16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:30
Adabiyot 👁 3,048

OTA DUOSI

OTA DUOSI

Begona joy, begona odamlar,biznikiga uncha oʻxshamaydigan urf-odatlarga oʻrganishim uchun koʻp qiynalishimga toʻgʻri keldi. Bir yoqda yaqinlarim bilan bordi-keldi yoʻq. Ikkinchi tomondan birin-ketin tugʻilgan bolalarim. Oʻsha kunlarning birida qattiq kasal boʻlib yotib qoldim. Avvaliga qattiq isitma tutdi. Erim tez yordam chaqirdi. Lekin isitmamni tushiraolishmay, meni kasalxonaga olib ketishdi. Kasalxonada bir oycha yotib qoldim. Uydagilarga xabar berishga yoʻl qoʻymadim. Ichimda, esa nuqul "otamning qargʻishi urdi. Uzoq joyga turmushga berishni istamagani bekor emas ekan”, - deyman. Xali oyoqqa turmasdan,butun badanimga pufakchali toshmalar toshib ketdi. Koʻrinmagan shifokorim, olmagan muolajam qolmadi. Endi shifokorlar xar kuni oʻzlari uyimga kelib, tekshirib, turli dorilarni tanamda sinab koʻrishardi. Ayrim xonada xuddi moxovlardek bir oʻzim yotaman. Tovoq-qoshiq, xamma narsam ajratilgan. Bolalarimga yuqib qolishlaridan qoʻrqib, yonimga kiritishmaydigan boʻlishdi. Bir kuni katta qizim asta eshikdan kirib keldi.

- Ona, sizni sogʻinyapmiz. Ammo dadam kirishga ruxsat bermayaptilar. Siz tuzalmaydigan kasalga yoʻliqibsiz.

Qizim shunday deb yigʻlab yubordi. Unga qoʻshilib men xam yigʻladim. Shu kecha juda koʻp yigʻladim. Yigʻlay-yigʻlay uxlab qolibman. Tushimga oppoq soqolli nuroniy bir otaxon kirdi.

- Yigʻlama, qizim, - dedi sochlarimni silab.

- Ota, deyman unga -. Hamma joyimni yara-chaqa bosib ketgan. Hatto boshlarimgacha yara. - Mayli qizim, xafa boʻlma. Ertaga ertalab bozorga bor. Bozor aylan, qizim. Shu dam uygʻonib ketdim. Xonam qandaydir yorugʻ nurga toʻlganini sezdim. Bu nur mening yuragimga oqib kira boshladi. Ruhim yengillashdi. Yuragim hapriqa boshladi. Shu tun tongni betoqat kutdim. Ertalab erim kirib keldi. U mening tashqari chiqishimga aslo ruxsat bermadi. Ustimdan qulflagani eshitildi. Oʻrnimdan turishga urindim. Sal holsiz edim. Tushim esimga tushib, boshimni ushladim. Vo  ajabo, avvallari suvi chiqib turadigan yaralar oʻrni qotib, qurigan teri uvalanib tusha boshladi. Koʻzgu oldiga bordim, badanimdagi yaralar rangi sal qoraygandek tuyuldi.

- Qizim, eshikni och, - deya eshikni qoʻllarim bilan ura boshladim. Asta eshik ochildi. Eshik oldida qoʻrquvdan koʻzlari katta ochilgan qizim turardi.

- Menga pul ber, men bugun bozor qilib kelaman - dedim.

Uyimiz xar yili yarmarka oʻtkaziladigan koʻcha boʻyida joylashgan edi. Shu kuni hosil bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan yarmarka ochilganini koʻchaga chiqqach bildim. Juda quvonib ketdim. Biroq quvonchim uzoqqa bormadi. Birinchi uchratganim yaqin qoʻshnim edi. U meni koʻrishi bilan aftidan salomlashmaslik uchun tez  burilib joʻnab qoldi. Koʻchaning ikki tarafida doʻkonlarda kartoshka, sabzi, piyoz, qovun-tarvuz sotilayotgan  edi. Ammo yonlariga borishim bilan sotuvchilar menga orqa oʻgirib olishardi. Bir joyda kartoshkaga qoʻlimni tegizishim bilan sotuvchi ayol: - Hoy, iflos qoʻlingni tort”, deb baqirdi. Sal narida turgan sotuvchi kishi esa menga achindi shekilli:

- Opa, keling, mendan savdo qilaqoling. Faqat xafa boʻlmang, qoʻlingizni tekkizmang, oʻzim eng yaxshilaridan oʻlchab beraman - dedi. Pulimni esa olmadi. Uyga qaytayotib birinchi uchragan  choʻloq tilanchi boboga bor pullarimni sadaqa qildim. U meni uzoq duo qildi. Shundagina ikki soatlardan beri bozorda yurganimni, oʻzimni ancha  yengil sezayotganimni payqadim. Qizim eshik oldida meni kutib turardi. Uyga  kirganimda qizim yaralarimning oʻrni qorayib qolganini aytdi. Shu oʻtgan bir necha oy ichida birinchi bor oʻzim yuvinib ustimga toza liboslarimni kiydim. Erim ishdan qaytganida men bozordan olib kelgan kartoshkani qovurib stolga qoʻyayotgan edim. U koʻzlariga ishonmay, bir zum serrayib qoldi. Soʻng otamga mening kasallanganimni aytishdi. Aslida otamni sogʻingan, uning duoi fotihasini olishni istagan edim. 

Zebo RAJABOVA.  
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019