16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:57
Salomatlik 👁 594

“Asldil med” klinikasi el salomatligi uchun hamisha xizmatga tayyor

“Asldil med” klinikasi el salomatligi uchun hamisha xizmatga tayyor

Tibbiyot faxriysi, tajribali shifokor Yangiboy Saburov el salomatligi yoʻlida 50-yilga yaqin mehnat qildi. Umrini xastalarga shifo ulashish, ularni sogʻlom hayotga qaytarib, salomatligini mustahkamlashga bagʻishlagan bu inson yurt xizmatida boʻlishni, el dilidan joy olishni eng katta baxt deb bildi.

Prezidentimizning 2017-yildagi «Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilinganligi tibbiyot sohasi rivojiga keng yoʻl ochdi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yurtimizda zamonaviy xususiy tibbiyot muassasalari soni koʻpaydi. Tibbiyot fidoyisi boʻlgan Yangiboy Saburov ham davlatimiz tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan foydalanib, sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida aholi ehtiyojiga koʻra, Qipchoq shaharchasida “Asldil med” klinikasini tashkil qildi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda boshlangan klinika binosining qurilishi bir yil muddat ichida tugallandi. Bu binoda 2019-yilning may oyida klinika bilan birga dorixona, oziq-ovqat doʻkoni ham ishga tushirildi. Kunduzgi, kechki statsionar davolashga va ambulator qabulga moʻljallangan mazkur klinikani tashkil qilish maqsadida “Qishloqqurilish bank”dan 3-yil muddatga olingan 500 mln. kredit hisobidan zarur jihozlar, tibbiy uskunalar keltirildi hamda yangidan 12 ish oʻrni yaratildi. Klinika elektroforez, UZT, eletrokardiograf, darsanval, ingalyator, uqalash va umurtqa pogʻonasini choʻzishga moʻljallangan maxsus karavotlar, marvaridli va Chortoq sanatoriysidan keltirilgan sertifikatga ega maʼdanli suv vannalari bilan jihozlangan.

Shifo istab kelgan bemorlarga klinikada davolanish mobaynida 3 mahal parhezli ovqat ham beriladi. Xushmuomala hamshiralar esa shifokorlar tayinlagan muolaja amallarini oʻz vaqtida bajarishadi. Shu kunga qadar bu yerda 200 nafardan ziyod bemor kasallikdan xalos boʻlib, sogʻlom hayotga qaytdi. Kelgusida klinikada laboratoriya, ichaklarni parazitlardan tozalash xizmatlari koʻrsatiladigan boʻlimlarni ham tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Uzoq yillar tibbiyot sohasida mehnat qilib kelgan fidoyi tibbiyot xodimi Yangiboy Saburov va u rahbarlik qilib kelayotgan “Asldil med” klinikasi ham el salomatligi uchun hamisha xizmatga tayyor. Dardlarga darmon boʻlishni hayotdagi asosiy maqsadi deb bilgan faxriy shifokor Yangiboy Saburov va uning mehnat jamoasini kasb bayramlari bilan qutlaymiz.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019