16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:48
Adabiyot 👁 384

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Albatta, ishonch zoʻr!

Koʻrinmas yov bilan ketmoqdadir jang,

Uni taslim etmoq mushkul boʻlmoqda.

Man-man degan davlat ahvolidir tang,

Bemorlarga shifo uyi toʻlmoqda.

Jahonga tanilgan olimlar hayron,

Tezda daf qiluvchi dori topolmay.

Virus etmoqdadir dillarni vayron,

Giryonmiz ajdaho ogʻzin yopolmay.

Ne-ne odamlarni gumdon etdi u,

Bormagan yurti-yu joyi qolmadi.

Ochigʻi, haddidan oshib ketdi u,

Hattoki, shohlar ham yoʻqotolmadi.

Niyat-u umidlar hali soʻnmadi,

Dorisi topilib boʻlgusidir mot.

Ogoh boʻlgan elda qayta unmaydi,

Kun kelur, qutular undan odamzod.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

 

Yodgorlik qoshida

Xitoy qishlogʻida yodgorlik – bitik:

Har ovuldan ketgan yigitlar nomi.

Oʻrozgul enaning uch oʻgʻli qani:

Eshimboy, Qoʻshimboy, Pajabboyjoni?!

Poʻmol uchin tishlab, yuz yoshli momo –

Yigirma yoshida tul qolgan kelin –

Yolgʻiz yodgorining avlodlari-la

Taʼzimda,toʻldirib oʻngin va soʻlin.

Moʻysafid.Urushdan omonda qaytgan,

Vujudi qaltiroq,ovozi titroq,

Toʻqson toʻqqiz yoshli soʻnggi guvoh u

Kuch toʻplab, tik qotib “chest” berar biroq!

Beparvo oʻtmagin, ey yigit, ey qiz,

Qaytgan,qaytmaganlar bovring boʻladi.

Xotirla,qadrla,unutma hargiz

Ular bu kunlar deb garov toʻladi!

Bular yurt boshiga kelganda balo

Otlangan koʻkragi qalqon yovqurlar.

Qaytmaganlar boʻldi shahidi aʼlo,

Ularning barchasi qahramondurlar!

Tursunboy ABDULLAYeV.

 

BIP YuZU BIP

Koʻhna tarix bagʻri sirlarga toʻla,

Barcha tadqiqotlar shuni taʼkidlar.

Va shular sababli aniq boʻlmoqda,

Jonin qurbon qilgan qancha shahidlar.

Iroda,jasorat,eʼtiqod kabi,

Xalqona xislatni ayon qilgandek.

Azoblarni yengib butun dunyoga,

Oʻzligin tanitgan bir yuz bir oʻzbek.

Golland yerlarida kontslagerda,

Irqi afzalligin isbotlash uchun,

Asirlar ichidan tanlab olindi,

Oʻzbek tuprogʻidan bir yuz bir tutqun.

Manfur bosqinchida na insoniy his,

Na-da odamga xos boshqa xislat bor –

Sinov maqsadga mos chiqishi uchun,

Mahbuslar saqlandi uch kun och nahor.

Nihoyat Berlindan necha kinochi,

Necha jurnalistlar keldilar yetib.

Mahbuslarni saflab ular oldiga,

Tashlashdi bir bulka nonni itqitib.

Fashistlar fikricha bu och mahbuslar,

Janjal boshlashardi nonni talashib.

Irqi afzalligin isbot qilishga,

Shu lavha tushardi juda yarashib.

Lekin bu malʼunlar qaydanam bilsin,

Kimlar avlodiga duch kelganini.

Yurtiga Boyazid xavf solganida,

Buyuk Temur uni yoʻq qilganini.

Ne koʻz bilan koʻrsin – shum niyat fashist,

Safdan non tomonga hech kim jilmadi.

Ochlik qancha kuchli azob bermasin

Oʻzin yoʻqotishga majbur qilmadi.

Oxiri yoshulli bir mahbus chiqib,

Nonni bir burdadan berdi teng boʻlib.

Agar fashistlarga shu kun tushganda,

Bir-birin yeyishar edi non qolib.

Kutilgan niyatlar chippakka chiqdi

Boʻlmadi kaltaklar, qancha doʻq bilan.

Oxiri fashistlar oʻchini oldi,

Asirlar tomonga yoqqan oʻq bilan.

Iymon-eʼtiqodga dogʻ tushirmagan

Bu mardlar hammasi bizga vatandosh.

Bugun ruhlarini shod qilmoq uchun

Eslaylik barini lahza egib bosh.

Odamzod tarixda koʻp urush koʻrgan,

Ilohim bularni takror qilmasin.

Hamjihat yashaylik yerning yuzida,

Hech millat oʻzini ustun bilmasin.

Har qanday holatda hamki, yurtdoshim,

Xalqimiz nomiga loyiq boʻlib qol.

Har safar qoʻlingga non olganingda,

Bir yuz bir oʻzbekni albat, esga ol!

Ahmad Nafasov.

 

Bitiruvchi tuygʻulari

36-sonli maktabning 2015-yilgi bitiruvchilariga bagʻishlanadi

Seni yaxshi koʻraman maktab,

Senda shirin xotiralar bor.

Dilga yaqin qalin qor – yanvar

Goʻzal tuygʻu muhabbat – bahor.

Bilmas edim muhabbat nima,

Ishq sehri ham edi begona.

Sinfdosh qiz juda chiroyli

Koʻrdim. Sevdim. Boʻldim devona.

Seni yaxshi koʻraman maktab,

Shoʻxliklarim kechirgansan sen.

Shu hayotning butun sabogʻin

Yuragimga koʻchirgansan sen.

Taniganman shu uzun yillar

Taʼlim berdi ziyokor ustoz.

Qonimizda unib tafakkur

Hayotimda bu inson mumtoz.

Seni yaxshi koʻraman maktab,

Umrim qadar hamrohlarim bor.

Ular kabi yaqinlarni ayt

Yana qaydan topaman takror.

Yashayapman turfa qiyofa

Turfa inson koʻradi koʻzim.

Senda topgan idrok zaboni

Tili ila aytaman soʻzim.

Seni yaxshi koʻraman maktab,

Yillar oʻtdi bugun soʻnggi kun.

Ostonangga qoʻyib boshimni

Yuragimni toʻkayin butun...

Seni yaxshi koʻraman maktab...

Shohzod Anvar.

 

Oʻzbekistonim

(Qoʻshiq)

Yastansam tuprogʻim,

Chanqasam bulogʻim,

Suyansam togʻim,

Kuylasam bogʻim

Naqorat

Mening Oʻzbekistonim.

Bahori chechagim,

Yozlari sharbatim,

Kuzi rizq-roʻzim,

Qishi oq durim.

Naqorat

Shamollar yeladi,

Bugʻdoy hid taratib,

Tun tongni ulaydi,

Ufqni alangalatib.

Naqorat

Jami jonzot yashar,

Xotirjam, hamdam.

Kun sayin yashnar,

Kun sayin koʻrkam.

Naqorat

Tabiat tarovati,

Koʻchgay yuraklarga.

Koʻchgay, aylangay,

Eng yaxshi tilaklarga

Naqorat

Mening Oʻzbekistonim.

Mehribon IShAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019