16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:09
Sport 👁 459

TUMANIMIZ FUTBOLChI QIZLARI OChIQ BIRINChILIK GʻOLIBI VA SOVRINDORI BOʻLIShDI

TUMANIMIZ FUTBOLChI QIZLARI OChIQ BIRINChILIK GʻOLIBI VA SOVRINDORI BOʻLIShDI

Mini futbol sporti qizlar oʻrtasida ham ommalashtirilib, turli chempionatlar oʻtkazila boshladi. Aytish joizki, koʻpchilik mini futbol va futzalni adashtirishi mumkin. Aslida ular orasida farq anchagina. Mini futbolga qaraganda futzalda oʻyinchilar soni kamroq, oʻyin qoidalari ham birmuncha farq qiladi.

Yaqinda 7-mart kuni oʻquvchi-qizlar oʻrtasida mini futbol boʻyicha Qoraqalpogʻiston ochiq birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi. Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, doʻstona aloqalarni yaxshi yoʻlga qoʻyish, futbol oʻyinini ommalashtirish, iqtidorli sportchi qizlarni aniqlab, respublika terma jamoasiga saralab olish, ularning mahoratini oshirish maqsadida oʻtkazilgan mazkur chempionatda 12 va 14 yoshdagi qizlar qatnashishdi.

Musobaqaning tumanimizda, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji binosi yonidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasida oʻtkazilganligi ham bejiz emas. Avvalo bu borada tumanimizda ibratli ishlar olib borilayotganini va oʻquvchi-qizlarning ushbu sport turi bilan muntazam shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratilganini taʼkidlash joiz. Tumanimizning barcha ovul va mahallalarida sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchalari tashkil etilgan boʻlib, yoshlar bu yerda mini futbol  sport turi bilan muntazam shugʻullanib kelishmoqda. Shuningdek, maktablarda ham jismoniy tarbiya fani  murabbiylari fidoyi mehnat qilishib, mini futbol sport turining ommalashuvi va rivojlanishiga munosib hissa qoʻshishmoqda. Oʻquvchilarning iqtidori, mahoratini oshirishga harakat qilishmoqda.

Qoraqalpogʻistonning tumanlari va shaharlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod  futbolchi qizlar ishtirok etgan musobaqa natijalari ham buni yaqqol ifodalaydi. Bahslar juda keskin va murosasiz oʻtdi. Hakamlar hayʼati aʼzolari, murabbiylar va koʻpsonli tomoshabinlar ularning oʻyinini qiziqib tomosha qilib turdilar. Mini futbol musobaqasida ishtirok etgan sportchi qizlar oʻz jamoasi gʻolibligi uchun bor imkoniyatini ishga solib, harakat qildilar.

Ha, har qanday musobaqada eng iqtidorli, eng zoʻr, eng kuchli ishtirokchi gʻolib boʻlishi aniq.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan ochiq birinchilik musobaqasida 12 yoshli qizlar oʻrtasida 1-oʻrinni tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi futbolchi qizlar jamoasi, 2-oʻrinni nukuslik qizlar jamoasi, 3-oʻrinni esa 41-sonli umumiy taʼlim maktabi jamoasi yengib oldilar.

Chempionatning 14 yoshli qizlar oʻrtasidagi musobaqalari ham murosasiz va qizgʻin kurashlar ostida kechdi. Natijalarga koʻra, tumanimiz Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi futbolchi qizlar jamoasi faxrli 1-oʻrin, 41-sonli maktab oʻquvchilari jamoasi 2-oʻrinni, Boʻzatov va Kegeyli tumanlari Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari futbolchi qizlari jamoalari esa 3-oʻrinlarni egalladilar.

Ochiq birinchilik gʻoliblari va sovrindorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining diplom va sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

 Oʻtkazilgan bu ochiq birinchilik musobaqasi kelgusida mazkur sport turining yana ham ommalashishiga va rivojlanishiga yoʻl ochadi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019