16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:16
Qishloq xoʻjaligi 👁 460

KOʻChAT EKISh HAM MAʼNAVIYaT

KOʻChAT EKISh HAM MAʼNAVIYaT

Bahorning tashrifi eng avval bogʻlardan boshlanadi, deyishadi. Bu gapda jon bor, albatta. Sababi, koʻklamning  ilk yumushlari koʻchat ekish, yangi bogʻlar yaratish, avvalgi bogʻlarga shakl berishdan boshlanadi. Koʻchat ekish, turli daraxt qalamchalarini tayyorlashning ham oʻziga xos gashti bor. Buni bogʻbon-u sohibkorlar juda yaxshi bilishadi.

Har yilgi erta koʻklamda bir holatga alohida eʼtibor beraman: mahallalarda, tumanimizning olis ovullarida yoʻl boʻylariga, ariqlar chetiga oʻtqazilgan koʻchatlarning tuproqqa ildiz qoʻyib, unib ketishi juda qiyin. Nima uchun? Chunki ekilgan nihollar koʻchat ekish mavsumidan soʻng, negadir unutiladi. Unutilgan nihollar eʼtiborsizlik tufayli, albatta, qurib qoladi.

Xoʻsh, nihollar unib-oʻsib, tuproqqa ildiz qoʻyishi uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Avvalo shuni aytish kerakki, iloji boʻlsa, yangidan koʻchat ekiladigan hududlarda kuz mavsumida chuqurchalar kovlab qoʻyilgani maʼqul. Sababi, kovlangan chuqurchalar qish boʻyi qor va yomgʻir suviga, shuningdek, kuzgi-qishgi sugʻorish mavsumida yaxob suviga toʻyinadi. Toʻyingan, bagʻri shamollab, yangi havo olgan chuqurchalarga oʻtqazilgan nihol juda tez rivojlanadi. Bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilayotgan niholning ildizini avaylash, iloji boʻlsa, shamol taʼsiridan saqlash kerak.

Anor daraxti uchun suv kamroq tushadigan unumdor yer tanlagan maʼqul. Anorni tez-tez bostirib sugʻoraversa, hosili kamayib, ildizpoyalari  atrofida zaxlanish kuzatiladi. Shuning uchun anor daraxtini zaxlanish bor joyga ekmagan maʼqul.

Anjir – koʻp yillik daraxt. Shu bilan birga uning mevasi ming dardga davo hisoblanadi. Anjir daraxtini ham xuddi anor kabi unumdor yerga, iloji boʻlsa, bogʻning chetrogʻiga, sugʻorish qulay boʻlgan joyga oʻtqazilsa, tez unib ketadi. Anjir yaxshi parvarish qilinsa, avloddan-avlodga yetgulik meva beraveradi. Mevasi sargʻish tus ola boshlagan paytda sugʻorilsa, mevalari juda shirin, tez pishadi, to kuzgacha mazza qilib, anjir mevasiga toʻyasiz.

Daraxt qalamchalarini tayyorlashda sogʻlom, toʻgʻri nard  (shoxa)lar tanlab olinadi. Oq terak, boʻy terak, koʻk terak, qurilishda eng baquvvat kegay terak, oq tol va qoratol novdalarini 50-60 santimetr uzunlikda qirqib, yerga suqib qoʻyiladigan  qismi jindaygina yoʻniladi. Bunda novdaning oʻzak qismi ochilib, poʻstlogʻi salgina olinadi. Shunday qilinsa, novdaning oʻzagidan tuproqning tepa qismida qolgan qismiga oziq uzatilishi oson boʻladi. Qalamchalar tez-tez sugʻorib turilsa, ildiz qoʻyishi ham tezlashadi.

Bogʻ yaratish ham oʻziga xos mehnat va sanʼatkorlikni talab etadi. Doimiy ravishda shu ishga ixlos bilan yondashib, har bir niholga alohida mehr bersangiz, aslo yutqazmaysiz.

Daraxtlarni bir-biriga payvandlash orqali esa bogʻingizda yuqori hosilli meva navlarini yaratishingiz mumkin. Masalan, mening bogʻimda nashvati va nokning bir necha turi, yongʻoq, bodom, ananas, oʻrikning eng sarxillari, serhosil anjir, bir necha xil uzum, anor daraxtlari barq urib oʻsib turibdi. Gilos, olcha, shaftoli, shotutning bir necha turlaridan har yili moʻl-koʻl hosil olamiz. Ham oilaga, ham el-yurtga foydali, darmondorilarga boy mevalar dasturxonimiz va hayotimiz koʻrkidir.

Koʻchat eking, yaxshilab parvarishlang, ekib, aslo unutib yubormang. Koʻchat ekish ham yuksak maʼnaviyat belgisidir.

R. YeShChANOV,
Choykoʻl ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026