16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Siyosat 👁 8,853

«Sogʻlom bola yili» Davlat dasturi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

«Sogʻlom bola yili» Davlat dasturi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
Mamlakatimizda jismoniy sogʻlom, maʼnaviy yetuk, har tomonlama uygʻun va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng koʻlamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yoʻlda safarbar etish maqsadida hamda 2014-yil «Sogʻlom bola yili» deb eʼlon qilinishi munosabati bilan:

  1. Quyidagilar «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:

  sogʻlom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va meʼyorlarni ishlab chiqish;

  sogʻlom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sogʻlom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab, oilada oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam koʻrsatish, onalik va bolalik muhofazasini taʼminlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning roʻzgʻor tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  sogʻlom bolani voyaga yetkazishda, patologiyalarsiz bolalar tugʻilishida sogʻliqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va masʼuliyatini oshirish, sogʻliqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish boʻyicha keng koʻlamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish;

  sogʻlom bolani shakllantirishda taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan taʼminlash, boshlangʻich taʼlimning yuqori sifatini taʼminlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, bolalar, ayniqsa qiz bolalar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uygʻotish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan koʻrsatiladigan yordam va madadni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun masʼul boʻlgan sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, ularni rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish, sogʻlom bolani tarbiyalash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani keng koʻlamda oʻrganish va amalda joriy etish;

  sogʻlom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga koʻmak berish, bolalarni turli toʻgaraklarga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar va jamiyatda oʻzaro hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordamni oʻz vaqtida va manzilli koʻrsatish borasida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining masʼuliyatini kuchaytirish;

  «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilishi toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va Internet tarmogʻining imkoniyatlarini faol ishga tushirish.

  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi R-4175-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil qilingan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  3. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) zimmasiga «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar amalda bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.

  Respublika komissiyasi:

  bir hafta muddatda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, tumanlar va shaharlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini taʼminlasin, ularning zimmasiga Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar soʻzsiz, toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlikni yuklasin;

  ikki hafta muddatda — vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punkti boʻyicha hududiy va tarmoq «Sogʻlom bola yili» dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini;

  tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvining respublika organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini taʼminlasin, tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;

  yilning har bir choragi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot taqdim etilishini taʼminlasin.

  4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi:

  «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari, uni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari va chora-tadbirlari bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internetning global tarmogʻini jalb etgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini;

  Davlat dasturining bajarilishi toʻgʻrisida, unda nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy ishtiroki va aniq hissasi aks ettirilgan holda, keng jamoatchilik doimiy ravishda xabardor qilib turilishini taʼminlasinlar.

  5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

  Toshkent sh.,

  2014-yil 19-fevral,

 PQ-2133-son

 (Qarorning toʻliq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin).

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019