16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:29
Iqtisodiyot 👁 605

Tuman markazida vaqtinchalik bozorlar faoliyat yuritmoqda

Tuman markazida vaqtinchalik bozorlar faoliyat yuritmoqda

Ayni kunlarda butun mamlakatimizda koronavirus epidemiyasi keng tarqalishining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda. Bu borada tumanimizda ham jadal ishlar qilinmoqda.

Amudaryo tumanida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishda tegishli davlat va jamiyat boshqaruv organlari hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, fuqarolarning hayoti va sogʻligini muhofaza qilish maqsadida tuman hokimining maxsus qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan Amudaryo tumani hududida karantin davrida avtomototransport vositalari, velosiped va skuterlarning harakatlanishini vaqtinchalik toʻxtatildi. Qolaversa, insonlar bir joyga toʻplanishining oldini olish, kasallikning tarqalish zanjirini bartaraf qilish maqsadida Mangʻit Dehqon bozori vaqtincha yopilib, shahar hududida alohida vaqtinchalik bozorlar tashkil qilindi.

Mazkur bozorlarga hududiy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan ovul mahallalar aholisiga xizmat qiladi. Mangʻit shahridagi Xotira maydoni oldida tashkil qilingan bozor shaharning Chordara, Boyovul, Durunki mahallalari va Oʻrta qalʼa ovulidagi Bogʻ mahallasi aholisining uzogʻini yaqin qilmoqda.

Aytish joizki, bozorlar faoliyati sanitariya talablari asosida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, sotuvchilar uchun maxsus oʻrindiqlar bilan taʼminlangan.bozorga keluvchi xaridorlar uchun ham sanitariya talablariga asosan sharoitlar yaratilgan.

Amudaryo tumangaz filiali binosi yon tomonidagi bolalar sport maydonchasida tashkil qilingan bozor tumandagi Olmazor, Gulzor, Beruniy mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, 1-sonli maktab oʻyingohida tashkil qilingan bozordan esa Oybek, Boʻston, Navoiy nomli mahallalar hamda Amir Temur ovuli aholisi kundalik ehtiyoj mollarini xarid qilishlari mumkin.

Taʼkidlash kerakki, avvalo bunday bozorlar tashkil qilinishda avvalo koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish, kasallikning odamdan odamga yuqish ehtimolligini kamaylitirish nazarda tutilgan. Qolaversa, karantin davrida avtotransport vositalari qatnoviga cheklovlar oʻrnatilgani va jamoat transporti toʻxtatilgani bois odamlarning shahar markazidagi bozorga qatnashida yuzaga keladigan qiyinchiliklarning oldi olinmoqda. Yurtdoshlarimiz esa oʻz mahallalari hududida, xonadonlariga yaqin joyda bozorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilganidan xursand boʻlmoqda.

Shunday bozorlardan biri "Saparboy ota" toʻyxonasi orqa tarafidagi oʻyingohda ham tashkil qilindi. Mazkur bozordan Mangʻit shahridagi Doʻstlik, Yangiobod, Farovon mahallalari hamda Toshyop ovuli aholisi oʻzlari uchun zarur boʻladigan kundalik ehtiyoj mollarini va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilmoqda.

Shu oʻrinda aytish joizki, shahardan olis, chekka hududlarda ham aholi uchun tadbirkorlar tomonidan koʻchma bozorlar tashkil qilinmoqda. Bozorlarda aholi ehtiyoji uchun zarur boʻlgan barcha turdagi mahsulotlar mavjud boʻlib, sanitariya-gigenik talablarga toʻla javob beradi.

Bunday chora-tadbirlar mamlakatimizda joriy qilinayotgan karantin qoidalari buzilishining oldini olishga hamda mazkur vaziyatda qoidalarga qatʼiy rioya qilinishiga xizmat qiladi. Yurtdoshlarimizdan oʻrnatilayotgan tartib-qoidalariga amal qilgan holda, oʻzlariga yaqin joylarda tashkil qilinayotgan bozorlardan mahsulotlar xarid qilishlarini hamda zarurat boʻlmaganda koʻchaga chiqmay, uyda qolishlarini soʻragan boʻlar edik.

Charos APSLONOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019