16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:06
Madaniyat 👁 439

“BAHOR NAVOLARI – SIZGA ARMUGʻON!” DEB NOMLANGAN SINF KONTsERTI OʻTKAZILDI

“BAHOR NAVOLARI – SIZGA ARMUGʻON!” DEB NOMLANGAN SINF KONTsERTI OʻTKAZILDI

Musiqa inson ruhiyatini tetiklashtiradi. Ibn Sino oʻzining “Tib qonunlari”kitobida bir oʻrinda musiqaning ruhiy taʼsir kuchiga baho berib, goʻdakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday taʼriflaydi: “Goʻdakning organizmi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi esa onaning qoʻshigʻi, yaʼni alladir. Birinchisi bolaning tanasiga, ikkinchisi ruhiga tegishlidir”. Demak, musiqa insonga maʼnaviy ozuqa boʻlishi bilan birga uni tarbiyalashda ham ahamiyatli.

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tumanimizning sanʼatga ixlosmand yoshlariga ilk soha taʼlimini berib, iqtidorlarini namoyon etishlarida muhim ijodiy pillapoya boʻlayotgan maskandir. Ushbu muassasada taʼlim-tarbiya olib, oʻz ijodi bilan xalqimizni xushnud qilayotgan taniqli sanʼatkor, mohir murabbiy boʻlib yetishganlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Maktabda oʻquv yili rejasiga muvofiq maʼlum muddatlarda turli boʻlimlar sinflarida sanʼat sir-asrorlarini qunt bilan oʻrganayotgan oʻquvchilarning sinf kontsertlari oʻtkazilib turiladi.

Anʼanaga muvofiq shu yilning 5-martida oʻtkazilgan fortepiano boʻlimi sinf kontserti moʻʼtabar onaxonlar, lobar ayol-qizlarga bagʻishlandi.

Ushbu boʻlim rahbari Dilfuza Rahimova boshchiligida oʻquvchilar tadbirga jiddiy va puxta tayyorgarliklar koʻrishdi. Bu bejiz emas. Shu oʻrinda aytish joizki, sinf kontsertlari muassasa majlislar xonasida barcha oʻqituvchilar koʻz oʻngida ijro etiladi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, bunda boʻlim oʻqituvchilarining ham, shogirdlarining ham oʻtgan davrdagi mehnati koʻzga yaqqol tashlanadi. Bu esa sahnaga chiqishda oʻzgacha masʼuliyat yuklaydi. Qolaversa, mazkur tadbirga oʻquvchilar ota-onalarining ham taklif etilgani ijro masʼuliyatini yana ham oshirdi. Aslida boʻlim sinf kontsertlarini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad sanʼat olamiga qadam qoʻygan yoshlarda sahna madaniyatini tarbiyalash, tomoshabinlar oldida oʻzini erkin tutib, ularga mahoratini namoyish eta olish koʻnikmasini shakllantirish, ularni yangi ijodiy ishlarga ruhlantirish, ragʻbatlantirishdan iborat.

“Bahor navolari - sizga armugʻon” deb nomlangan mazkur sinf kontserti ikki qismda oʻtkazildi. Birinchi qismda oʻquvchilar fortepiano, skripka, truba asboblarida oʻzbek va chet el kompozitorlarining ayolni, koʻklam faslini madh etuvchi kuylarini ijro etdilar. Shu boʻlimning 1-7-sinflarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar ijrosini barcha ustozlar, ota-onalar qiziqib tingladilar va qarsaklar bilan olqishladilar.

Kontsertning ikkinchi qismida  oʻquvchilar ayol-qizlar, onalar shaʼniga taniqli shoirlarimiz bitgan sheʼrlarni mahorat bilan ijro etdilar.

Shuningdek, barchaga bahoriy koʻtarinki kayfiyat bagʻishlovchi milliy kuy-qoʻshiqlarimiz yangradi. Fortepianoda ijro etilgan. “Chamanda gul”, “Guldasta”, “Bahor valsi” kabi milliy kuylar barchaga manzur boʻldi. Shuningdek estrada xonandaligi boʻlimi oʻquvchi-qizlari ijro etgan “Kabutar”, “Lolagullar” kabi qoʻshiqlari, raqs boʻlimi qizlarining jozibali raqslari tadbir shukuhini oshirdi.

Oʻtkazilgan “Bahor navolari - sizga armugʻon” deb nomlangan sinf kontserti tadbiri moʻʼtabar va munis ayol-qizlar bayramiga bagʻishlanganligi ijrochilarga ham oʻzgacha masʼuliyat va koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi, mahorat bilan ijro etishga undadi.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari jamoasi hamkorligida tayyorlangan ushbu tadbir oʻquvchilarning ota-onalariga ham juda manzur boʻldi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019