toʻrini qarovsiz qolgan  uylarning xohlagan joyida uchratishimiz mumkin. Internetni ham bejizga bunday atashmagan. Chunki u ham qarovsiz qolgan, eʼtibor berilmagan joyda oson kirib keladi. Alfred Nobel umrining oxirgi onlarida shunday degan edi: "Agar harbiy yovuz maqsadlarda ishlatilishini bilsaydim, atomni yaratmagan boʻlardim”. Agar atom bombasining hozirgi siyosiy hayotdagi oʻrnini olsak, Nobelga qoʻshilmay ilojimiz yoʻq. Internet tarmogʻini yaratgan odam ham eng avvalo uning foydali tomonlarini koʻrgan. Chunki u orqali dunyoning narigi burchidagi har qanday xabardan tez va oson voqif boʻlish mumkin. Biroq zararlari-chi? Yoshlarning ongini buzadigan, unga har tomonlama notoʻgʻri gʻoya beradigan axborotlarni-chi, toʻxtatib boʻladimi? Boʻlmaydi. Chunki bu odamlarning, yoshlarning oʻziga bogʻliq. Agar u istasa, sizdan besoʻroq ham ish qilishi mumkin. Shunday ekan, gap aylanib yana tarbiyaga borib taqaladi. Bilsangiz, KXDR davlatida Internet tarmogʻidan foydalanish taqiqlangan. Bunga jazo bor. Shuning oʻzi ham oʻrgimchak toʻrining nechogʻlik zararli ekanligini koʻrsatib turibdi. Hozirda, xohlagan uyali aloqa vositasi yordamida Internetga ulanish mumkin. Bu juda oson. Lekin har doim axborot olamida yurgan odam tashqi dunyodan uzilib, gʻayratsiz, irodasiz boʻlib qoladi. Umuman yashashning qizigʻi yoʻq, umri mazmunini faqat  virtual dunyoda koʻradi.

Endi oʻylab koʻring, bunday irodasiz, oʻziga ishonmaydigan odamdan nimani kutish mumkin? Endi ularga oʻqi, deya olamizmi, yo birinchi sinfdan boshlaymizmi? Yoʻq. Hoʻl novdani buksang, har yonga bukiladi, quruq choʻpni esa osongina sindirish mumkin. Oʻzingiz oʻylang, qoʻlida telefon tutgan,  kompyuterda ishlagan, mashina mingan yoshlarning keyinchalik qoʻliga kitob tutishiga, kecha-yu kunduz mukkasidan ketib kitob oʻqishiga ishonasizmi? Internetga mukkasidan shoʻngʻigan bolaning kitoblar olamiga qaytishi juda qiyin. Oʻrgimchak toʻriga tushib qolgan odam barcha goʻzalliklarni virtual dunyoda deb biladi. Bu qanchalik dahshatligini tasavvur qilayapsizmi?

Gaplarimdan xafa boʻlmang, tengdoshim. Chunki bu haqiqat.

Aziz ota-onalar, sizning ham oʻgʻil-qizingiz bor. Oʻgʻlingizning oʻzingizga oʻxshab oliy maʼlumotli boʻlishini, qizingizning esa hammaning koʻzini quvnatadigan kelin boʻlishini istaysiz. Unda yanada hushyorroq boʻling. Toki, farzandingiz oʻrgimchak toʻriga ilinib qolmasin.

Azizlar, men hali kollej oʻquvchisiman. Lekin yuqorida fikr yuritganim – oʻrgimchak toʻri – internet olamidagi buzgʻunchi saytlardagi maʼlumotlarning tarbiyaviy maqsadlarimizga zid ekanligini yaxshi bilaman. Shuning uchun farzandlari virtual dunyo bilan har kuni "oshno” boʻlgan aziz ota-onalar, fan-texnika yuksalganini qoʻya turaylik, hech oʻylaganmisiz, qachonlardir ota-bobolarimiz tasavvur ham qilmagan, biz ham anchagacha hushimizga sigʻdirolmagan bu oʻzgarishlar, nega ulardan foydalanishimiz juda oson boʻlib qoldi? Nega ular bilan oramiz  bor yoʻgʻi bir qadam? Nega biz bundan quvonishimiz kerak? Balki bu Vatanimizning ozodligini koʻrolmayotgan, yoshlarimizning ong-u tafakkurini mahv etishga urinayotgan niyati buzuq kuchlarning ishi emasmikan? "Tekin ovqat-tomoq yirtar”, deyishgan ota-bobolarimiz. Shuning uchun yozganlarimni bir mushohada qilib koʻring, bu mening fikrlarim. Qanday xulosa chiqarish esa oʻzingizga bogʻliq, aziz mushtariy.

 

Siroj OLIMOV,

Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019