16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:43
Adabiyot 👁 431

HARBIYLAR IShTIROKIDA MAKTABLARDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

HARBIYLAR IShTIROKIDA MAKTABLARDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9202-“D”harbiy qismi harbiy xizmatchilari tumanimizning chegara hududida istiqomat qiluvchi aholi bilan mustahkam doʻstona aloqa oʻrnatib, chegara hududda yashovchi fuqarolar bilishi lozim boʻlgan qonun-qoidalar, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi qonunida belgilangan tartiblar xususida keng tushuntirishlar olib borishmoqda.

Shuningdek, chegara  hududlarda joylashgan maktablar oʻquvchilari davrasida ham tez-tez boʻlishib, ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻularini, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni qaror toptirish, “Jaholatga qarshi - maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, ezgulik va tinchlikni qadrlash tuygʻularini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning harbiy salohiyati va sarhadlarimizning daxlsizligini taʼminlashdagi olib borayotgan ishlari xususida suhbatlar uyushtirib, Milliy Armiyamizga nisbatan hurmat tuygʻusini tarbiyalashga harakat qilishmoqda.

Shu yilning 6-fevralida Qilichboy ovulida joylashgan 29- va 39-sonli maktablarda soʻz mulkining sultoni, ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan “Rahmat senga, qadrdon maktabim” shiori ostida oʻtkazilgan adabiy-maʼrifiy tadbir ham shularning biridir.

Tadbirga tashrif buyurgan mazkur qism harbiy xizmatchilari avvalo oʻquvchi yoshlar bilan inson hayotida maktab taʼlimining oʻrni xususida, maktabda ilk savod chiqarib, fanlar asoslarini mustahkam egallagan oʻquvchilar, qaysi kasbni, mutaxassislikni tanlashidan qatʼiy nazar, hayotda oʻz oʻrinlarini topa olishi haqida soʻz yuritdilar. Shuningdek, millatimizning maʼnaviy oʻzligini olamshumul darajada namoyon etgan tabarruk inson, bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludi har yili keng miqyosda nishonlanishini, bu ulugʻ zotning dunyo tamadduni taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi benazirligini  faxr-u iftixor bilan tilga oldilar.

Ulugʻ bobomizning hayot yoʻllari, umri davomida yozgan  gʻazalu-ruboiylari, yozgan barcha tarixiy asarlari haqida bolaligidanoq ilmu-maʼrifatga oshno boʻlganligi, purmaʼno gʻazallariga bastalangan kuy-qoʻshiqlar mumtoz navolar ishqibozlarining yuksak hurmatiga sazovor boʻlgani va avloddan-avlodga oʻtib kelayotganini ham gapirib oʻtdilar. Undan tashqari, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda kitobxonlik madaniyati muhim voqelikka aylanayotgan bir paytda Mir Alisher Navoiy bobomizning tengsiz maʼnaviy merosi bugungi yoshlar va kelajak avlodlar uchun ham hayot maktabi boʻlishini alohida taʼkidladilar.

Tadbir davomida maktabning yuqori sinflari oʻquvchilari oʻrtasida “Navoiy asarlari bilimdoni” tanlovi  oʻtkazildi. Tanlovda oʻquvchilar Navoiy asarlari yuzasidan berilgan savollarga javoblar berdilar va ijodidan namunalarni ifodali ijro etdilar. Ular yuqori saviyada Navoiy hazratlarining hayoti va ijodi boʻyicha mustahkam bilimga ega ekanliklarini namoyish qilishdi.
Tadbirda faol qatnashgan oʻquvchilar harbiy xizmatchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Fazliddin MUHAMMADIYeV, 9202 “D” harbiy qism xizmatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026