16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:41
Adabiyot 👁 404

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

NAVBAHOR KELDI YaNA
Qarang, kanday ajib kun,
Navbahor keldi yana.
Koʻngilga zavq bagʻishlab,
U takror keldi yana.

Tashrifining oldidan
Togʻlarga soldi nazar,
Yonbagʻir uzra gulxan –
Lolazor keldi yana.

Yer-u koʻkda oʻzgarish,
“Uygʻoninglar”, – deb goʻyo,
Turnalar koʻkda qator
Va qator keldi yana.

Baʼzi gʻofillar uchun
Samo uzra guldurak
Naʼrasiga juft boʻlib,
Bir sharor keldi yana.

Yor vasliga intizor
Oshiqlarning holatin,
Oʻz tilida vasf etib,
Bulbul – zor keldi yana.

“Omon yetdik, ming shukur,
Salom, bahorim”, – deya,
Quvongan koʻngillarga
Iftixor keldi yana.

Bahorning yoʻlin kutib,
Qanchalar intiq edim,
Kaminangizga ilhom
Shu nahor keldi yana.
Ahmad NAFASOV.


Oʻzbek Zulfiyasi
Vafo-sadoqatdan
Soʻzlar koʻzlari.
Malika timsoli
Bugun oʻzlari.

Nechun sevmay boʻlar
Shoh satrlarin,
Yurakka ilhombaxsh
Shoir soʻzlarin.

Metin irodali
Oʻzbek onasi,
Bizga oʻrnak erur
Hayot yoʻllari.

Nomi qalbimizda,
Ruhi doim shod.
Oʻzbek Zulfiyasi
Abadiy hayot.
Zuhra Ahmedova.


Poyiingzga loladek
toʻkilib ketsam

(Onam xotirasiga)
Kimning hayot boʻlsa agar onasi,
Biling-ki, dunyoda siz baxtli inson.
Qoʻllaridan oʻping, ming bora ayting,
Yaxshi koʻraman, deb, sizni onajon.

Toʻyda oʻynaganday bir bora oʻynang,
Dillaridan ketsin gʻuborlar mayli.
Siz mening dunyoda borim-yoʻgʻim, deng,
Boringizga shukur onajonim, deng.

Toʻylarim boshida tursangiz deyman,
Oppoq roʻmollarda farishtam misol.
Shunda ham tangrimdan soʻrab qolaman:
“Onamning umriga qilma hech zavol”.

Onasi yoʻqlarning koʻngli yarimdir,
Bir ogʻiz soʻzingiz keladi malol.
Mungʻayib qoladi baxtli kunda ham,
Chunki onasi yoʻq, soʻraguvchi hol.

Bahorim bahormas, gul-u rayhonmas,
Qizgʻaldoq misoli sovuq qotaman.
Qaniydi bir bora bolam, desangiz,
Poyingizga loladek toʻkilib ketsam.
Raʼno AVAZMURODOVA,
38-sonli maktab oʻqituvchisi.

JANNATIM – ONAM
Bir jonin uch oʻgʻliga boʻlib bergan,
Onajonim mening, mehri ummonim.
Turmushning mushtiga oʻzini tutgan,
Begʻubor osmonim, jonim onajon.

Qora sochlariga oqlar tushirdim,
Gulday yuzlariga ajinlar soldim.
Oʻzini oʻylamay meni oʻylagan,
Gʻanimat dunyoda gʻanimat onam.

Jonibekni jonidan ortiq suygan,
Bu dunyoda meni deb yashab yurgan.
Gar qiynalsam, ich-ichidan ezilgan,
Mehribonim mening, jannatim onam.
Jonibek Quvondiqov.


Onajonimga
Yigʻlar boʻlsam, gʻamim seza bildingiz,
Yaralansam, malham boʻla bildingiz,
Goho erkalikka solib ish qilsam,
Meni hammadan ham suya bildingiz.

Avaylab, eʼzozlab, odam qildingiz,
Yigʻlasam, yigʻlab, kulsam, kuldingiz.
Bu yorugʻ olamda omon boʻlingiz,
Onajon, bunchalar cheksiz mehringiz.
Dilnura Rahimboyeva,
29-sonli maktab oʻquvchisi.


AYoLLARGA
Unutma, hayot sen bilan goʻzal,
Bitadi oshiqlar sen uchun gʻazal.
Bitta tabassuming tunni yoritar,
Ayolsan, ayolliging unutma.

Hayot yoʻllarida qoqilma aslo,
Toʻgʻri yoʻlni tanla, egriga boqma.
Sirli boʻl, siringni oʻzgaga aytma,
Ayolsan, ayolliging unutma.

Qaddingni tik tutgin, yiqilma aslo,
Magʻrur yur, hech qachon boshingni egma.
Yengil hayot tanlab, unga sen kirma,
Ayolsan, ayolliging unutma.

Farzand tarbiyasi qoʻlingda sening,
Oilang shaʼni ham yelkangda sening.
Onasan, opasan, kimgadir singil,
Ayolsan, ayolliging unutma.

Sendan hayotda yaxshi nom qolsin.
Yomonlar sendan ibratlar olsin.
Farzandlaring sen bilan faxrlansin,
Ayolsan, ayolliging unutma.

Farishtaga qiyoslar buyuk nomingni,
Jannatga teng qilar bosgan izingni.
Esingdan chiqarma “Ona” nomingni,
Ayolsan, ayolliging unutma.
Iroda YOʻLDOShEVA,
“AmudaryoTex” XK xodimi.


Onajonim allasi
Chaqirsalar, dunyoda zoʻr mashshoqni,
Kuylasalar, “Feruz” yoki “Ushshoq”ni.
Almashmasdim tong oldida onajon,
Sizning aytgan allangizga hech  qachon.

Kunduz ishlab, tun oʻtkazar, uyqu yoʻq,
Onasi bor farzand oʻsar gʻami yoʻq.
Mehringizdan kuchliroq hech tuygʻu yoʻq,
Mehringizni sogʻindim-ku onajon.

Allalar aytardi boshimiz silab,
Allohdan bizlarning baxtimiz tilab.
Boringda kam boʻlmay yurdim erkalab,
Sogʻinib esladim sizni, onajon.

Qoʻshiqlar kuylasam men sizga ona,
Allangizdek boʻlmas hech bir tarona.
Qudratlimas hech bir qoʻshiq dunyoda,
Dunyolardan buyuk allangiz, ona.
Adilboy AmeTov, 27-sonli maktab musiqa fani oʻqituvchisi.


Onamga
Qahraton qish keldi, judayam sovuq,
Izgʻirin sovuqlar suvni muzlatar.
Chanalar uchishar bolalar shodon,
Yoningizga bormadim, bolangiz nodon.

Sogʻinch azobi tilganda dilim,
Samimiy soʻzlarim ayagan edim...
Manzura EShIMOVA.
Bayram tilagi
Munis va moʻʼtabar, goʻzal ayollar,
Hayotni yashnatgan asli oʻzingiz.
Olam toʻlsin baxtga – kuling bir bora
Dardlarga darmondir shirin soʻzingiz.

Jamiyatda ham doimo faol –
Tinmaysiz ona yurt ravnaqi uchun.
Toʻgʻrisoʻz, iymonli, pok hamda halol,
Qalbingiz oldida bosh egdik bugun.

Oʻylaysiz faqat roʻzgʻor tashvishin,
Bir nafasga tin olasiz qachon?
Eplaysiz uy ishin, davlat yumushin,
Bugun  poyingizga gul toʻshar jahon.

Siz mohir chevarsiz, balki tadbirkor,
Ishlaysiz Vatanga keltirib foyda.
Mehribon ustozsiz, balki shifokor,
Hurmatingiz baland sizning har joyda.

Siz balki uchuvchi, koʻklarni quchib,
Cheksiz samolarda qilasiz parvoz.
Qalbingizdan zinhor ketmaydi oʻchib,
“Vafo” deb atalgan chiroyli pardoz.

Siz huquqshunossiz, doim adolat,
Toʻgʻrilik va tenglik tarafdorisiz.
Sizga begonadir gʻaraz, adovat,
Millatning va elning madadkorisiz.

Sanʼatga oshufta nozik qalbingiz,
Chizgilaringizda – tuygʻular soʻzlar.
Ne istaydi dil, bir bor ayting siz,
Baxtiyor damlarni koʻrsin bu koʻzlar.

Moʻʼtabar onasiz farzandin har on,
Eʼzozlab, avaylab koʻtargan koʻkka.
Dilbar ayoldirsiz, dilga jonajon,
Ismingiz bitilgan oʻyib yurakga.

Maftunkor ayollar, opa-singillar,
Aziz momojonlar, boʻling sogʻ-omon.
Vafo-la yashaysiz oʻtsa-da yillar,
Qalbingizga soya solmasin armon.  
Iroda ERDOShEVA.


ONANGIZNI YOʻQLAB TURING
Koʻzi kulib, dili kuyib turguvchi ona,
Biz uchun bebaho jannatdir ona.
Doim farzandim deb yurguvchi yona,
Dunyoda yagona farishta – ona.

Inson bolasisiz mehr qoʻmsaysiz,
Bir kuni onam, deb dodlab yigʻlaysiz.
Bekor oʻtgan vaqtlaringiz boʻlsa-da,
Duosini olmoqqa hech bormaysiz.

Ey doʻst, onangiz qadrini biling,
Vaqt topib har lahza siz yoʻqlab turing.
Bir kun siz ham ota-ona boʻlasiz,
Vaqt borida onangiz mehriga toʻying.
Gulruh NARIMBETOVA,
50-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026