16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Salomatlik 👁 481

AHOLINING IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ QATLAMIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATILMOQDA

AHOLINING IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ QATLAMIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATILMOQDA

Tumanimizda oʻtgan 2019-yil davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini sifatli va arzon dori vositalari bilan taʼminlashni yaxshilash boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi. Bu haqda tuman hokimi S.Yoʻldashev Xalq deputatlari tuman Kengashining 76-sessiyasida qilgan maʼruzasida batafsil maʼlumot berdi.

Xususan, yil davomida 6107 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan 186 mln. 86 ming soʻm miqdoridagi dori-darmon vositalari berilib, ijtimoiy yordam koʻrsatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 237-sonli Qaroriga asosan tuman hokimining qarori qabul  qilinib, 115 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar, nogironlar va yakka-yolgʻizlar roʻyxati shakllantirildi va aynan shu roʻyxatga olingan shaxslar yil davomida toʻliq dispanser koʻrigidan oʻtkazildi. Ularga tegishli xodimlar tomonidan namunali tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi taʼminlandi.

60 nafar yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarga 2019-yilning yanvar-noyabr oylari oraligʻida 117 mln. 267 ming soʻm miqdoridagi 15 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari yetkazib berildi.

Turli bayram sanalari munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar holidan xabar olish, ularning koʻnglini koʻtarish doimiy anʼanaga aylangan. Shu bois, 115 nafar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Navroʻz – umumxalq bayrami munosabati bilan homiylar hisobidan 7 mln. 215 ming soʻm miqdorida qoʻshimcha moddiy yordamlar, keksalar va nogironlardan 55 nafari bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. Imtiyozlarga ega boʻlgan yakka-yolgʻizlardan 60 nafariga esa byudjet mablagʻlari hisobidan 5 mln. 500 ming soʻm miqdoridagi tibbiy dori-darmonlar berildi.

Oʻtgan 2019-yil davomida muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va nogironlik aravachalari bilan taʼminlashga ham alohida eʼtibor berilib, jami 408 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya-texnik vositalar hamda aravachalar bilan taʼminlandi. Yil davomida 204 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar sihatgohlarda oʻz salomatliklarini tiklashlari uchun bepul yoʻllanmalar berildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga sifatli tibbiy-sanitariya xizmatini koʻrsatish yangi 2020-yilda ham izchil davom ettiriladi. Bu esa xalqimiz oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ularning salomatligini mustahkamlash orqali oilalar mustahkamligini hamda farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019