16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:09
Adabiyot 👁 1,991

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

AYoL

Mehringizning adogʻi bormi,

Dunyo qalbingizdan bir tormi?

Qaddingizni tik qilgan qudrat,

Gʻururmi yo oʻzbaki ormi?

Siz hammaga keraksiz, ayol –

Dunyolarga tirgaksiz ayol!

Siz Toʻmaris izidagi gul,

Baxshilarning sozida bulbul.

Har dilga xush, zulflari sunbul –

Oʻzbekiston bagʻridagi gul!

Vatanga keraksiz, keraksiz, ayol –

Dunyolarga tirgaksiz, ayol!

Jahongir NURIMOV.

 

TABIAT JILOLARI

Tong sahar esadi mayin shabada,

Dillarni-dillarga bogʻlaydi har on.

Gulzordagi goʻzal gʻuncha labida,

Bolari oʻz davrin suradi shodon.

Soylardan suv toshib dalaga shoshar,

Toʻlqinlar shiviri soylarga jilo.

Dalalarga singib hayot ulashar,

Quyoshga intilib oʻsar gul – lola.

Bogʻ tomon buraman asta yuzimni,

Chugʻurlab, qushchalar sayraydi shodon.

Mayin kuy, manzara bogʻlab koʻzimni,

Koʻnglim goʻzallikdan topadi orom.

Kuyidan mast boʻlar telba yuragim,

Iforin sochadi bogʻ-u chamanlar.

Joʻsh urar dilimda ezgu tilagim:

- Qalblarda qolmasin zarra armonlar!

Dilafroʻz BOLTABOYeVA,

67-sonli maktabning “Yosh muxbirlar” toʻgaragi aʼzosi.

 

BIRINChI PREZIDENTIM

Mustaqillik binosiga qoʻyib bergan poydevor,

Tun-u kun xalqimizga boʻlib kelgan madadkor.

Yurt otasi degan ulugʻ nomga sazovor,

Yoʻlingizdan ketyapmiz hamisha ildam-u hushyor.

Bu karvonning sarbonisiz, bu bogʻlarning bogʻboni,

Tinchlik hamda farovonlik binosining meʼmori.

Har bir aytgan soʻzlaringiz hayotimiz shiori,

Siz tufayli bugun Vatan hur insonlar diyori.

Qoldi sizdan buyuk meros – ozod, obod hur Vatan,

El-u yurt ahil boʻldik, har ishda bir jon-u bir tan.

Ruhingiz qoʻllab turar bizni doim, bilaman,

Qoʻllab turing siz bizni olisdagi jannatlardan,

Siz sababli chunki bugun kam emasmiz hech kimlardan.

Barchinoy QURBONBOYeVA.

 

PORAXOʻR

Oʻtgan zamon ertak va tarix boʻldi,

Nega poraxoʻrning ishlari “yurdi”.

Ammo koʻplar bu illat jabrin koʻrdi.

Hatto ogʻzidagi oshini berib...

Xalq ezildi, boʻlmadi hech bir chora,

Ishlari bitmasdi bermasa pora.

Berganin aytolmay tili boʻldi lol.

Foydalandi shundan poraxoʻr battol.

Hech sohada boʻlgani yoʻq nazorat,

Arz qilsa kim, eshitdi koʻp haqorat.

Korruptsiya ezdi necha koʻngilni,

Noqonuniy ishlar keltirib kulfat.

Xudoga ming shukur, zamon oʻzgardi,

Qonunlar xalqparvar, xayot oʻzgardi.

Poraxoʻr panada, koʻtarolmas bosh,

Korruptsiya bugun boʻlayotir fosh!

Erkin ISMOILOV,

Xizr eli mahallasi.

 

HAYoT GOʻZAL

Men dunyoni sevaman,

Goʻzal hayot bogʻlarin.

Xayollarni quvaman,

Kuylab quvonch chogʻlarin!

Qarang, shunchalar goʻzal,

Hayotning har lahzasi.

Barcha soʻzlardan afzal,

Amu elim lahjasi!

Sheʼr bitaman sevinib,

Oʻz ona tilim bilan.

Dilimdan gʻam yuvilib,

Yashayman orzu bilan.

Asaloy FAYZULLOYeVA,

55-sonli maktab oʻquvchisi.

 

KUZ NEʼMATLARI

Yaproqlar sargʻaygan,

Oltin rang onlar.

Qamashtirib koʻzlarni

Bagʻriga chorlar.

Dehqon bobo shod boqar,

Turli-tuman mevalar.

Olma-uzum va anor

Bozorimiz toʻldirar.

Qiz-u juvon dalada,

Paxta terar – “oq oltin”.

Entikib tong pallada,

Men dalaga yoʻl oldim.

Hasharga chiqib xalqim,

Bir-birini qoʻllashar.

Rejadan oshganlarga,

Ezgu tilak yoʻllashar.

Kuz neʼmati yetilgan

Dala bagʻri – ish fasli.

Chanoqlarga egilib,

Rizq terar xalqim asli.

Shohsanam OʻROZALIYeVA, “Namuna” mahallasi.

 

QIZIMGA

Qizim – qizil oltinim,

Xudo bergan qimmatim,

Qoʻlimdan ishim olgan,

Asal qizim, jon qizim.

Oʻzi goʻzal, yaxshi xulq,

Pazanda, chevar qizim.

Onasining erkasi,

Yoqamdagi qunduzim.

Ilohim bersin baxting,

Gulgun kamolga yetgin.

Mudom olqish yoʻldoshing,

Ilm yoritsin yoʻling.

Tursungul MATSAFOYeVA, 20-maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019