16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Jamiyat 👁 2,890

Har bir farzand uchun bir koʻchat

Har bir farzand uchun bir koʻchat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6-martdagi farmoyishiga binoan joriy yilning mart-aprel oylari mamlakatimizda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi deb eʼlon qilindi.

Shu munosabat bilan tumanimiz mahallalarida keng koʻlamdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish yumushlari jadal olib borilayapti.

Bunday tadbirlarda tevarak-atrofni saranjom-sarishtalash, daraxtlarga shakl berish bilan birga, hududlarga manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Zero, quyosh hamal burjiga ochgan pallada oʻtkazilgan har bir tup koʻchat bexato unib chiqsa, yerga sepilgan urugʻ tezda ildiz otib, palak yozadi. Xalqimiz "Hamal kirdi, amal kirdi”, deya bejiz aytmaydi-da.

Koʻchat ekib, bogʻ yaratish - xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biri. Milliy udumlarmizga koʻra, oilada oʻgʻil bola tugʻilsa, unga atab nihol ekilgan. Farzand voyaga yetguncha, yosh nihollar ulkan daraxtlarga aylangan-ki, uy qurish chogʻida yogʻoch muammosi boʻlmagan. "Sogʻlom bola yili”da ushbu ezgu anʼana yanada keng koʻlam kasb etib, yangicha maʼno-mazmun bilan boyidi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Gap shundaki, «Har bir farzand uchun bir koʻchat» shiori ostida tumanimizning barcha hududlarida yangi bogʻ va gulzorlar barpo etilmoqda. Bu xayrli tadbirni uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida hamma oʻzining munosib hissasini qoʻshishga intilayotgani quvonarli xoldir. Shu bois aholi turar joylari, mahallalar, koʻchalarning cheti va xiyobonlarga oiladagi har bir farzand uchun bir tup mevali va bir tup manzarali koʻchat va qalamchalar ekilmoqda.

Aslida nihol qadash obodlikning eng muhim belgilaridan biri sanaladi. Zotan, dov-daraxt bor joyda goʻzallik, musaffo havo, rizq-nasiba bor. Shu bois ota-bobolarimiz kaftdek yerga ham daraxt yetishtirish payidan boʻlishgan. Bu ezgu qadriyat istiqlol yillarida qayta tiklanib, yangicha maʼno-mazmun bilan boyidi. Buning isbotini har koʻklamda yangi bogʻlarga asos solinayotgani, shahrimiz qishloqlarimiz yashillikka burkanib borayotgani misolida koʻrib-bilib turibmiz.

"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi ham «Har bir farzand uchun bir koʻchat» shiori ostida oʻtkazilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga oʻz hissasini qoʻshish va kam taʼminlangan yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tumanimiz mahallalaridagi 150dan ortiq yosh oilalarga 600 tupdan ortiq mevali, 150 tupdan ortiq gul koʻchatlari bulardan tashqari "Namunali koʻcha”larga 1000 tupdan ortiq manzarali koʻchatlari fond tomonidan tarqatib berildi.

Zero, bugun qadalayotgan nihollar, hademay, boʻy koʻrsatib, yurtimizni bogʻlarga burkashi shubhasiz. Ularga boqqan kishining baxri-dili ochilib, koʻngli osmon qadar yuksalishi turgan gap, bu ajib bogʻlar yaxshilarning mehnati bilan yaralib, ularning mehridan yashnamoqda.

Gavhar Chimbaychiyeva,

«Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi.

(Foto - turkistonpress.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019