16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:14
Fan va taʼlim 👁 530

70-sonli maktabda iqtidorli yoshlar tarbiyalanmoqda

70-sonli maktabda iqtidorli yoshlar tarbiyalanmoqda

Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, xorijiy davlatlar tajribalari asosida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash va taʼlim sifati hamda samaradorligini oshirish borasida koʻpgina ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, har tomonlama yetuk kadrllar tayyorlash, umumtaʼlim maktablarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, oʻquvchilar ongida vatanparvarlik hissini rivojlantirish maʼsuliyatli vazifadir. Bunda esa umumtaʼlim maktablari va ustoz-murabbiylarning roli katta ahamiyat kasb etadi.  

Hozirda tumanimizdagi 70-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 50 ta pedadog xodimlar 472 nafar oʻquvchi-yoshlarlarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. Umumtaʼlim maktabida har bir fan boʻyicha toʻgaraklar tashkil qilingan boʻlib, bu toʻgaraklarga 300 ga yaqin oʻquvchilar jalb etilgan.

Bundan tashqari, Prezidentimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida ushbu umumtaʼlim maktabida “Yosh informatik”, “Yosh dasturchi”, “Sheʼriyat”, “Futbol”, “Shashka”, “Oʻzbek jang sanʼati”, “Isteʼdod gʻunchalari”, “Qizlarjon”, “Maʼnaviyat” kabi toʻgaraklar ham faoliyat yuritmoqda.

Mazkur maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Norgul Habanova va rus tili fani oʻqituvchisi Dilnoza Abdullayevalar darslarini qiziqarli, turli metdodlar va eng soʻnggi pedtoxnologiyalar asosida olib boradi.

Maktabning informatika fani oʻqituvchisi Farxod Qodirov oʻz kasbiga masʼuliyat bilan yondashgan holda har bir darsini oʻzgacha ruhda va mazmunli tarzda oʻtkazishi natijasida maktab oʻquvchilarining informatika faniga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda.

Musiqa fani oʻituvchisi Jonibek Turminov iqtidorli hamda ijodkor oʻquvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga musiqa fanining sir-asrorlarini chuqurroq oʻrgatish maqsadida “Yosh havaskor” toʻgaragini yoʻlga qoʻygan. Bu toʻgarakga ushbu maktabning turli yosh toifasidagi 25 nafar qobiliyatli va musiqa fanini sevuvchi oʻquvchilari aʼzo boʻlgan hmda ular bu yerda sahna madaniyati, oʻzbek xalq cholgʻularini chalish sirlarini oʻrganishmoqda. 

Maktab oʻquvchilarining sportga va jismoniy tarbiya faniga boʻlgan ishtiyoqi juda katta. Yaqinda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Ilhom Bektursunov “Quvnoq startlar” musobaqasini oʻtkazdi. Musobaqada oʻquvchilar oʻzlarining epchillik va chaqqonliklarini, jismoniy tarbiya fanidan olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Shu bilan birga haftada ikki marotaba faoliyat yuritayotgan “Oʻzbek jang sanʼati” toʻgaragi ham oʻquvchilarning, ayniqsa, oʻgʻil bolalarning sevimli toʻgaraklaridan biriga aylangan. Murabbiy Ilhom Bektursunov boshchiligidagi bu toʻgarakda 15 nafar oʻgʻil-qizlar oʻzbek jang sanʼatini oʻrganishmoqda.

Barcha taʼlim muassasalari va mahallalarda yosh qizlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida jamoatchilik asosida “Qizlarjon” klublari tashkil etilgan va shu qatorda 70-sonli maktabda ham har juma kuni “Qizlarjon” klubi oʻz faoliyatini olib boradi. Klub rahbari Dilnoza Abdullayeva mashgʻulotlarda oʻquvchi-qizlarga ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, pazandalik, bichish-tikish singari roʻzgʻor yumushlarini, shuningdek, gigiyena qoidalariga amal qilish, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida bilim va koʻnikmalar berib, qiziqarli seminar va treninglar oʻtkazadi.

21-oktyabr – “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Zulxumor Yerimbetova va Rayxon Jumaniyozovalar tomonidan  bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda maktab oʻquvchilari tomonidan sahna koʻrinishlari, sheʼrlar, va kuy-qoʻshiqlar yangradi. Ona tilmizning naqadar boyligi va uning sofligi haqida maʼruzalar qilindi.

Ushbu maktabda oʻqib, taʼlim-tarbiya olgan oʻquvchilardan biri, adabiyot olami sari qadam qoʻygan yosh iqtidorli ijodkor qiz Mohira Yoʻldosheva oʻzi taʼlim olgan maktab jamoasiga ulkan tashakkur bildirib, ustoz-murabbiylaridan ularning bergan saboqlari uchun benihoya minnatdorligini izhor qildi va maktab kutubxonasiga yaqinda chop etilgan oʻzining ilk kitobini – “Hayratlar rangi” nomli sheʼrlar toʻplamini sovgʻa qildi.

Albatta, umumtaʼlim maktablarida olib borilayotgan buningdek ishlar oʻquvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularni maʼnan va jismonan sogʻlom oʻsishlarida oʻz natijasini koʻrsatadi.

Biz esa 70-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasiga masʼuliyatli va hayrli ishlarida omadlar tilab qolamiz!

Iroda Erdosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019