16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:24
Adabiyot 👁 515

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

BAYPAM BADIHASI
(Qizlarga bahoriy maktub)
Qaldirgʻochlar qanotida Navbahor,
Valfajri goʻyoki “Yosin”, “Taborak”
Siz Alloh yaratgan malak – betakror –
Muqaddas xilqatsiz. Bayram muborak!

Har esgan saboda bayram nafasi –
Sezilar, xushnavo ayyomdan darak.
Siz bilan porloqdir yurtning ertasi,
Ajab saodatsiz. Bayram muborak!

Koʻzlarni yashnatar, koʻngil yayratar,
Boshlarda tol bargak, lola chambarak.
Shoʻx-shodon kulgular toledan xabar
O, sohibjamollar, bayram muborak!

Bugun maqtov uchun tanlab qancha soʻz,
Til ojiz, boshimiz ham sarak-sarak.
Yayrab-yashnab yuring, hech tegmasin koʻz
O, nozik nihollar, bayram muborak!

Yal-yal yonoqlarda hayot tajalli,
Inja tabassumga hapriqar yurak.
Ehtirom Sizgadir abad-azaliy,
O, ruxsori ollar, bayram muborak!

Tashbeh bor falakda, qiyos uchun – Oy...
Faqat bunga kuchli tasavvur kerak.
Lekin dilda – Sizlar. Oyga yoʻqdir joy
O, mohi hilollar, bayram muborak!

Taʼrifga til ojiz: koʻzlari nargis,
Qoshlari yoyidan qalblarda novak,
Nagʻmasoz xushnavo bulbuldek nafis –
Suhbatlari bollar, bayram muborak!

Baxtingiz doimo bus-butun boʻlsin,
Yarim ham boʻlmasin, boʻlmasin chorak.
Gʻam-alam sizlardan yiroqda qolsin,
O, malak misollar, bayram muborak!

Har bir dil – bir olam, ehtiros boʻlak,
Oshiqlar his etgan tuygʻu mushtarak
Qancha Salomchi-yu, Ahmadlar halak –
Topolmay timsollar. Bayram muborak!
Tursunboy ABDULLAYeV.
Ahmad NAFASOV.


NAVPOʻZ KELIB
Kalta kunlar boʻldi uzun,
Koʻk maysalar yerga husn.
Hamma xursand, shodon bugun,
Navroʻz kelib, Navroʻz kelib.

Pishmoqdadir sumalaklar,
Qizlar taqdi tolbarglar.
Koʻkda uchar gʻoz, oʻrdaklar,
Navroʻz kelib, Navroʻz kelib.

Sovuq endi bizdan qochar,
Dehqon yerga urugʻ sochar.
Bogʻ-u rogʻlar chiroy ochar,
Navroʻz kelib, Navroʻz kelib.

Yurtimizda toʻy-tantana,
Oʻynaydirmiz yana-yana.
Tomosha zoʻr, keling, mana,
Navroʻz kelib, Navroʻz kelib.
Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.


Kelmoqda Navroʻz
Hali qaylardadir qorin selpir qish,
Xali qaylardadir erimagan muz.
Bizda aylanganday oʻngga shirin tush,
Bugun elimizga kelmoqda Navroʻz.

Tugʻilgan iniga u yana qaytib,
Bizlar uchun tilab, moʻl-koʻl rizq-u roʻz,
Qaldirgʻoch kelmoqda “valfajr” aytib,
Xush navolar bilan kelmoqda Navroʻz.

Hademay ochilib lolaqizgʻaldoq,
Yoʻl boʻyida husnin qiladi koʻz-koʻz.
“Atrofni yashnatgan qudratimga boq”, –
Deganday yurtimga kelmoqda Navroʻz.

Mana, oʻriklar ham gulladi qiygʻos,
Yana yashil libos kiyar dala-tuz.
Bahor goʻzalligin koʻrsatib roʻy-rost,
Shaxdam qadam bilan kelmoqda Navroʻz.

“ – Har dardning oldini olmoqlik durust,
Shu sabab hozirdan rejalaring tuz.
Shunda daf qilmaydi koronavirus”, –
Degan oʻyga solib kelmoqda Navroʻz.

Shukur, koʻngillardan rutubat ketdi,
Atrofda chiroydan qamashadi koʻz.
Endi gʻayrat qilmoq fursati yetdi,
Xush kelding, xush kelding, xush kelding, Navroʻz!
A.Nafasov.


Navroʻzi olam
Borliqdan keldi xush xabar,
Mangʻit bogʻlarida hamal.
Bulbullar kuylaydi gʻazal,
Navroʻzi olam marhabo!

Nurga toʻlib yuraklari,
Gulga toʻlib etaklari.
Yayrar bu dam yosh-u qari,
Navroʻzi olam marhabo!

Pizq-u roʻzi ulugʻ elim,
Baxti butun, toʻliq elim.
Bayramlaring qutlugʻ elim,
Navroʻzi olam marhabo!

Navo toʻla havo bugun,
Dillar toshqin daryo bugun.
Poʻlat ogʻa shaydo bugun,
Navroʻzi olam marhabo!
Navroʻzi olam marhabo!
Poʻlat XUDOYBEPGANOV,
Turon fanlari akademiyasi akademigi, jurnalist.


YaShILLANDI DALALAP
Qish oʻtgach, ilk bahorda,
Shudring tushgan nahorda.
Sabolar qanotida,
Qushlar qaytib keldilar.

Ana, qarang bolalar,
Yashillandi dalalar.
In qurib ayvonlarda,
Sayradi qaldirgʻochlar.
Muhabbat OʻPINBOSAPOVA,
3-sonli maktab oʻquvchisi.


ONA MEHPI
Ona mehri misli dengiz,
Toʻlib-toshib oqadi.
Ona asli farzandini,
Mehr bilan boqadi.

Mehr koʻrib oʻssa bola,
Olamga mehr berar,
El yurtini ardoqlaydi,
Qalbida bahor kular.
Sarvinoz MUPODOVA,
11-sonli maktab oʻquvchisi.


YuPTIMDA NAVPOʻZ
Har yili yurtimga kelganda bahor,
Shodlik va quvonchdan yayrar koʻngillar.
Koʻzni qamashtirar muattar gullar,
Sevgi-sadoqat deb kuylar bulbullar.

Navroʻz oʻzbegimning bahor bayrami,
Sumalaklar pishar kuch-quvvat koni.
Ajdodlarimizdan esda qolgani,
Qadimdan merosdir ahillik shaʼni.
Erkin Ismoilov.


DAPAXT EKING!
Doʻstlar, eking daraxtlar,
Ular bizlarni asrar.
Toza havo beradi,
Har dilni shod etadi.

Daraxt ekingiz har dam,
El-u yurt boʻlar koʻrkam.
Tabiat bizdan rozi,
Gullar hatto qish, yozi.
Shahlo QUVVATOVA.


Shabboda
Koʻk yuzidan bulut qochar,
Samo ajib nur qoʻynida.
Qaldirgʻochlar chugʻurlashar,
Omon chiqib gulbahorga.

Yelib, yugurar shabboda,
Lolalarni silab oʻtar.
Maysalarni egib tongda,
Esar mayin shabboda.

Togʻlardan tushar zilol suv,
Shod etadi koʻngillarni.
Qish boʻyi zerikib, tolib,
Bahorga chiqqan qalblarni.

Maysalarning barglarida,
Marjondek jilvakor shudring.
Madh etar qancha shoirlar,
Gulbahorim, goʻzalliging.

Sharqirab oqqan soylar ham,
Qirmizi gilam singari.
Toʻshalgan yoqut gullar ham,
Bahor, sening timsoling.
Laylo OLIMOVA,
56-sonli maktab oʻquvchisi.


YoMGʻIP
Tong bilan turdim,
Dalaga boqdim.
Poʻyi zamin loy,
Toʻlib oqar soy.
Yomgʻir yogʻardi,
Dilga yoqardi.
Tomda kabutar,
Menga boqardi.
Yomgʻir tingan payt,
Gulladi hayot.
Oftobga boqib,
Bitdim sheʼriy xat.
Akrom Koʻklanov, 5-maktab oʻquvchisi.


QIZChA
Buncha shirin qizaloq,
Tishlari xuddi munchoq.
Koʻzlari yonib turar,
Yuzlari kulib turar.

Kulib turgan yuzlari.
Xuddi oyni eslatar.
Yonib turgan koʻzlari,
Porloq quyoshga mengzar.
S.YaNGIBOYeVA.


BAHOPIM KELDI
Koʻm-koʻk boʻlib yashnagan,
Soʻlim bahorim keldi.
Chamanlarning muattar,
Iforin ola keldi.

Bayramlar qoʻsha-qoʻsha,
Quvonch olib keladi.
Maysalar ham quyoshga,
Kun sayin intiladi.
Shohsanam OʻrOzaliyeva,
Namuna MFY.


NAVPOʻZ –  BAHOP BAYPAMI
Navroʻz – bahor bayrami,
Kirib keldi hademay.
Anhorlarda oqadi,
Zilol suvlar toʻxtamay.

Xalqimizning sevimli,
Taomidir sumalak.
Qozonning atrofida,
Bolalar boʻldi halak.

Uy oldida, gulzorda,
Uchib yurar kapalak.
Bu ham bitta xabarchi,
Bahordan berar darak.

Saxiy quyosh porlaydi,
Navroʻz bizni chorlaydi!
Diana BOZOPBOYeVA,
75-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026