16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:42
Jamiyat 👁 3,509

Bolaga eʼtibor – oilaga va millat kelajagiga ehtirom ifodasi

Bolaga eʼtibor – oilaga va millat kelajagiga ehtirom ifodasi

Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega.

(Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasidan)

Istiqlol yillarida yoshlarga oila qurish naqadar muhim va masʼuliyatli ish ekanini anglatish, sogʻlom oilani shakllantirish, oilada yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoit yaratish eng ustuvor siyosat darajasiga koʻtarildi.

Darhaqiqat, oila – fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi. Sababi har bir jamiyat aʼzosining tarbiyasi, eng avvalo, oiladan boshlanadi. Oʻsib kelayotgan avlodning yetukligini ham, inqirozini ham oila muhiti belgilab beradi. Agar oila barkamol, ota-onalar maʼnaviyatli, qadriyatlarimizga eʼtiborli boʻlsa, bunday oilada yomon farzand tarbiyalanmaydi.

Yangi 2014-yilga muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Sogʻlom bola yili” deb nom berilishi barcha davlat  idoralari, nodavlat va ijtimoiy tashkilotlar qatorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari zimmasiga ham katta masʼuliyat yukladi.

Muhtaram Prezidentimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda soʻzlagan maʼruzasida shunday deb taʼkidladilar: "Maʼlumki, mamlakatimizda boʻlgʻusi kelin-kuyovlarni nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi joriy etilgan boʻlib, bundan koʻzlangan asosiy maqsad sogʻlom oila qurish, sogʻlom bolani dunyoga keltirish bilan bogʻliq. Lekin afsuski, insonning hayoti, tugʻilajak farzandning taqdiriga bevosita daxldor bu masalaga baʼzan masʼuliyatsizlik bilan qarash, soxta va yuzaki xulosalar chiqarish, tibbiy maʼlumotnomalarni sotib olish kabi holatlar uchrab turishi barchamizni tashvishga solishi zarur”.

Shunday ekan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustda qabul qilingan "Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim.  Oila qurish arafasidagi yoshlar bir-birining  salomatligi haqida aniq maʼlumotga ega boʻlishini taʼminlash orqali kelgusida befarzandlik, jismoniy, ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bola tugʻilishining oldini olishga,  ajralishlarning kamayishiga erishiladi.

Ana shu maqsadlardan kelib chiqib, oila institutini yanada takomillashtirish, nikoh masʼuliyati, huquq va majburiyatlar tengligi, qon-qarindoshlik munosabalarining ahamiyati haqida yanada mazmunli, samarali targʻibot ishlarini olib borish lozim. Bunda avvalo, oilaning muqaddasligi hamda nikoh masʼuliyati boʻyicha turmush qurayotgan yoshlarning bilim va tushunchalarini boyitishga alohida eʼtibor qaratish, xususan, oila qurish har bir inson hayotida ulkan hodisa ekanligi, bu masala shaxsiy, xususiy  doiradan chiqib, ijtimoiy-huquqiy ahamiyat kasb etishini tushuntirish, ikkinchidan, voyaga yetayotgan oʻsmirlar ongida oila masʼuliyati, ularni turmush qurishga tayyorlash, yosh oilalarining huquqiy savodxonligini tubdan yaxshilash, oilada bolaning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasi boʻyicha tadbirlar tashkil qilish boʻyicha tegishli mutaxassislar ishtirokida tushuntirish ishlarini olib borish zarur.

Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, ham maʼnan, ham jismonan sogʻlom oilaning vujudga kelishi yurt va millat taqdiriga daxldor masaladir.

Zero, Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, "Sogʻlom bola – avvalo, sogʻlom va ahil oilaning mevasidir. Biz tayanchimiz va suyanchimiz, gʻururimiz va iftixorimiz boʻlmish bolalarimizga ishonch bilan, hurmat-eʼtibor bilan qarashni kelajagimizga boʻlgan ishonch, millatimizga, xalqimizga boʻlgan hurmat-ehtirom ifodasi deb bilamiz”.

Zulhumor BOLTABOYeVA,

tuman FHDYo boʻlimi inspektori, 3-darajali huquqshunos.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019