16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Jamiyat 👁 271

BAGʻRIKENGLIK, KEChIRIMLILIK OILANI MUSTAHKAMLAYDI

BAGʻRIKENGLIK, KEChIRIMLILIK  OILANI MUSTAHKAMLAYDI

Islom dinida oilaga katta eʼtibor berilib, uni qanday tashkil etish, uning boshligʻi kim boʻlishi, aʼzolarining huquq va burchlari, farzandlar tarbiyasi, umuman, oilaviy hayotning barcha masalalari atroflicha oʻrganib chiqilgan va kerakli koʻrsatmalar berilgan.

Oila qurish er bilan xotinning dinimiz hukmlari asosida doʻstlik, mehr- oqibat, hurmat, muhabbat, kechirimlilik, samimiylik kabi insoniy fazilatlar bilan hayot kechirishga ahdlashuvidir.

Qurʼoni karimda nikoh va oila haqida 50 dan ortiq oyat bor. Rasululloh (s.a.v)ning hadisi shariflari bitilgan kitoblarda nikoh toʻgʻrisidagi hadislar alohida boʻlimlarni tashkil qiladi.

Ming afsus, keyingi paytda oilani asrab-avaylash oʻrniga, arzimas sabablar tufayli oilaviy ajralishlar koʻpayib borayotgani achinarli hol. Nikohni uzrsiz ajralishga olib keluvchi erkak va ayol Alloh taoloning buyrugʻini va Rasululloh (s.a.v)ning sunnatlarini ijro qilmagan kishi sanaladi.

Oilaviy munosabatlarning asosiy talablaridan biri oila qurgan har bir insonning jufti bilan inoqlik va mehribonlikda umr kechirishidir. Demak, hayotda oilaning bardavomligi  birinchi navbatda er-xotinning oʻzaro totuv yashashi, bir-birining yaxshi-yomon jihatlarini koʻtarishi, ayb va kamchiliklarini kechirishi, tinch-totuvlikni barpo etishlari bilan taʼminlanadi.

Rasululloh (s.a.v): “Sizlarning yaxshilaringiz ahli ayoliga yaxshi muomalada boʻlganlaringizdir. Men hammangizdan koʻra ahli ayoliga yaxshiroq muomala qiluvchingizman”, dedilar.

Oilani boshqarish jarayonida erkak kishining eng murakkab masʼuliyatlaridan biri, barcha qoʻl ostidagilar, yaʼni xotini, farzandlarining moddiy va maʼnaviy taʼminotchisi boʻlishi bilan birga, oila tinch-totuvligini saqlashdir.

Nikoh aloqasi bogʻlangandan keyin erkaklar zimmasiga koʻpgina masʼuliyatlar yuklangani kabi, ayollarga ham bir necha vazifalar yuklanadi. Kundalik hayotda kelinlardan oila aʼzolariga goʻzal muomalada boʻlish, oiladagi tartib-intizomga rioya qilish, oila aʼzolarining munosabatlarini tushunishga harakat qilish, qaynota-qaynonani  hurmat qilib, ularning xohish-irodasiga qarshi bormaslik, oilaning boshqa aʼzolari bilan munosabat-muomalada chidamli, kechirimli, shirin-soʻz boʻlish talab etiladi.

Oilaviy turmush bejizga “umr savdosi” deyilmagan. Bu savdo sotuvchi va oluvchining roziligi asosiga qurilsagina, ikki tarafga baravar foyda beradi. Yo sotuvchi faqat oʻz foydasini koʻzlab, xaridor haqida oʻylamasa yoki aksincha boʻlsa, bu savdoning umri qisqa boʻladi.

Oila hayoti hech qachon faqat shodu xurramlik, baxt-saodatdan iborat boʻlmaydi. Turmushda ixtilof va tashvishlar, qiyinchilik va yetishmovchiliklar, musibat va gʻam-anduhlar ham uchraydi. Er-xotin birgalashib kurashsagina ularni yengish oson kechadi, oila xotirjamligi barqaror boʻladi.

Farzandining baxtli-taxtli boʻlib ketishini chin dildan istagan qaynonalar kelinini oʻz qizlari oʻrnida koʻrib, uning yangi oilaga koʻnikib ketishida onadek yordam beradilar. Buning uchun kelin ham qaynona izmiga yurishi kerak. Qaynona bagʻrikenglik, kattalarga yarashiqli mulohazakorlik bilan kelinni yoʻlga solishi kerak.

Mehribon, irodali onalar yangi kelin bilan munosabatda oʻzi yangi oila qurgan davrda duch kelgan muammolar yechimini namuna tariqasida farzandlariga taqdim qiladi, oʻzlari hayotlarida uchragan qiyinchiliklarni farzandlariga ravo koʻrmaydilar va shuning uchun achchiq va alamli holatlarning oldini olish choralarini koʻradilar. Kelinning oila aʼzolari bilan qarindoshlik aloqalarini mustahkamlaydilar. Zero, qaynota-qaynonasining ota-onasiga samimiy hurmatini koʻrgani sayin kelinning yangi xonadonga mehri ortib boradi.

Xato qilmaydigan odam yoʻq. Oilaning har bir aʼzosi ham oʻzi bilib-bilmagan holda xato qilishi mumkin. Hindlarda: “Yaxshiliklar ichidan yomonlikni topish emas, balki yomonliklar orasidan yaxshilikni topa bilish fazilatdir”, degan maqol bor. Oila ahli bir-birining yaxshi tomonlarini tan olib, qadrlab, hurmatlasa, xatolarini kechirish oson boʻladi.

A.Matsapoyev, “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019