16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:36
Sport 👁 372

6-mart kuni ayol-qizlar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil qilindi

6-mart kuni ayol-qizlar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil qilindi

Ayol-qizlar salomatligini mustahkamlash, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda sportning ahamiyati katta. Sport – qizlar salomatligini mustahkamlash bilan birga ularning dunyoqarashini kengaytirib, tibbiy madaniyatini yuksaltirmoqda. Mashgʻulotlarda toblangan qizlar oila, jamiyat, Vatan oldidagi masʼuliyatini teran anglab, sogʻlom va baxtli turmush qurmoqda.

Shu yil 6-mart sanasida tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat  umumtaʼlim maktabining sport zalida ayol-qizlar oʻrtasida sport musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqa “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish  yili”  dasturini amalga oshirish,  oʻqituvchi, murabbiylar va boshqa xodimlarni  sport turlariga kengroq jalb qilish,  xodimlarning  faolligini oshirish va salomatligini mustahkamlash, ularning sport bilan shugʻullanishiga imkoniyat va sharoit yaratish maqsadida tashkil qilindi.

Tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar ushbu musobaqalarda sportning voleybol, 100 metrga yugurish, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Aytish joizki, mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijodiy, intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish, komil, har tomonlama yetuk insonlar qilib voyaga yetkazish maqsadida yetarli shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy sport komplekslari, jumladan, gimnastika zallari, tennis kortlari, suzish havzalari, fitnes zallari bunyod etilgani, ularda xotin-qiz murabbiylar faoliyat yuritayotgani, qizlar oʻrtasida sportning ommalashishida muhim omil boʻlmoqda. Qurib bitkazilgan va rekonstruktsiya qilinayotgan sport inshootlari, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sport anjomlarning chekka-chekka qishloqlargacha yetkazib berilayotganligi farzandlarimiz, ayniqsa, xotin-qizlarimizning maʼnan va jismonan barkamol boʻlib tarbiyalanishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Tadbirda xotin-qizlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ayol murabbiyalar safini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Zero, xotin-qizlarni sportga jalb etish, nafaqat ular salomatligida, balki kelajakda farzandlari sogʻlom boʻlib tugʻilishi va ulgʻayishida muhim ahamiyatga ega.

Oʻtkazilgan sport musobaqalarining yakuniy natijalariga koʻra sportning shaxmat turi boʻyicha 22-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Pavshanoy Paimova, shashka boʻyicha 65-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Payhon Gaipova, stol tennis turi boʻyicha 56-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Dilshoda Pajapova, 100 metrga yugurish boʻyicha 19-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Shukurjon Jumamurodova, sportning darts turi buyicha 19-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Muhabbat Shamayevalarga faxrli 1-oʻrin nasib qildi. Shuningdek, musobaqada ayol-kizlar jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan voleybol sport turi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni 28-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi egalladi.

Sport musobaqalari qizgʻin bahslarga boy boʻldi. Musobaqalar mobaynida taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarning sportga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.

  Musobaqa gʻoliblari Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  tuman Kengashi tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalar bilan takdirlanishdi.

U.Abdurahmonov, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari  kasaba
 uyushmasi tuman Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019