16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:48
Qishloq xoʻjaligi 👁 250

PILLAKORLARIMIZ YeTIShTIRGAN HOSIL – MANGʻITDA QAYTA IShLANMOQDA

PILLAKORLARIMIZ YeTIShTIRGAN HOSIL – MANGʻITDA QAYTA IShLANMOQDA

Mamlakatimiz iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim sharti hisoblanmish eksportbop, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bugungi kunda oʻzining ijobiy samaralarini berayapti.

“Oʻzipaksanoat” uyushmasiga qarashli “Jayhun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillakorlarimiz yetishtirgan mahsulotni tumanning oʻzida qayta ishlashmoqda. Amudaryo tumanidan tashqari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy, Xoʻjayli, Taxiatosh, Shumanay, Qanglikoʻl, Nukus, Kegeyli va Chimboy tumanlari pillakorlari yetishtirgan pilla hosili ham aynan “Jayhun Silk” korxonasida qayta ishlanadi va ipak tolasi holida eksport qilinadi. Korxona bu jarayonlarni amalga oshirish uchun yangi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yildan boshlab mazkur korxona quruq pillani qayta ishlab, xom ipak ip ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi.

Mazkur masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan joriy yilning bahorida tumanimizdagi 1572 nafar kasanachilarga 1575 quti, 266 ta fermer xoʻjaliklariga 2193 quti ipak qurti urugʻi yetkazib berilib, 208 tonna hosil yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzilgan edi. Belgilangan xorijiy ipak qurti urugʻlari tumanimizdagi 16 ta inkubatoriyalarda sifatli jonlantirildi va tarqatildi.

Ipak qurti boqish mavsumini koʻp yillik tajribalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida tashkil etgan pillakorlar joriy yilgi mavsumda ham kunni tunga ulab, fidokorona  mehnat qildilar va zimmalaridagi rejalarini ortigʻi bilan ado etdilar. Mavsum davomida Mangʻit shahridagi pillaxonada 50 nafar, Xitoy ovulidagi pillaxonada 20 nafar ishsiz fuqarolar mavsumiy ish bilan taʼminlandi.

“Jayhun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 100 nafardan ortiq ishchi-xodimlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ayni paytda u yerda yetishtirilgan quruq pilladan xom ipak ishlab chiqarish jarayonlari qizgʻin kechmoqda. Xodimlar har kuni ishxonaga kirib kelishida masofadan turib, harorati oʻlchanadi va sogʻlomligi aniqlangach, ichkariga kiritiladi.

Ishchilar avvalo pillalarning sifatiga qarab, saralashadi. Saralangan pillalardan zamonaviy texnologiyalar yordamida ip olinadi va qadoqlanadi.

Masʼuliyati cheklangan jamiyatda joriy yilning koʻklamida ipak qurti boqish mavsumida Beruniy, Xoʻjayli, Taxiatosh, Shumanay, Qanglikoʻl, Nukus, Kegayli va Chimboy tumanlari pillakorlari yetishtirgan pilla hosili ham qabul qilinib, qayta ishlash uchun gʻamlab qoʻyildi.

Shuningdek, kelgusi yilda ham tumanimizda yuksak pilla xirmoni bunyod etish uchun zamin yaratildi. Ipak qurtiga moʻl ozuqa zahirasini yaratish uchun bahorda oʻtqazilgan 343 ming dona tut koʻchatlari shu kunlarda sifatli parvarish qilinmoqda.

Pillachilik – qadim-qadimdan yetti xazinaning biri, deya baholangan va ayni kunda ham qishloq xoʻjaligining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Shu bois soʻnggi yillarda sohani ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirishga yanada koʻproq eʼtibor berilmoqda. Tumanimizda ham yetishtirilgan hosilni qayta ishlash yoʻlga qoʻyilgani va mahsulotning eksport qilinishi sohani yana ham daromadli qilishi tayin.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019