16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:14
Adabiyot 👁 369

TURKIY ADABIYoTNING PORLOQ YuLDUZI

TURKIY ADABIYoTNING PORLOQ YuLDUZI

Nafaqat turkiy adabiyot balki dunyo adabiyotini larzaga solgan, asarlarining badiiy tasviri va qiymati besh asrdan oshsa hamki, oʻzining beqiyos kuchini yoʻqotmay kelayotgan adabiyot jonkuyari hamda komil inson, buyuk davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy asarlari ham, hayoti ham biz uchun tarbiya va ibrat maktabi vazifasini oʻtaydi.

Bu ulugʻ zotni, avvalo, inson sifatida koʻplab yoʻqsillarga, beva-bechoralarga qoʻlidan kelgancha yordam berganini, Hirot shahridagi bunyodkorlik ishlariga katta hissa qoʻshganligini alohida taʼkidlash joiz. Alisher Navoiyning insoniy fazilatlari hamda ijodiy mahorati haqida buyuk tarixchi va Navoiyning doʻsti Xondamir oʻzining “Makorim ul-axloq” asarida batafsil maʼlumot bergan. Men ushbu asarni oʻqish jarayonida hazrat Navoiyni qaytadan kashf etdim. Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning “Navoiy” romani esa bu “kashfiyot”imning eng yuqori choʻqqisi, kulminatsion nuqtasini kashf etmogʻimga katta yordam berdi. Ayniqsa, “Makorim ul-axloq” asaridagi Navoiy hayotidan olingan hikoyalardan shuni angladimki, Hazrat nafaqat insonlarga, balki mittigina jonzot, yaʼni chumoliga ham ozor berishdan tiyiladi. Negaki, u ham “Allohning yaratgan yaratigʻi”dir, degan xulosa bilan insonlarni hayvonot olamiga mehrli boʻlishga undaydi.

Hazrat Navoiy oʻz asarlarida insonlarni ezgulik qilishga, komillikka daʼvat etadi hamda Allohning naqadar buyuk ekanligini uqtiradi. Besh dostondan iborat “Xamsa” asarini olamizmi, “Xazoyin ul-maoniy”, “Mahbubul-qulub” asarlarini olamizmi, bularning barchasi badiiy va tarbiyaviy jihatdan biz uchun eng nodir ibratnomadir. Bu asarlar bugungi kunda ham maʼnaviyatni sugʻoruvchi zilol suvdirki, bu koʻngillar choʻllariga misli obi-malhamdir.

“Hayrat ul-abror” asarida hazrat Navoiy insonlarga shunday xitob qiladi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nishoni anga iymon erur.
Bu shohbaytdan koʻrinadiki, inson degan bilan hamma ham inson boʻlib qolmaydi, balki iymon uni inson qiladi, uning insoniyligini belgilaydi.
Alisher Navoiy hayot yoʻli va bebaho merosi bilan ham zamondoshlaridan keskin farq qiladi. Uning oʻzi insoniylik gulshanining bir guli boʻlsa, asarlari ana shu  gulning nafis iforidir. Bu gul asrlar shamoli essa-da, oʻz iforini aslo yoʻqotgan emas, insoniyatning maʼnaviy olamida barq urib gullayveradi. Ulugʻ bobokalonimiz asarlari shuurimizda mudom yangrayveradi.

Laylo OLIMOVA,
56-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026