16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Iqtisodiyot 👁 205

IQTISODIY ISLOHOTLAR SAMARASI

IQTISODIY ISLOHOTLAR SAMARASI

Bugun Oʻzbekistonda izchil amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar natijasida mamlakatni jahon tanimoqda va tan olmoqda. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi va hayotbaxsh gʻoyalari asosida ishlab chiqilgan “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi” davlat va jamiyatni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab berganini alohida eʼtirof etish lozim.

2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida uchinchi yoʻnalish sifatida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi.

Ushbu vazifalarni bajarish yuzasidan keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Bunda oddiy bir haqiqatdan kelib chiqildi: xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi.

Oʻzbekiston 2017-yilning 5-sentyabridan milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga toʻliq oʻtdi. Bu borada aholi uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni yumshatish boʻyicha barcha zarur choralar koʻrildi.

Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kabi xalqaro tuzilmalar bilan aloqalarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Mamlakatimiz Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan sheriklik aloqalarini yangitdan tikladi. Yevropa investitsiya banki bilan sheriklik aloqalari oʻrnatildi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki bilan oʻzaro hamkorlik samarali tus olmoqda. Respublikamizda xorijiy kapital jalb qilish uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Harakatlar strategiyasi doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizni rozi qilib yashash, odamlarning tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini taʼminlash, milliy iqtisodiyot koʻlamini kengaytirish va surʼatlarini oshirish maqsadini koʻzlaydi. Ushbu strategiya iqtisodiy xavfsizlikning birlamchi asosi boʻlgan ishlab chiqarishning tarkibiy yangilanish yoʻllarini belgilab beradi.

Tijorat banklari endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka oʻrgatish va shunga yetaklash, real iqtisodiyotni tarkib toptirishga asoslangan yondashuvni qaror toptirish borasida harakat qilmoqda. Banklar vakillari mijozlarni koʻpaytirish uchun xonadonlarga borib, odamlarga kredit olish­larini taklif qilib, uni samarali ishlatish yoʻllarini oʻrgatmoqda.

Konstitutsiyamizning 36 va 53-moddalarida muhrlab qoʻyilgan «Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli» hamda «Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida»dir degan normalarni amalda roʻyobga chiqarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil instituti taʼsis etildi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 8-yanvardagi «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi, 2019-yil 10-yanvardagi «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonlari hamda 2019-yil 10-yanvardagi «Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori aynan Oʻzbekistonning iqtisodiy maydonini mustahkamlashga qaratilgan.

Mamlakatimizda turli iqtisodiy tahdidlarga qarshi chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish natijasida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolishga erishib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «yashirin» iqtisodiyot mamlakat rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini, soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish «yashirin» iqtisodiyotga barham berishning yagona yoʻli ekanligini taʼkidladi. Shuning uchun bu borada taʼsirchan choralarni nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqish zarurligini koʻrsatib oʻtdi.

Ilgʻor xorijiy tajribalar va Konstitutsiyamiz talablari asosida Prezidentimiz tashabbusi bilan

2019-yilning boshidayoq Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoʻmita tashkil etildi. Mavjud vaziyatni hisobga olib, avvalambor, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida soliq siyosatida muhim oʻzgarishlar joriy qilindi. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun hozirgacha amal qilib kelgan eng yuqori 22,5 foizlik daromad soligʻi stavkasi oʻrniga 12 foizlik stavka belgilandi. Sohadagi oʻzgarishlar roʻyxatini yana uzoq davom ettirish mumkin.

Bulardan tashqari, bugungi va ertangi taraqqiyotimiz bevosita bogʻliq boʻlgan qishloq xoʻjaligi sohasida tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirishda anʼanaviy yondashuvlardan voz kechib, dehqonlar daromadini koʻpaytiradigan, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni yetishtirishga investitsiyalar jalb qilinmoqda. Bugun odamlarimiz bogʻdorchilik, chorvachilik, yilqichilik, baliqchilik, parrandachilik, pillachilik, asalarichilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat koʻrsatish va boshqa sohalarda tadbirkorlik bilan shugʻullanib, kichkina boʻlsa ham oʻz korxonasini tashkil etib, qonuniy asosda daromad topmoqda. Oʻzini ham, oilasini ham moliyaviy jihatdan mustahkamlab, mahallalarimiz, tumanlarimiz va shaharlarimiz, viloyatlarimiz, qolaversa mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshmoqda.

Milliy iqtisodiyot rivojini koʻzlab, iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsiyasi asosida maxsus dasturni hayotga tatbiq etish masalasi ilgari surilmoqda. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar oʻtkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish gʻoyasi zamirida mamlakatimizda moliyaviy barqarorlik, biznes yuritish, investitsiya muhiti uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, korruptsiya va «yashirin» iqtisodiyotga barham berish masalasi yotadi.

Elmurod Tursunov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019