16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:08
Sport 👁 276

TUMANIMIZDA BOLALAR SPORTI TOBORA OMMALAShMOQDA

TUMANIMIZDA BOLALAR SPORTI TOBORA OMMALAShMOQDA

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga, ommaviyligiga erishishga ulkan eʼtibor qaratilayapti, bolalarning oʻzlari qiziqqan sport turlari bilan muntazam shugʻullanishlari uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Natijada sportchi oʻgʻlonlar va qizlar safi tobora koʻpaymoqda.

Tumanimizdagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida tashkil etilgan 20 ta sport turlari boʻyicha shugʻullanuvchilar isteʼdodi murabbiylar tomonidan tarbiyalanib, katta sport sari yoʻnaltirilmoqda, mamlakat terma jamoasi tarkibiga munosib nomzodlar tayyorlanmoqda. Shularning 14 tasi olimpiya sport turlaridir.

Hozirgi kunda sport maktabda tumanimizning 1442 nafar yosh oʻgʻil-qizlari sportning oʻzlari qiziqqan turlari bilan shugʻullanib, mahoratlarini oshirishmoqda, 254 nafarini qizlar tashkil etadi.

Respublikamizdagi barcha sport maktablari, toʻgaraklari qatori shu yil 20-avgustdan tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ham yana mashgʻulotlar boshlandi.

Dzyu-do – sportning oʻsmir yoshlar eng koʻp qiziqadigan, mashgʻulotlarga sidqidildan qatnashadigan turidir. Dzyu-do kurashi bilan qator yillar mobaynida ushbu maskanda shugʻullanib, nomdor sportchi boʻlib yetishganlar, Osiyo, Yevropa chempioni boʻlgan, mamlakat terma jamoasi safida yurtimiz sharafini yuqori koʻtarayotganlar koʻpchilikni tashkil etadi. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga ilk sazovor boʻlganlarning biri – Elyor Masharipov shularning biri.

Hozirgi kunda ushbu maskandan uning munosib izdoshlari yetishib chiqmoqda. Yaqindagina maktab faoliyati qayta yoʻlga qoʻyilganidan soʻng qabul qilingan bolalarga boshlangʻich mashgʻulotlarni oʻtayotgan Hakimjon Nurimbetov ilk kunlardanoq ular orasida iqtidori sezilib turgan bolalar koʻpligidan quvonadi.

Ushbu bazada chiniqish mashqlari olib boriladigan ochiq maydoncha tashkil etilib, jihozlanganligi pandemiya davom etayotgan kunlarda juda asqotmoqda. Chunki shugʻullanuvchilar orasida masofa saqlashdek muhim qoida asosida mashgʻulot oʻtish uchun maydoncha juda qulay. Tajribali murabbiy Poʻlat Koʻmekov sport maktabga harorati oʻlchanib, shifokor koʻrigidan oʻtib, maxsus sport formasi kiyib chiqqan bolalar bilan avval chiniqish mashqlarini shu yerda, keyinchalik dzyu-do elementlarini oʻrganish mashqlarini esa maxsus jihozlangan zalda olib boradi. Uning shogirdlari orasida Oʻzbekiston chempionlari, nufuzli musobaqalar gʻoliblari bor. Sambo, dzyu-do, kurash turlari bilan bir necha yildan beri shugʻullanib kelayotgan Mustafo Oʻrozboyev sportda erishgan natijalari tufayli joriy yilda Qoraqalpoq davlat universitetiga test sinovlarisiz imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilindi.

Ishga tushirilganiga qisqa vaqt oʻtgan boʻlsa-da, yopiq suzish suv havzasida shugʻullanuvchilarning mahorati tobora ortib, quvonarli natijalar qoʻlga kiritilayapti.

Bu yerda shugʻullanuvchilarga murabbiy Javohir Matirzayev  erkin, chalqancha, delfincha suzish mahoratini oʻrgatayotir.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining Chordara mahallasida joylashgan bazasining 12x24 metrli kurash, boks boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladigan zali, 9x14 metrli moslashtirilgan stol tennisi zali mavjud.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, mashgʻulotlar olib boriladigan barcha zallar zamonaviy talablarga toʻliq javob beradi, “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish” jamgʻarmasi mablagʻlari evaziga barcha xonalar sport inventarlari bilan jihozlangan.

Filial asosiy zalida Jasur Nurimbetov qoʻli ostida shugʻullanayotgan uch guruhdagi 40 nafardan ziyod yosh bokschilar orasida ham mahorati oshib, koʻpgina musobaqalarda gʻoliblikka erishayotganlari bor.

– Filialimizda sportning tennis, boks, futbol, kurash, erkin kurash turlari boʻyicha mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyilgan. Pandemiya davrida faoliyatimizdagi uzilishlar, musobaqalar, bolalarga motivatsiya beradigan tadbirlar oʻtkazilmay turgani oz boʻlsa-da, ishimizga salbiy taʼsir qildi. Mana, yana avvalgi sport holatimizni tiklab, mashgʻulotlarni boshlab yubordik, – deydi yoʻriqchi Ernazar Jumaniyozov.

Bu yerda shugʻullanuvchilar orasida Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari bor. Murabbiylar shugʻullanuvchilarga qunt bilan sport sirlarini oʻrgatish bilan bir qatorda oʻz ustlarida ham ishlaydilar, turli musobaqalarda ishtirok etishadi. Joriy yilda Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlari tufayli filialning toʻrt nafar oʻrta maxsus maʼlumotli murabbiylari oʻz ixtisosliklari boʻyicha Qoraqalpogʻistondagi oliygohlarga imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilindilar.

Hamida Rajabova Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining tajribali murabbiylaridan biri. Oʻzining ham, shogirdlarining ham stol tennisi boʻyicha erishayotgan yutuqlari salmoqli. U hozir filialda stol tennisi bilan shugʻullanuvchilarga erinmay sportning ushbu turi mahoratlarini oʻrgatib kelayotir.

Uning mashgʻulotlar olib borayotgan 2 guruhdagi 24 nafar bolalarning hammasi ham iqtidorli.

Filial qoshida tadbirkor bunyod etgan sunʼiy qoplamali kichik mini futbol maydonchasida Temur Rajabov rahbarligida yosh futbolchilar mashgʻulot olib borishadi. Agar murabbiy mehnati natijasini shogirdlari yutuqlari orqali baholaydigan boʻlsak, Temurning faoliyatini juda samarali boʻlayotir, deyish mumkin. Turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, qobiliyatini yaqqol namoyish etgan ikki shogirdi – Jasur Otajonov, Suhrob Ochilovlar Qoraqalpogʻiston terma jamoasi safida Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan Xalqaro ochiq turnirda qatnashib, jamoaning faxrli uchinchi oʻrinni egallashiga munosib hissa qoʻshdi. Jahongir Rajabov, Sardor Xidirboyevlar esa respublika terma jamoasi safida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarida munosib ishtirok etdi.

Shunisi eʼtiborliki, Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining yosh futbolchilari murabbiylar – Rufat Bobojonov, Bayram Eshimovlardan oʻyin qoidalari, usullarini qunt bilan oʻrganib, yaqinda boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston chempionati hududiy bosqichida 2004-yilda tugʻilgan bolalar orasida birinchi oʻrinni, 7-sentyabr kuni Toʻrtkoʻl shahrida boʻlib oʻtgan 2007-yilda tugʻilgan bolalar orasida ham birinchi oʻrinni egalladilar. Qoraqalpogʻiston chempionatida esa ikkinchi oʻrinni yengib oldilar. Sport turlari boʻyicha turli yillarda jahon, Osiyo, Yevropa, Oʻzbekiston chempionati chempionlari, nomdor polvonlar tarbiyalanib voyaga yetgan beshik – tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabidan bugungi kunda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan sportchilar yetishib chiqmoqda. Ularning erishgan natijalari hisobga olinib, tegishli razryadlar berib borilmoqda. Ayni kunda 824 nafar razryadli, 3 nafar sport ustaligiga nomzod sportchilar bor.

Bolalarni sportga ommaviy jalb etishga qaratilayotgan saʼy-harakatlar tufayli 21-sonli maktabda tashkil etilgan ogʻir atletika guruhida ushbu hududning 40 nafardan ziyod farzandlari murabbiy Anvar Boboniyozov rahbarligida mahorat sirlarini oʻrganishmoqda. Shularning 5 nafari qizlardir. Oʻtgan davr mobaynida Baxtiyor Murodov, Jahongir Toʻxtasinov, Madina Omonova, Nilufar Jumaboyevalar Qoraqalpogʻiston birinchiligi chempioni va sovrindorlari boʻlishdi. Oltinoy Shukurullayeva esa Oʻzbekiston chemionatida birinchi oʻrinni yengib olib, ustozi, sport maktab rahbarlari va barcha murabbiylarini quvontirdi.

Xulosa qilib aytganda, tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida sogʻlom avlodni shakllantirishning muhim sharti boʻlgan bolalar sportining ommaviyligiga erishish, oʻsmir yoshlarning sport qobiliyatini rivojlantirib, nomdor sportchilar, chempionlar tarbiyalab voyaga yetkazishdek ezgu maqsadlar yoʻlida saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

 

Chorsham TOJIMURODOV,

tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019