16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:17
Jamiyat 👁 447

TUMANDA ChOPVA MAHSULOTLAPI YeTIShTIPISh HAJMI OPTADI

TUMANDA ChOPVA MAHSULOTLAPI YeTIShTIPISh HAJMI OPTADI

Amudaryo tumanida chorvachilik sohasini jadal rivojlantirish, ichki isteʼmol bozorini sifatli goʻsht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 29-yanvarda imzolangan “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati ham mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, sohaga yetuk, malakali kadrlarni jalb etgan holda chorvachilik sohasida yuqori samaradorlikka erishish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, mahsuldorlikni oshirish va ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirish, chorvachilik xoʻjalikliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holatini tahlil qilib borishga eʼtibor qaratilgani chorvachilik sohasi bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklariga yer maydonlari ajratishda shaffoflikni taʼminlash imkonini yaratadi. Yaʼni, har bir bosh chorva moliga mutanosib ravishda ozuqabop ekin maydoni ajratiladi va yerdan unumli foydalanish masʼuliyati ortadi.

Mazkur Qaror bilan chorvachilik sohasida ish yurituvchi subʼektlar uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratish koʻzda tutilgani tadbirkorlar uchun juda katta imtiyozdir. Prezidentimizning mazkur Qarori amudaryolik chorvadorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega hujjat boʻldi.

Tumanda sohani rivojlantirish maqsadida 2019-2021-yillarda boʻrdoqichilikka ixtisoslashgan 2 ta kompleks tashkil etish, jumladan “Soatov Otabek” agrofirmasida yiliga 60 tonna goʻsht tayyorlashga ixtisoslashgan 600 mln. soʻmlik, “Qurbonboyev Shohjahon” masʼuliyati cheklangan jamiyatida yiliga 600 tonna goʻsht tayyorlash boʻyicha 550 mln. soʻmlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, “Xoʻjakoʻl” fermer xoʻjaligida 280 bosh qoramol boqilib, yiliga 854 tonna, “Yerlapas” fermer xoʻjaligida 270 bosh qoramol boqilib, yiliga 823 tonna sut tayyorlash rejalashtirilgan.

Chorva uchun toʻyimli ozuqa bazasini yaratish ham 2020-2021-yillarda bajaradigan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. – Bu yil gʻalladan boʻshagan maydonlarning bir qismiga takroriy ekin sifatida Italiyadan keltirilgan beda urugʻi ekiladi. Shuningdek, Turkiya urugʻchilik kompaniyasi don va silos uchun makkajoʻxori urugʻlarini shartnoma asosida yetkazib berish boʻyicha oʻz takliflarini bildirmoqda. Bu ham soha rivojida muhim omil hisoblanadi.

Darvoqe, bugungi kunda Amudaryo tumandagi chorvachilik subʼektlariga 2 ming 289 gektar yer maydoni ajratilgan boʻlib, shundan 1 ming 285 gektari ekishlik yerlardir. Mazkur chorvachilik subʼektlari ixtiyorida 2 ming 600 bosh qoramol boʻlib, shundan 1 ming 100 boshi sigirlardir. 2020-yilda chorva mollari nasldorligini yaxshilash, chetdan keltirilgan nasldor mollarni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish maqsadida “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligida 200 mln. soʻm oʻz mablagʻi va 900 mln. soʻm bank krediti asosida yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Qozogʻistondan 40 ta zotor qoramollar keltirildi. “Amu nasl chorva” agrofirmasi tomonidan jami 260 bosh zotli qoʻylar olib kelinib, parvarish qilinmoqda. “Polvonboy ovuli” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan esa Belarus davlatidan umumiy qiymati 1,2 mlrd. soʻmlik 103 bosh zotdor qoramollar keltirilib, mahalliy sharoitga moslashtirildi.

Bir soʻz bilan aytganda, Amudaryo tumanida chorvachilik sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa oʻz navbatida goʻsht va sut mahsulotlari tayyorlash hajmining ortishiga zamin yaratadi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019