16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:14
Fan va taʼlim 👁 1,204

NUPBEK ENDI PPEZIDENT MAKTABIDA OʻQIYDI

NUPBEK ENDI PPEZIDENT MAKTABIDA OʻQIYDI

Tumanimizdagi 36-umumtaʼlim maktabining aʼlochi oʻquvchisi Nurbek Yoʻldoshev endi Prezident maktabida oʻqiydi. Xoʻsh, Nurbekjon bunga qanday erishdi?

Bolaligidan hamma narsaga qiziquvchan Nurbek umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga qabul qilinganidayoq oʻzining alohida qobiliyati bilan ajralib turar, tengdoshlariga nisbatan fikrlash doirasi keng, alifbeni va sanoqni oʻzlashtirishda ancha iqtidorli edi. Ikkinchi, uchinchi sinfga oʻtganida esa u oʻzining yana bir qobiliyatini namoyon etdi, sheʼrlar yoza boshladi. “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalarida sheʼrlari yoritilganida u 9 yoshda, amudaryolik yoshlar ijodidan namunalar jamlangan “Jayxun jilgʻalari” toʻplamida  sheʼrlari chop etilganida endigina 11 yoshga toʻlgan bolakay edi.

Nurbekning qiziqishlari yoshi ulgʻaygan sari yanada kengaydi. U matematika faniga ixlos qoʻydi. 36-umumtaʼlim maktabining  matematika fani  oʻqituvchilari Temur Japaqov va Payhon  Yakubovalarning har bir darsini qunt bilan oʻzlashtirdi. Bir vaqtning  oʻzida ingliz tili fani oʻqituvchisi Dildora Xolmenova olib boradigan darslarni maroq bilan oʻrgana boshladi. Undagi xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan alohida qobiliyatni  sezgan sinf rahbari, rus tili fani oʻqituvchisi Dilnura Boboniyozova Nurbekjon bilan alohida shugʻullanadigan boʻldi. Yuqori sinfga oʻtganida maktabning  yetakchi rus tili  oʻqituvchisi Nasiba Ahmedova va Nazira Soliyevalar Nurbek Yoʻldoshev uchun xorijiy til oʻzlashtirishning yangi yoʻllarini ochishdi. U sevimli ustozlari yordamida ham xorijiy tillarni, ham mantiqni oʻrgana boshladi. Natijada uning  rus va ingliz tillarida oʻz fikrini maʼnoli, mantiqiy ifodalash qobiliyati shakllandi. Bilimlar bellashuvi va fanlar olimpiadalarida bir necha marta tuman gʻolibi, respublika bosqichlarining bilimdon ishtirokchisiga aylandi.

Oʻzbekistonda, Nukus shahrida ham Prezident maktablarining tashkil etilishi Nurbek Yoʻldoshev uchun yana bir orzusini amalga oshirish imkonini berdi. U aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha maxsus maktabda taʼlim olishni orzu qilardi. Prezident maktablarining tashkil etilishi, uning nazarida ana orzusi tomon yoʻl ochdi. U mustaqil ravishda Prezident maktabiga oʻqishga kirish sinovlariga tayyorlana boshladi. Asli tadbirkor boʻlgan dadasi Bahodir Yusupov va onasi Zulxumor Arikovalar oʻgʻlining bu qatʼiyatini qoʻllab-quvvatlashdi. Mustaqil ravishda sinovlarga tayyorlanishi uchun uyda barcha sharoitlarni yaratib berishdi.

Prezident maktabiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan oʻquvchilar soni ancha koʻp, qolaversa, ularning asosiy qismi fanlar olimpiadalari va bilimlar bellashuvining respublika bosqichi gʻoliblari va ishtirokchilari edilar.

Yoshiga nisbatan ancha fikri teran, aniq fanlar boʻyicha bilimdon boʻlgan Nurbek Yoʻldoshev ikki bosqichda oʻtkazilgan kirish imtihonalaridan muvaffaqiyatli oʻtdi. Birinchi bosqichda matematika fanidan eng yuqori natijaga erishgan Nurbek uchun ikkinchi bosqich sinovlari – mantiq boʻyicha sinovlar umuman qiyinchilik tugʻdirmadi. U eng yuqori ball bilan Prezident maktabining 10-sinfiga qabul qilindi.

20-sentyabr kuni 36-umumtaʼlim maktabida Nurbek Yoʻldoshevni Prezident maktabiga oʻqishga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Alisher Yoʻldoshev, Nurbek Yoʻldoshevning ustozlari, sinfdosh doʻstlari ishtirok etishdi. Alisher Yoʻldoshev Nurbek YOʻldoshevni Prezident maktabiga kirgani bilan tabrikladi va tuman hokimi S.Yoʻldoshevning shaxsiy tabrigi va tashakkurnomasini taqdim qildi.

- Kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishib, ona Vatanimga, xalqimga sidqidildan xizmat qilaman, Oʻzbekistonimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshaman. – deydi Nurbekjon oʻz orzulari haqida soʻzlarkan.

Biz iqtidorli va bilimga chanqoq Nurbek Yoʻldoshevga ilm choʻqqilari tomon qoʻygan dadil qadamlarida omad va yuksak parvozlar tilaymiz.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019