16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:04
Salomatlik 👁 2,940

ODAM IMMUNTANQISLIGI VIRUSINING SIL RIVOJLANIShIGA TAʼSIRI

ODAM IMMUNTANQISLIGI VIRUSINING SIL RIVOJLANIShIGA TAʼSIRI

Odam immuntanqisligi virusi (OIV) hujayra immunitetini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu oʻz navbatida organizmda sil kasalligi rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Hozirgi davrda ikki xil infektsiyani yuqtirgan bemorlarning 70 foizi Sahroi Kabirning janubiy qismida joylashgan Afrika davlatlarida yashaydi. Ushbu davlatlar aholisi oʻrtasida har yili OIV bilan zararlangan bemorlar oʻrtasida silning faol (ochiq) turining koʻpayish ehtimoli immunitetning susayishiga qarab 5-15 foizga oshmoqda.

Silga chalingan bemor immuniteti past odam bilan muloqot qilsa, bunday kishilar kasallikni tez yuqtirib olishadi. Shuningdek, ularda silning faol (ochiq) turi juda tez rivojlanadi. Odam immuntanqisligi virusi bilan yashovchi insonlar oʻrtasida oʻlim koʻrsatkichi yuqoriligining sababi ularda sil kasalligini davolash, tibbiy xizmatning  pastligidir. Bunday bemorlar boshqa sabablar tufayli ham hayotdan koʻz yumishadi. Yaʼni, ular orasida oʻlim koʻrsatkichining yuqori boʻlishiga rifampitsin bilan birgalikda oʻtkaziladigan qisqa muddatli kimyoterapiya ham sabab boʻladi. Tibbiyot xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladigan (15 foiz) va ularning nazoratisiz (43 foiz) rifampitsin bilan oʻtkaziladigan ushbu qisqa muddatli kimyoterapiya muolajalarining toʻliq oʻtkazilishiga bemor dosh bera olsa, OIV bilan yashovchi shaxslarda silning qaytalanishi kam uchraydi.

Antiretrovirus (APB) dori vositalari OIV va OITSga qarshi  (odam immuntanqisligi sindromi) keng qoʻllanilmoqda. Chunki bu dori vositalari organizmning oʻziga xos immun reaktsiyalarining meʼyorda kechishini taʼminlaydi. Bu esa oʻz navbatida silning yashirin turidan faol (ochiq) turiga oʻtib ketish xavfini kamaytiradi. Yana shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, ARV dori vositalari va silga qarshi preparatlarni birgalikda qoʻllash OIVni hamda uning oqibatida yuzaga keluvchi oʻlim koʻrsatkichlarini pasaytiradi. Soʻnggi yillarda respublikamizda odam immuntanqisligi virusi bilan yashovchilar soni bir oz koʻpayganligi sababli ular orasida sil bilan zararlanish xavfi kuchaydi. Markaziy Osiyo respublikalarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham gʻarb mamlakatlariga nisbatan OIV epidemiyasi va OITS nisbatan kam uchraydi. Ammo koʻrsatkichlar past boʻlsa-da, uchrab turishi kishida xavotir uygʻotadi. Respublika OITSga qarshi kurash Markazi maʼlumotlariga koʻra 10 foiz OIV bilan yashovchi shaxslar sil bilan zararlangan boʻlishadi.

Bu holat oʻz navbatida respublikada OIV va sil epidemiyasining ikki karra xavfini oshiradi. Hozirgi kunda OIV giyohvandlar orasida asosan inʼektsiya orqali va mablagʻ evaziga intim xizmat koʻrsatuvchi ayollar (jinsiy yoʻl bilan) faoliyati sababli tarqalmoqda. Ayniqsa, qamoqxonalarda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar orasida yuqorida taʼkidlangan infektsiyalarning tarqalish xavfi koʻproq. Sababi u yerlarda oila muhitidek sifatli va turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishning iloji yoʻqligi va sanitariya-gigiyena sharoitlarining yetishmasligi, shuningdek, aqliy zoʻriqish sababli ham silning rivojlanishiga zamin yaratiladi.

Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra sil va OIVning oldini olish boʻyicha qatʼiy chora-tadbirlar koʻrilmas ekan, ushbu infektsiyalar xavfi yaqin oʻn yilda yanada oshadi. Shu sababli «Salomatlik» loyihasida sil va OIV hamda OITSning oldini olish boʻyicha maqsadli choralar amalga tatbiq etilmoqda. 1993-yilda Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti sil va OIV epidemiyasining koʻpayishini eʼtiborga olib, bu infektsiyalar yanada keng tarqalmasligi uchun maxsus jamgʻarma tuzdi. Bu jamgʻarma "OITS, sil va bezgakka qarshi "Global jamgʻarma” deb ataladi. Ayniqsa, silning oldini olish uchun DOTS (shifokor nazorati ostida qisqa muddatli kimyoterapiya bilan davolanish) strategiyasi jahonda keng qoʻllanilmoqda.

Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti taxminlariga koʻra, 2015 yilda DOTS dasturining samarali qoʻllanilishi bois, OIV bilan zararlangan shaxslar tufayli sil koʻpayishining oldi olinadi.

O.Xalimov,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi.

G. Abdullayeva,

ftiziatriya boʻlimi mudirasi.

(Foto - http://img.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019