16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:51
Jamiyat 👁 2,937

Tumanimiz aholisiga MUROJAAT

Tumanimiz aholisiga MUROJAAT

Amudaryo tumani hokimligi, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi va Fermerlar Kengashi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi,  «Nuroniy» jamgʻarmasi, «Kamolot» YoIH tuman boʻlimlarining tumanimiz aholisiga MUROJAATI

Qadrli yurtdoshlar!

Bugun Siz bilan biz tinchlik va farovonlik hukm surib, taraqqiyot yoʻlidan dadil borayotgan yurtda bunyodkor va fidoyi xalq bilan hamnafas turmush kechirmoqdamiz. Ota-bobolarimiz asrlar davomida orzu qilgan ona Vatanimizning ozodligi va erkinligini koʻrish, gullab-yashnashiga hissa qoʻshish baxti bizga nasib qildi. Mana shunday buyuk baxtni yurakdan his qilgan xalqimizning fidoyi mehnatlari evaziga shahar-u qishloqlarimiz, mahalla va xonadonlarimiz kun sayin obod boʻlib bormoqda. Inson manfaatlariga xizmat qilayotgan islohotlar natijasida xalqimizning turmush darajasi va sifati yil sayin yuksalmoqda.

Davlatimizning kuch-qudrati, xalqimizning jahon maydonidagi obroʻ-eʼtibori bundan-da yuksalishi kelajagimiz egalarining har tomonlama sogʻlom boʻlib voyaga yetishiga bogʻliq. Sogʻlom farzandlar esa obod manzillarda dunyoga keladi, kamol topadi.

Muhtaram Yurtboshimiz aytganlaridek, "Obod deganda, xalqimiz, millatimiz nafaqat koʻrkam va chiroyli, shu bilan birga, tinchlik va osoyishtalik, oʻzaro mehr-oqibat, ahillik, fayz-baraka hukmron boʻlgan joylarni, doimo pok niyat va sogʻlom intilish bilan yashashni tasavvur qiladi”. Yashash joyimiz va xonadonimiz pokligi – koʻngil pokligining belgisidir. Shu sababli bahor kelishi bilan yurtimizning barcha joylarida boʻlgani kabi tumanimizda ham keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mahallalardagi ariqlarni tozalash, hovli va xonadonlarning devorlari va fasad qismlarini oqlash, daraxtlar, gullar ekish, tomorqada mevali koʻchatlar hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan bajarilmoqda.

Azaliy dehqonlar yurti boʻlgan tumanimiz ahli yerning qadrini biladi, har bir qarich yerdan daromad manbai sifatida foydalanadi. Yerga mehrini berib, yer bilan tillashib, yerdan dur undiradi.

Keyingi yillarda bobodehqonlarimizning bu kabi mirishkor va tadbirkorligi tumanimizni butun Respublikamizga tanitdi - paxta va gʻalla yetishtirish rejalari ortigʻi bilan bajarilmoqda.

Bu yil ham paxtakorlarimiz moʻl xirmon yetishtirishni oʻz oldlariga maqsad qilib, 15850 gektarmaydonga baraka urugʻini qadadilar.

Dehqon uchun oson yilning oʻzi yoʻq. Bu yilgi bahorning kech kelishi natijasida chigit ekish mavsumi ancha kechga surildi. Qolaversa, chigitning unib chiqishi uchun yerda maqbul haroratning toʻplanmayotgani natijasida urugʻlikning chirib ketish xavfi yuzaga keladi. Bu esa dalalardan toʻliq nihol olinmay, hosildorlikning kamayishiga olib keladi.

Buning ustiga, aprel oyining uchinchi oʻn kunligida meʼyoridan ortiq yogʻingarchilik boʻlib, tumanimiz hududida yoqqan yomgʻirning sathi 10-12 millimetrgacha yetishi paxta ekilgan dalalarda qatqaloq paydo boʻlishiga olib keldi. Qatqaloq ildizi yaxshi rivojlanmagan nihollarni oʻsishdan toʻxtatadi va kasallantirib, nobud boʻlishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun tuproqning yuza qismini dala yetilishi bilan 1–2 kun ichida yumshatish va qatqaloqni bartaraf etish zarur.

 

Hurmatli yurtdoshlar!

Mana shunday qiyin bir vaziyatda xalqimizning rizq-roʻzi va iqtisodiyotimiz asosi boʻlgan paxtaning, dehqonlarimizning shuncha kunlik mehnatining nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaylik!

Keling, bir yoqadan bosh chiqarib, fidoyilik va uyushqoqlik bilan tabiatning bu sinovidan ham yorugʻ yuz bilan oʻtaylik. Zero, paxta – kafolatlangan byudjet, uning daromadi evaziga kelgusida farzandlarimiz uchun taʼlim-tarbiya maskanlari, namunaviy uy-joylar va boshqa ijtimoiy obʼektlar quriladi.

 

Hurmatli fermerlar!

Bugun Sizlarga oson boʻlmayotganini xalqimiz yurakdan his qilib turibdi. Ishonamizki, necha yillik tajribangiz va hayotiy bilim hamda koʻnikmalaringiz bilan bu sinovlarni ham mardonavor yengib oʻtasiz.

Sizning alohida eʼtibor qaratishingiz kerak boʻlgan jihatlar shundaki, avvalo har bir dalaning, har bir egatning egasini tayinlab, butun ishchi kuchi va texnika-agregatlarni safarbar etib, har bir dalani alohida koʻzdan kechirib, qatqaloqni qanday usulda yumshatish zarurligini belgilashingiz lozim.

Dala yetilishi bilan qatqaloq ishlarini boshlab, yangi ekilgan yerlarga barona bilan mola bosish, chigit 25-50 foiz koʻkarib chiqqan dalalarda esa qatqaloqni faqat qoʻl kuchi bilan yumshatish, gʻoʻza nihollari unib chiqqan yerlarda qator oralariga kultivatsiya bilan ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi kelgusi baland xirmonga asos boʻlishini unutmang!

 

Qadrli dala mehnatkashlari!

Tushunamizki, ishning ogʻiri va masʼuliyatlisi – Sizning zimmangizda. Sizlarning metindek mustahkam irodangiz, qiyinchiliklarga bardoshingiz necha-necha sinovlardan oʻtgan. Biz ishonamizki, tabiatning navbatdagi injiqligini ham mardonavor yengib oʻtasiz, ahillik va hamjihatlik bilan xavf ostida turgan gʻoʻza nihollariga qayta hayot baxsh etib, dalalardan toʻliq koʻchat olishning uddasidan chiqasiz!

 

Muhtaram otaxon va onaxonlar, qadrli nuroniylar!

Sizlarning mehnat va mashaqqatlar bilan kechgan hayot yoʻlingiz biz uchun qanchalik qadrli boʻlsa, yoʻl-yoʻriq va koʻrsatmalaringiz, duo va fotihalaringiz, oltindan qimmat maslahatlaringiz dehqonlarimiz uchun shunchalik zarur!

Shunday sinovli damlarda hayot tajribalaringiz, qimmatli fikrlaringiz va daʼvatlaringiz bilan dehqonlarga, hasharchilarga madadkor boʻling!

 

Aziz opa-singillar, muhtarama ayollar!

Bugun hayotimizning har bir jabhasida erishilayotgan yutuqlarda, qoʻlga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarda Siz azizlarning hissangiz gʻoyat ulkan ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz va qadrlaymiz. Ayol kishining qoʻli gul, ayol borgan yer jannatga aylanadi. Ayol qoʻl urgan ishda baraka boʻladi.

Keling, har bir niholga farzandingiz kabi mehr bering, Sizlarning qalbingiz qaynoqligi va mehringiz tafti har bir dalaga va dehqonlarimiz yuragiga yetib borsin!

 

 

Kelajagimiz egalari boʻlgan aziz yoshlar!

Yurtboshimiz va xalqimiz Sizlarga chin yurakdan ishonadi va suyanadi. Sizlarning yangilikka tashna, ezgulikka limmo-lim qalbingiz har qanday mashaqqatni yengmoqqa qodir. Sizlardagi joʻshqinlik, yoshlik shijoati dalada mehnat qilayotgan har bir qalbga koʻchsin! Bugungi kunning zalvorli yukini yelkaga olib, dalada mehnat qilayotgan dehqonlarimizga qoʻl-qanot boʻling!

Tuproqni yorib chiqib, quyoshga intilayotgan gʻoʻza niholiga hayot baxsh etish ertanggi kuningiz uchun zamin, mustahkam asos boʻlishin unutmang!

 

Yillar davomida hayot sinovlarini aqlu zakovat, sabru qanoat bilan yengib kelayotgan, mehnatidan qadr topib yaxshilik, ezgulik sari intilayotgan, qalbi kelajakka umid, ishonch tuygʻulari bilan toʻliq aziz amudaryoliklar!

Dehqonlarimizning necha yillik faoliyati davomida bundan ham murakkabroq vaziyatlar, qiyin va sinovli kunlar roʻy bergan. Biroq, elimiz bu mashaqqatlarni katta chidam, sabr va qanoat, ogʻizbirchilik va birdamlik, matonatli va fidoyi mehnatlari bilan mardonavor yengib kelgan.

Bugun dehqonlarimiz sizning yordamingizga juda muhtoj. Shuning uchun bobodehqonlarimizga madadkor boʻlib, xasharga otlanaylik. Oʻzini shu el fidoyisi, shu el farzandi deb bilgan har bir yurtdoshimizning oʻrni bugun – dalada!

Ishonchimiz komilki, bu yil ham Sizlarning metindek irodangiz oldida qiyinchiliklar bosh egib, baland xirmonlar yuksaladi, kamchiliklar chekinib, muvaffaqiyatlar boʻy koʻrsatadi.

Shuningdek, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini kundalik ishimiz deb bilib, hovli va xonadonimiz, koʻcha va guzarlarimiz, ovul va mahallalarimizni bundan-da obod, koʻrkam, fayzli maskanga aylantiraylik! Koʻnglimiz tozaligi, orzu va niyatlarimiz pokligi yashash joyimiz ozodaligi va saranjom-sarishtaligida oʻz ifodasini topsin!

Yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi uchun hissa qoʻshib, yilni yorugʻ yuz bilan yakunlash baxti Siz-u bizga nasib etsin!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019