16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:56
Fan va taʼlim 👁 469

MATEMATIKA FANI OYLIGI DOIRASIDA OʻTKAZILGAN TADBIRDA AL-XORAZMIY DAHOSIGA EHTIROM KOʻRSATILDI

MATEMATIKA FANI OYLIGI DOIRASIDA OʻTKAZILGAN TADBIRDA AL-XORAZMIY DAHOSIGA EHTIROM KOʻRSATILDI

Oʻz zamonasida buyuk kashfiyotlari, ayniqsa, 1 dan 9 gacha boʻlgan sonlar sanoq tizimini yaratib, butun dunyoda aniq hisob-kitob amalini qoʻllash ilmi bilan dovrugʻ taratgan buyuk alloma – algebra fani asoschisi Al-Xorazmiy nomi hamon jahon xalqlari uchun hayrat va havas uygʻotadi. Chunki Muhammad Muso Al-Xorazmiy davrigacha barcha sonlar soʻzlar orqali ifoda etilardi.

Matematika fan oyligi doirasida umutaʼlim maktablarida oʻtkazilayotgan tadbirlarda ulugʻ bobokalonimiz tomonidan amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar, buyuk kashfiyotlar haqida oʻquvchilarga batafsil maʼlumotlar berilmoqda. Oylik doirasida 38-sonli maktabda ham turli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Maktabda “Matematika osmonidagi eng yorqin yulduz - Muhammad Muso Al-Xorazmiy bobomizdan faxrlanamiz” mavzusida boʻlib oʻtgan tadbirda 2-“B”sinf rahbari Muhabbat Allaberganova buyuk bobokalonimizning jahon xalqlarini hayratga solgan kashfiyotlari xususida qiziqarli maʼruza qildi.

Maʼruzada eʼtirof etilganidek, ulugʻ bobokalonimiz Al-Xorazmiy kashfiyotining qimmati shundaki, u dunyoda ilk bora 1 dan 9 gacha boʻlgan arab sanoq tizimini yaratish orqali barcha sohalardagi eng chigal muammolarni hal etishga ulkan hissa qoʻshdi va matematika faniga 0-sonini joylashtirishga muvaffaq boʻldi. Al-Xorazmiy aynan ana shu kashfiyoti uchun barcha zamon va makonlarning eng buyuk matematiklari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Al-Xorazmiy bobomiz Algebra (Al-Jabr) faniga asos solib, bir nechta masalalarni yechishda birday qoʻllash mumkin boʻlgan umumiy qoidalar majmuasini yaratdi. Al-Xorazmiyning sonlarni qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish amallari orqali matematik olimlar katta yutuqlarga erishdilar. Dunyo mamlakatlarida bunyod etilgan buyuk meʼmoriy obidalar, uzun, bahaybat koʻpriklar, baland minoralar, zamonaviy osmonoʻpar binolar va ularning xavfsizligini taʼminlovchi muhandislik yechimlari ham aynan buyuk bobokalonimiz – Al-Xorazmiy kashfiyoti mahsuli hisoblanadi.

“Algebra” soʻzi olimning “Al-Jabr” nomli kitobi nomidan olingan boʻlsa, yevropalik olimlar bir necha asrlar davomida oʻz hisob-kitoblarining tagiga “diksit Algoritmi” yaʼni “Al-Xorazmiy shunday deydi”, deb qoʻshib qoʻyishni oʻzlariga sharaf deb bilishgan.

Maʼruzadan soʻng, oʻquvchilar Al-Xorazmiy dahosiga chuqur ehtirom tariqasida matematik oʻyinlar tashkil etishdi.
Shundan soʻng, “Matematika – fanlar shohi” mavzusida oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyish etishdi. Qoʻshish, ayirish, boʻlish va koʻpaytirish amallari, qiziqarli geometrik shakllar haqida sheʼrlar aytishdi. Tadbirning badiiy qismida esa oʻquvchilar tomoshabinlarga sahnalashtirilgan koʻrinish taqdim etishdi. Unda oʻquvchilar davrasiga Al-Xorazmiy tashrif buyurib, ularga matematik topshiriqlar berdi. Oʻz navbatida oʻquvchilar berilgan misol va masalalarni, tenglamalarni yechishib, Al-Xorazmiy bobosidan olqish olishdi.

Matematika fani oyligi doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbir yakunida oʻquvchilar quvnoq kuy va qoʻshiqlar, raqslar ijro etishib, barchani xushnud etishdi.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019