16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Salomatlik 👁 422

Qizil yarim oy jamiyati tuman boʻlimi tomonidan Tibbiyot birlashmasi hududida xayriya aktsiyasi oʻtkazildi

Qizil yarim oy jamiyati tuman boʻlimi tomonidan Tibbiyot birlashmasi hududida xayriya aktsiyasi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining infektsion kasalliklar, jumladan, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha qoʻrayotgan chora- tadbirlariga monand  koronovirusni yuqtirishdan oʻzingizni va boshqalarni asrang shiori ostida joriy yilning 28-mart sanasida tuman Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi hududida xayriya aktsiyasi oʻtkazildi.

Bugungi kunga kelib Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati aholida  birinchi  tibbiy yordam koʻnikmalarini shakllantirish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, insonparvarlik yordami berish, begʻaraz donorlik kabi  yoʻnalishlarda ish olib boradi. Faoliyatimizning ustuvor yoʻnalishlaridan biri – bu soʻzsiz, jamiyatning yoshlar harakati va koʻngillilar boshlangʻich tashkilotini tuzish hamda shakllantirish, halqaro  loyihalarni hayotga izchil tadbiq etish va gumanitar sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir.

Xayriya tadbirida Qizil yarim oy jamiyati tomonidan tayyorlangan, koronavirus epidemiyasining oldini olish, kasallikdan saqlanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tayyorlangan buklet va eslatmalar, bir martalik shaxsiy himoya vositasi boʻlgan tibbiy niqoblar tuman TTB markaziy shifoxonasi boʻlimlari ishchi-xodimlariga, shifoxonada davolanayotgan bemorlarga hamda koʻp tarmoqli poliklinikasi ishchi-xodimlari va poliklinikaga kelgan fuqarolarga xayriya tariqasida tarqatildi.

Tuman Markaziy shifoxonasi yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri O.Qurbonboyev oʻtkazilayotgan ushbu aktsiya uchun Qizil yarim oy jamiyati tuman boʻlimi xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Shu bilan birga kasallik toʻgʻrisida maʼlumot berib, barchani vahima qilmaslikka chaqirdi.

Xayriya tadbiri davomida Qizil yarim oy jamiyati tuman boʻlimi ijrochi direktori I.Nurimbetov, tibbiy birodar Ch.Ernazarov, koʻngilli volontyorlar Tibbiyot birlashmasi epidemiolog shifokori X.Sobirov, O.Xolmurodova, R.Xolmurodovalar fuqarolarga virusdan himoyalanishning birdan-bir yoʻli sogʻlom turmush tarziga rioya qilib, shaxsiy gigiyena va toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilish muhimligi haqida tushunchalar berdi va turli xil mishmishlarga ishonmaslik, shifokorlar maslahatiga rioya qilgan holda tushkunlikka tushmaslikka, har kim oʻz uyida, oilasi bagʻrida karantin intizomini buzmay sabr qilishi zarurligini qayd etishdi. Shu yoʻl bilan barchani hamjihatlikda kasallikni yengishga daʼvat qildilar.

Butun Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining bergan maʼlumotiga qaraganda sogʻligʻimizning 50-55 foizi kechirayotgan turmush tarzimizga, atigi 8-10 foizi tibbiyot xodimlarining tez va sifatli, malakali shoshilinch yordam koʻrsatishiga bogʻliq ekan.

- Shunday ekan, biz sizlar uchun ishda qolayapmiz, siz esa biz uchun uyda qoling, shioriga amal qilishingizni soʻraymiz, - deya  taʼkidlashdi xayriya tadbiri tashkilotchilari boʻlgan tuman Qizil yarim oy jamiyati xodimlari.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019