16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 423

Pillachilik - daromad manbai

Pillachilik - daromad manbai

Tumanimizda ipak qurti boqib, pilla yetishtirayotgan va daromad olayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Xususan, Toʻlqin ovulida yashovchi Azima Oʻrozboyeva oila aʼzolari bilan birgalikda 20 gramm ipak qurtini parvarishlab, pilla yetishtirmoqda. Pillakorning 7-may kuni olgan ipak qurti shu kunga qadar toʻrtinchi uyquga kirdi.

Ipak qurti boqish juda katta, mehnat hamda masʼuliyat talab qilishi bois, uni parvarishlashga koʻp qoʻl kuchi kerak boʻladi. Azima Oʻrozboyeva turmush oʻrtogʻi hamda farzandlari bilan birgalikda ushbu mashaqqatli ishning uddasidan chiqishmoqda. Har yili rejadagi pillani ortigʻi bilan topshiradigan pillakor Azima Oʻrozboyevaning bu yilgi hosildan ham umidi katta.

Ovulning ana shunday mehnatsevarlaridan biri Qunduz Sultonova ham ipak qurti parvarishi bilan shugʻullanmoqda. Oilaviy pilla yetishtirish ishiga kirishgan yurtdoshlarimiz bu yilgi rejani ortigʻi bilan bajarish hamda koʻproq daromad olish niyatida kecha-yu kunduz tinimsiz mehnat qilishmoqda. U oila aʼzolari bilan 8-may kuni olingan 15 gramm ipak qurtidan moʻl hosil olish maqsadida astoydil ter toʻkmoqda.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, yurtimizda ipakchilik sohasini yanada rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatimizning iqlim sharoiti va mavjud salohiyati qishloq xoʻjaligining har bir tarmogʻi kabi pillachilikni ham yanada rivojlantirishda muhim omildir. Yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, qishloq joylarda aholi bandligini taʼminlash, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, jahon bozorida ipak mahsulotlarimizning salmogʻini koʻpaytirish va ularning raqobatdoshligini oshirish uchun davlatimiz rahbariyati tomonidan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

 

Prezidentimizning joriy yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mamlakatimizda pilla yetishtirishni koʻpaytirish va uning sifatini yaxshilashda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Ushbu qarorda pillachilik sohasi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, modernizatsiya qilish, ozuqa bazasini mustahkamlash, pilla yetishtirish hajmini koʻpaytirish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yoʻlga qoʻyish maqsadida 2023-yil 1-yanvargacha mazkur yoʻnalishdagi korxonalar yagona soliq, yagona ijtimoiy toʻlovdan ozod qilinishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, kasanachilarning jismoniy shaxslarga hisoblanadigan daromad soligʻidan ozod qilinishi, pilla boquvchilar va kasanachilarning pilla mavsumidagi davrda bajargan ishlari ularga pensiya tayinlashda bir yillik ish staji deb hisoblanishi alohida belgilab qoʻyilgan. Ushbu imtiyozlar pillachilik sohasi, ipak qurti urugʻi va pilla yetishtiruvchilar, ikkinchi tomondan pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati uchun katta imkoniyat va qulayliklar yaratib beradi. Natijada pilla yetishtirish bilan band aholining moddiy manfaatdorligi ortadi.

Pilla – bu daromad manbai. Hozirgi kunda bir quti ipak qurti boqqan oila 2 million soʻmga yaqin daromad olishga imkoniyati boʻladi. Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan 1 quti ipak qurti parvarishlagan boquvchilarga pilla yetishtirishdan olingan daromaddan tashqari 200 ming soʻmdan qoʻshimcha haq olishi belgilangan.

Hozirda mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan Toʻlqin ovulidagi 133 nafar kasanachiga jami 228 quti ipak qurti parvarishlab pilla yetishtirish uchun berilgan boʻlib, pillakorlarning ipak qurtlari uch yoki toʻrt yoshiga kirgan, ish ayni qizigan palla.  Tumanimizdagi barcha pillakorlar oʻzlari kutgan moʻl hosilni olib, rejani ortigʻi bilan bajarishlariga ishonamiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019