16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:28
Iqtisodiyot 👁 414

Soliq tizimidagi yangiliklar hamda oʻzgarishlarni tushuntirishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Soliq tizimidagi yangiliklar hamda oʻzgarishlarni tushuntirishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Yurtimizda soliq siyosatini yanada takomillashtirish yuzasidan samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda qabul qilingan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hamda ishbilarmonlik, investitsiyaviy faollikni oshirishga, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Kodeksda mamlakat taraqqiyotining tayanchi boʻlgan insofli, halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish, yashirin faoliyat yuritayotganlarning qonuniy ishlashi uchun shart-sharoit yaratishga xizmat qiladigan normalar oʻz aksini topdi. Bundan koʻzlangan maqsad fuqarolar soliqdan qochish emas, balki uni vaqtida toʻlashdan manfaatdor boʻlishiga erishishdir. Aynan ushbu jihatlarni inobatga olgan holda yangi soliq tizimini yaratishning asosiy gʻoyasi tenglik, soddalik, aniqlik va samaradorlik kabi asosiy printsiplarga asoslandi.

Mamlakatimizda yangilanayotgan soliq tizimini, soliq islohotlarini aholiga yetkazish maqsadida qator targʻibot tadbirlari tashkil qilinmoqda. Tumanimizda ham bu boʻyicha tegishli choralar koʻrilib, tadbirkorlar oʻrtasida mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 29-fevralida Oybek nomli mahallada  joylashgan “Jayhun-Amu-mebel” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli mebel ishlab chiqarish tsexida tadbirkorlarga soliq sohasidagi yangiliklar haqida batafsil tushuncha berish maqsadida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odilbek Ashirboyev, inspektsiyaning soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi shoʻʼba boshligʻi Marat Qoziyev ishtirok etdilar. Mutasaddilar barcha tadbirkorlarga bugungi kunda davlatimizda olib borilayotgan soliq siyosatidagi yangiliklar va oʻzgarishlar, tadbirkorlik subʼektlarining onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlanish tartibi toʻgʻrisida tushuncha berib, bu boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdilar.

Taʼkidlanganidek, mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda axborot texnologiyalari vositasida isteʼmolchilar, tadbirkorlik subektlari va davlat soliq xizmati organlarining uygʻunlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Soliq tizimi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrda “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.

Mazkur Farmon savdo va xizmat koʻrsatish sohasini yanada erkinlashtirish, uning hajmini keskin oshirish, hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot-texnologiyalarini keng joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni koʻzda tutgan holda qabul qilingan edi. Unga koʻra 2020-yil 1-avgustdan oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik tushumi besh milliard soʻmdan oshgan tadbirkorlik subʼektlari, 2021-yil 1-yanvardan oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik yuz million soʻmdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlik subʼektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari, yoki virtual kassadan foydalanishga oʻtkazilishi belgilandi. Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2019-yili 23-noyabrdagi “Onlayn nazorat-kassa” tizimining qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, Davlat soliq qoʻmitasining tegishli qarorlariga asosan 3 ta onlayn nazorat-kassa mashinalari va 1 ta virtual kassa Davlat reyestriga kiritildi.

Tadbirda mana shu masalalar boʻyicha batafsil tushuncha bergan masʼullarga tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va yanada koʻproq maʼlumotga ega boʻldilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019