16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:41
Adabiyot 👁 498

“Ajdodlar merosi mangu muqaddas” nomli badiiy kecha oʻtkazildi

“Ajdodlar merosi mangu muqaddas” nomli badiiy kecha oʻtkazildi

Alisher Navoiy turkiy til asoschisi, ulugʻ mutafakkir shoir, olim. Nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham oʻzining betakror asarlari bilan oʻchmas nom hamda avlodlar maʼnaviyatini yukslatiruvchi buyuk meros qoldirgan. Butun mamlakatimizda adabiyot, soʻz sanʼatining mohir ustasi Nizomiddin mir Alisher Navoiyning tavalludi kuni munosabati bilan turli xil tadbirlar tashkil qilinadi. Ushbu tadbirlarda buyuk siymo Alisher Navoiy xotirlanadi, eʼzozlanadi hamda ehtirom koʻrsatiladi.

Tumanimizda ham ushbu sana keng miqyosda nishonlanadi. Barcha taʼlim maskanlarida adabiy-badiiy kechalar tashkil qilinib, oʻquvchilar turli chiqishlar bilan moziyga sayohat qilishadi. Shu kabi ajoyib tadbirlardan biri tumanimizdagi 60-sonli umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi.

“Ajdodlar merosi mangu muqaddas” deya nomlangan tadbirni maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Feruza Gʻaniyeva ochdi hamda olib bordi. Ustoz oʻz soʻzida, Alisher Navoiyning oʻzbek mumtoz adabiyotida tutgan oʻrni hamda ahamiyati, jahon xalqlarining mashhur olimlari tomonidan adibning asarlarini koʻplab chet tillariga tarjima qilinganligi, sevib mutolaa qilinishi hamda mutafakkir asarlarining mazmun-mohiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

Badiiy kechada maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Bilimga chanqoq oʻquvchilar oʻzlarining Alisher Navoiy hayoti va ijodi, ayniqsa, sheʼriyatiga boʻlgan qizishlarini, bilimlarini namoyish qilishdi hamda mutafakkir ijod mahsullaridan namunalar keltirishdi. Maktabning 5-sinf oʻquvchilari adibning ruboiylaridan va “Xamsa” asarining birinchi dostoni, axloqiy-didaktik ruhda yozilgan asar “Hayrat ul abror”dan parchalarni yigʻilganlar eʼtiboriga havola qildilar. Shuningdek, 6-sinf oʻquvchilari Navoiy hikmatlaridan namunalar keltirdilar hamda oʻzbek adabiyotining zabardast vakili Mirkarim Osimning adib bolaligiga bagʻishlangan “Zulmat ichra nur” asaridan sahna koʻrinishlarini ijro qildilar.

Taʼkidlash joizki, Alisher Navoiy oʻz asarlari bilan jahon shoir-u mutafakkirlarini lol qoldirgan. Dunyoning mashhur kishilari oʻz asarlarida buyuk siymoga ajoyib taʼriflar keltirib oʻtganlar. Bu esa maktabdagi izlanuvchan 7-sinf oʻquvchilarining diqqatini tortdi. Oʻquvchilar oʻz chiqishlarida jahonning mashhur kishilarining Navoiyga bergan taʼriflarini keltirib, Alisher Navoiyga bagʻishlab yozilgan sheʼrlardan namunalar aytib, u haqidagi asarlardan sahna koʻrinishlari namoyish qildilar.

Undan tashqari, 8-sinf oʻquvchilari Navoiy sheʼriyatidan gʻazallar hamda ruboiylar aytishib, sheʼriyat gulshaniga sayohat qildilar. Oʻquvchilar shoirning “Kelmadi”, “Boʻldum sanga”, “Bol”, “Qilgʻil” va “Deyin” radifli gʻazallarini ifodali tarzda aytishib, gʻazallarning mazmuni haqida tushunchalar berdilar. 9-sinf oʻquvchilari esa Navoiy ijodining gultoji boʻlgan “Xamsa” asarining tarixi, asar tarkibidagi dostonlarda aks etgan mazmun-mohiyat haqida maʼlumotlar keltirdilar.
Adabiy-badiiy kecha barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, adabiyotga, soʻz sanʼatiga qiziqishlarini yanada oshirdi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026