16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Siyosat 👁 4,232

«Sogʻlom bola yili» Davlat dasturi – yurt istiqboli yoʻlidagi muhim hujjatdir

«Sogʻlom bola yili» Davlat dasturi – yurt istiqboli yoʻlidagi muhim hujjatdir

Sogʻlom farzand – millat kelajagi. Shu sababli mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda sogʻlom ona – sogʻlom bola tamoyili asosida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan har tomonlama sogʻlom avlodni voyaga yetkazish borasidagi tizimli ishlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga koʻtarish maqsadida 2014-yil mamlakatimizda "Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilingan edi.

Shu munosabat bilan 2014-yil 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-2133-sonli Qarori qabul qilindi.

Mamlakatimizda jismoniy sogʻlom, maʼnaviy yetuk, har tomonlama uygʻun va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng koʻlamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yoʻlda safarbar etish maqsadida qabul qilingan ushbu dastur 7 boʻlim va 125 banddan iborat.

Prezidentimizning yuqoridagi qarori bilan «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari belgilab berildi. Jumladan, sogʻlom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, sogʻlom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sogʻlom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab, oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom bolani voyaga yetkazishda sogʻliqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va masʼuliyatini oshirish, bu borada taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan koʻrsatiladigan yordam va madadni kuchaytirish, sogʻlom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazishda mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish hamda Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilishi toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borish kabi masalalar shular jumlasidandir.

Sogʻlom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish maqsadida «Bolalarni ularning jismoniy va maʼnaviy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi, «Aholining sanitariya-epidemiologik xotirjamligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish, yangi tahrirdagi «Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari toʻgʻrisida»gi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish, kodekslar, qator qonun va qonun osti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihasini ishlab chiqish kabi tadbirlar bajarilishi belgilangan.

Sogʻlom bola – avvalo sogʻlom va ahil oilaning mevasidir. Shu maqsadda dasturning ikkinchi bobida oilada oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam koʻrsatish, onalik va bolalik himoyasini taʼminlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning roʻzgʻor tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Dasturda shuningdek, sogʻlom bolani voyaga yetkazishda sogʻliqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining oʻrni va masʼuliyatini oshirish, taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Dasturning 6-boʻlimida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalari zimmasiga katta masʼuliyatlar yuklangan.

Darhaqiqat, "Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan xalq hikmatida chuqur hayotiy haqiqat mujassam. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, joriy yilda mahalla oqsoqollari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar, mahalla posbonlarining jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashdagi masʼuliyati yanada ortadi.

Shuning bilan birga erta nikohlarning, oilaviy nizolarning oldini olish, oilaviy marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazish kabi masalalarda koʻpni koʻrgan, tajribali mahalla faollarimiz fidoyilik namunalarini koʻrsatishi kerak. Kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa masalalar ham borki, ularni amalga oshirishda koʻrsatgan jonbozligimiz elning bizga nisbatan hurmat va ishonchini oshiradi.

Davlat dasturining 5 ta bandida "Mahalla” xayriya jamoat fondi asosiy ijrochi, 19 tasida esa hamijrochilar qatorida belgilangani ham bizning tuzilmamizga Davlatimiz tomonidan bildirilayotgan ishonchning amaliy ifodasidir. Oʻylaymanki, tumanimizdagi har bir ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari shu masʼuliyatni his qilgan holda ish olib boradilar.

Eng muhimi shundaki, Respublikamizda mavjud ikki yuzdan ortiq shahar va tumanlar orasida 2 ta hudud "Sogʻlom bola yili” davlat dasturini amalga oshirishda tayanch hududlar deb belgilandi. Shulardan biri – Amudaryo tumanidir. Bu masʼuliyat tumanimizda yashayotgan har bir fuqaroni dastur ijrosiga, shu orqali ona Vatanimiz rivojiga oʻz mehnati, kasb faoliyati bilan munosib hissa qoʻshishga chorlaydi.

Rustam ROʻZMETOV,

"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019