16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:46
Qishloq xoʻjaligi 👁 344

GʻALLA MAYDONLARIDA MOʻL HOSIL YeTILMOQDA

GʻALLA MAYDONLARIDA MOʻL HOSIL YeTILMOQDA

Pandemiya davridagi karantin sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat taqchilligining oldini olish maqsadida tumanimizda gʻalla parvarishiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hosil moʻl boʻlishini taʼminlash maqsadida barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida bajarilmoqda.

Tumanimiz hududidagi dalalarni kezgan kishi boshoqlari boʻliq, durkun rivojlanayotgan bugʻdoyzorlarni koʻrib, koʻngli yuksaladi. Boisi, ana shu yetishtirilayotgan hosil  yaqin kunlar ichida el dasturxoniga totli non boʻlib keladi. Ha, bu yil rizqimiz moʻl boʻlishi kutilmoqda. Dalalardagi bugʻdoyzorlar shundan darak bermoqda.

Qangli ovulidagi “Begzod Gʻanisher” fermer xoʻjaligida oʻtgan yil kuzda 2020-yil hosili uchun 13 gektar yerga bugʻdoy ekilgan edi. Bir tekis unib chiqqan nihollar agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarish qilindi. Shu kungacha bugʻdoy maysalari toʻrt marta oziqlantirildi va zararli hasharotlarga qarshi ishlov berildi. Ayniqsa, Hamro Nurullayev tarbiyalayotgan bugʻdoyzorlarda ekin rivoji juda yaxshi. Boshoqlari boʻliq, poyalari tekis, yashnab turgan bugʻdoyzor ertangi rizqimiz moʻl-koʻl boʻlishidan dalolat bermoqda.

 

 

Xoʻjalikda ayni kunlarda bugʻdoy  parvarishiga alohida ehtibor qaratilayotir. 13 gektarlik bugʻdoyzorlardan qirmizi bugʻdoy donlari xirmonga toʻkiladigan kunlar esa juda yaqin.

Shu sababli xoʻjalik ishchilari yaqinlashib kelayotgan bugʻdoy oʻrim-yigʻimi mavsumiga hozirdanoq puxta hozirlik koʻrishmoqda. Oʻtgan yili 13 gektar bugʻdoyzordan 35 tsentnerdan hosil yigʻishtirib olingan edi. Bu yilgi koʻzlanayotgan marra esa undan ancha yuqori.

Fermer xoʻjaligida 58 gektar paxta maydoni ham mavjud boʻlib, 30 ijarachiga shartnoma asosida boʻlib berilgan. Ularning kuchi bilan barcha ekinlardan koʻzlanganiday hosil olinayotgani uchun xoʻjalik moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, dehqonchilik ishlarida ishlatiladigan zarur texnikalarni sotib olishdi.

Qilichboy ovulida istiqomat qiluvchi Erkaboy Avazmatovlar oilasi ham el dasturxoni toʻkin-sochinligi uchun munosib hissa qoʻshayotganlardan. Ularning 34 sotixlik tomorqasining yarmi bogʻ – olma, anor, nok, oʻrik, uzum, anjir kabi mevali daraxtlarning ham ertapishar, ham kuzgi navlaridan bor. Oiladagilar may oyi oxiridan to bahorgacha oʻzlari yetishtirgan xushtaʼm mevalar, poliz ekinlari, sabzavotlar bilan oʻz-oʻzini toʻla taʼminlabgina qolmay, ortganini bozorga olib chiqib sotib, ehtiyojlariga ishlatadilar. Bogʻda mevali daraxtlar tagiga ekilgan beda har yili 6-marta oʻrib olinib, chorva uchun qishga zahiraga olib qoʻyiladi.

Hozirgi kunda ularning tomorqasidan piyoz bozorga chiqarilayapti, bodring, pomidor, bulgʻor qalampiri, kartoshka bir tekis gulga kirdi. Qovoq, qovun-tarvuzlar rivoji ham yaxshi. Erkaboy  Avazmatov va ayoli – taʼlim faxriysi Dilbar Otajonova hamda ularning oʻgʻillari, kelinlari karantin davrini tomorqasida oʻtkazib, ekinlaridan  moʻl hosil olishga harakat qilishmoqda, tomorqa – koni foyda ekanligini oʻz mehnatlari orqali isbotlashmoqda.

Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019