16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 15:04
Iqtisodiyot 👁 582

“POLVONBOY OVULI” MChJ BIR KUNDA IKKI YaNGI TsEX FAOLIYaTINI YOʻLGA QOʻYDI

“POLVONBOY OVULI” MChJ BIR KUNDA IKKI YaNGI TsEX FAOLIYaTINI YOʻLGA QOʻYDI

Toʻlqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Polvonboy ovuli” masʼuliyati cheklangan jamiyati asosan chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga asoslangan. Hozirgi kunda 200 tadan ziyod qoramol parvarishlanayotgan boʻlsa, shularning 110 boshdan ziyodini  zotdor mollar tashkil etadi, 75 boshi 2019-yilda Ukraina davlatidan keltirilgan edi. Mavjud qoramollarni  parvarishlash uchun korxonaga qarashli 47 gektardan ziyod maydonda ozuqabop ekinlar yetishtiriladi va toʻyimli ozuqa tayyorlanib, belgilangan meʼyorda beriladi.

Maʼsuliyati cheklangan jamiyatda har yili goʻsht, sut yetishtirish rejalari ortigʻi bilan bajarib kelinayapti. Korxonada yetishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida shu yil 22-yanvar kuni Toʻlqin ovuli markazida qaymoq ishlab chiqarish tsexi ishga tushirildi. Jamiyatning oʻz mablagʻi va “Xalq banki” Mangʻit filialining 285 milliondan ziyod kredit mablagʻi evaziga Italiyadan keltirilgan zamonaviy texnologiya kuniga 1 tonna qaymoq tayyorlash imkonini beradi. Smetana,  kefir, qatiq, yogurt ham ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda.

“Polvonboy ovuli” masʼuliyati cheklangan jamiyatida avval 6 nafar toʻlqinliklar ish bilan band boʻlgan boʻlsa, qaymoq ishlab chiqarish tsexi ishga tushirilishi bilan yana uchta yangi ish oʻrni yaratildi.

Tsexning ishga tushirilishiga bagʻishlangan yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy  Yoʻldoshev, ovul faollari ishtirok etdilar va ish boshlayotgan tsex faoliyati yurtdoshlarimizni arzon, sifatli va mahalliy chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlashda muhim hissa boʻlib qoʻshilishiga ishonch bildirdilar.

Shunisi eʼtiborliki, yangilikka intiluvchan, izlanuvchan va mehnat faoliyatini kengaytirishga harakat qilayotgan “Polvonboy ovuli” MChJ rahbariyati qaymoq ishlab chiqarish tsexi bilan birgalikda shu yerning oʻzida non pishirish tsexini ham bunyod etdi. Natijada ovulning yana uch fuqarosi doimiy ish oʻrniga ega boʻldilar.

Kuniga talabga qarab 1000 taga non, qolipli non, baton non va non mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega tsex ishga tushirilishi ovul hayotida muhim voqea boʻldi.

Tuman hokimi S.Yoʻldoshev tsexdagi tayyorlangan ilk mahsulotlarga ulkan baho berdi va yurtdoshlari uchun ana shunday xayrli ishlarni amalga oshirayotgan uchun korxona rahbari Mansur Xoʻjaahmedovga ulkan minnatdorchilik bildirdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka keng yoʻl ochilayotgani ovul yoshlarining doimiy ish oʻrniga ega boʻlishi, yurtimiz farovonligiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026