16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Salomatlik 👁 458

Yurtimizda dorivor oʻsimliklar klasteri tashkil etiladi

Yurtimizda dorivor oʻsimliklar klasteri tashkil etiladi

Maʼlumki, oxirgi yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ushbu sohaning koʻplab yoʻnalishlariga yangicha nafas olib kirmoqda.  Bunda klaster tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yangi tizim mazkur sohada faoliyat yurituvchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish bilan birga, ularning iqtisodiy mustaqilligini, huquqiy himoyasini taʼminlashga ham katta hissa qoʻshmoqda.

Quvonarlisi, klaster tizimi qoʻllanilayotgan sohalar qatoriga endilikda yuritimizda boy boʻlgan dorivor oʻsimliklar sohasi ham kiritildi. Statistik maʼlumotlarga koʻra mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq oʻsimliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun roʻyxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qoʻllanib kelinmoqda. Farmatsevtika sanoatining bu yoʻnalishidagi eksport salohiyati ham eʼtiborga molik. Masalan, qayta ishlangan dorivor oʻsimliklardan olingan mahsulotlar eksporti 2019-yilda 48 mln. AQSh dollarini tashkil  qilgan. Ammo boshqa sohalardagi singari mazkur sohaga ham yangicha yondoshuv va zamonaviy marketing qoidalarini tadbiq qilish zamon talab edi. 

Prezidentimizning “Yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qarori mazkur masalaga tamal toshini qoʻyib berdi. Qaror bilan 2020-yil 1-maydan boshlab dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash klasterlari tashkil etiladigan boʻldi. Yurtimiz hududlari dorivor oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi esa Qizilmiya (shirinmiya) va Oddiy igr kabi dorivor oʻsimliklariga ixtisoslashtirildi.

Yangi tizimning alohida ahamiyati yana shunda koʻrinadiki, endilikda dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari resurs tejovchi texnologiyalarni qoʻllagan holda, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida ajratiladigan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan barpo etiladi.

Dorivor oʻsimliklar klasterlariga yer maydonlarini foydalanishga kiritishda Prezidentimizning «Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5742-son Farmonida belgilangan talablarga amal qilinadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish ham  Prezidentning «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4422-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilishda Prezidentimizning «Agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan oʻz vaqtida taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4268-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirliklari tomonidan dori vositalari bilan bir qatorda kimyoviy dori vositalarining organizmga salbiy taʼsirining oldini olish xususiyatlariga qarab dorivor oʻsimliklarni minimum standart retseptlariga kiritish boʻyicha tegishli hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritiladi. 2020-yilning 1-iyundan boshlab, tibbiyot muassasalari, shu jumladan oilaviy poliklinikalar va qishloq, ovul vrachlik punktlarida fitobarlar tashkil etiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi qoshidagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash fondi mablagʻlari hisobidan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar, ularning ish tajribasi, koʻrsatadigan xizmat turlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish vazifalari yuklatildi.

Yangilikning yana bir quvonarli jihati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, maktab va oliy taʼlim muassasalarida fitobarlar tashkil etiladigan boʻldi. Shuningdek, bu tartib 2020-yilning 1-iyunidan boshlab bosqichma-bosqich barcha vazirlik va idoralarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barcha turdagi avtovokzal, temir yoʻl vokzallarida, bozorlar, sanatoriy-kurort muassasalarida hamda boshqa aholi gavjum joylarda tashkil etiladi.

Muhimi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan davlat muassasalarida fitobarlar tashkil etilganda, davlat mulki obʼektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi belgilangan miqdorlari 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadigan boʻldi. Bunda, fitobarlar vending avtomatlari orqali tashkil qilingan hollarda, davlat mulki obʼektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari hisoblanmaydi.

Xulosa oʻrnida shuni ishonch bilan aytish mumkinki dorivor oʻsimliklarga boʻlayotgan bu yangicha yondoshuv nafaqat sogʻligimizga, balki aholining tadbirkorlik faoliyatiga ham, ishsizlar soni kamayishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019