16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Jamiyat 👁 2,891

Ishda ham, hayotda ham faol

Ishda ham, hayotda ham faol

Hali yangi yil bayrami shodiyonalari nihoyasiga yetmay, Omongul opa yana olam-olam tabriklarga, quvonchlarga belandi. Qishki taʼtilni maroqli oʻtkazgan oʻquvchilari oʻquv yilining yangi chorakligi – ilk dars kuni:

- Tabriklaymiz, ustoz! – deya uni maktab hovlisida kutib olishdi.

- Rahmat, bolalarim! – yuzi quvonchdan  yashnab ketdi opaning.

Oʻquvchilari davrasida sinfga kirgan Omongul opa oʻz farzandlariday boʻlib qolgan oʻquvchilar bilan birma-bir soʻrashib chiqqach, bugungi quvonchining sababkori, 9-sinf oʻquvchisi Nasiba Otamurodovani "Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichida gʻolib boʻlganligi bilan tabrikladi.

- Nasibaning tumanda faxrli 1-oʻrinni egallab, respublika bosqichiga yoʻllanma olgani hammamizning yutugʻimiz boʻldi, - deydi u mamnuniyat bilan.

- Shuni aytadilar-da, "oʻqigan - oʻzar”, deb.

Omongul Adilboyeva faoliyat yuritayotgan 55-sonli maktabda Nasiba singari bilimga chanqoq oʻquvchilar talaygina. 8-sinf oʻquvchisi Shahlo Qozoqboyeva matematika fanidan yuqori natijalarga erishgan boʻlsa, Sohiba Rajabboyeva informatika fanidan "Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Omongul opa faxrlanib gapirganicha bor. Maktabda barcha fanlar boʻyicha yetuk mutaxassis fan oʻqituvchilari darslarni maroqli oʻtadilar. Ayniqsa, informatika va qoraqalpoq tili va adabiyoti, matematika fanlariga qiziquvchilar koʻpchilikni tashkil qiladi. Informatika fani oʻqituvchisi Rustam Rahmatullayevning har bir darsi innovatsion texnologiyalar asosida, qiziqarli savol-javoblar, amaliy va nazariy mashgʻulotlarning uzviyligi asosida olib boriladi.

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani darslarini Omongul opa Adilboyeva alohida mehr bilan oʻtayotgani bois, uning oʻquvchilari qoraqalpoq tilida bemalol gaplashadilar, qoraqalpoq yozuvchilari ijodiga mansub adabiyotlarni chuqur tushunadilar.

Omongul opa oilada ham mehribon, pishiq-puxta, tadbirkor ona. Atigi 5 sotix tomorqasida kamida 10 xil mevali daraxtlar oʻstirgan. Dasturxoni oʻz bogʻida yetishtirilgan meva-chevalardan fayzli. Har yili opa bahorda bozordan mayda joʻjalar sotib olib, parvarishlaydi. Joʻjalar kuzga borib har biri 1,5-2 kilo tosh bosadigan darajada yetiladi. Qish boʻyi xonadonida tuxum va tovuq goʻshti serob boʻladi. Oylik maoshdan tashqari tomorqasidan unayotgan goʻsht, sut, tuxum, meva-cheva farzandlarining vitaminlarga boy ovqatlar tanovul qilib, sogʻlom oʻsishini taʼminlayotganidan Omongul opa xursand.

Opa oʻzi yashaydigan Oybek nomli mahallada jamoatchilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi ishchi guruhi aʼzosi sifatida yosh oilalar, turmush qurishga tayyorlanayotgan yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy mavzularda suhbatlar oʻtkazib turadi. 55-sonli maktab xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatidagi faoliyat koʻlami yanada keng. Voyaga yetmagan qiz bolalar bilan sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda yoshlarning tutgan oʻrni, erta turmush qurishning zarari haqida tushuntirish ishlari olib boradi. Bu borada unga umr yoʻldoshi, tajribali shifokor Roʻzimboy Nurimbetov yaqindan yordam berib, inson salomatligiga oid risolalar, suratli bukletlar bilan taʼminlab turadi.

- Inson eng avvalo sogʻlom boʻlishi kerak, - deydi opa. – Har jihatdan sogʻlom odamning fikri sogʻlom va teran boʻladi.

Shu bois, Omongul opa oʻquvchilarining ham maʼnaviy, ham jismoniy jihatdan kamol topishi uchun erinmay izlanadi. Chunki oʻqituvchilar teran fikrli, bilimli, mulohazali boʻlsalar taʼlimda muvaffaqiyatga erishiladi. Sogʻlom bolani voyaga yetkazish deganda, eng avvalo uning maʼnaviy va jismoniy barkamolligi nazarda tutiladi. Maʼnan va jismonan yetuk bola fanlarni tez oʻzlashtiradi, dunyoqarashi keng va qobiliyatli boʻladi. Omongul opa Adilboyeva oʻz oʻquvchilari bilan ishlashishda  taʼlim va tarbiyaning ana shunday uzviyligiga alohida eʼtibor beradigan, ishlab charchamaydigan muallima.

 

Zuhra AHMEDOVA,

55-sonli maktab kutubxonasi mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019