16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Qishloq xoʻjaligi 👁 228

TERIM SURʼATI YuQORI, XIRMONLAR BALAND

TERIM SURʼATI YuQORI, XIRMONLAR BALAND

Boʻz yop ovulida oʻz ishining koʻzini biladigan fidoyi dehqonlar koʻp. Yerlarni bahorgi ekishga tayyorlashdan tortib, to hosilni yigʻishtirib olgunga qadar daladan beri kelmaydigan fidoyilar mehnati haqida qancha gapirsak ham kamlik qiladi. “Toʻlqin Norboy” fermer xoʻjaligi rahbari Ozod Toʻraboyev ana shunday fidoyilardan.
Erta bahorda 78 gektar yerga “Sulton” navli erta pishar paxta navini ekilgan xoʻjalik dalalari bugun chinakam mehnat maydoniga aylangan. Bir tekis pishib-yetilgan koʻsaklar oppoq chamanzor tusini olgan paxtazorlarda dehqonlar taʼbiri bilan aytganda, “gʻalvir suvdan koʻtarilayotir”. Fermer xoʻjaligining qaysi dalasiga bormang, baland hosil xirmonlarini koʻrib, koʻzingiz quvonadi. Albatta, dalalarda moʻl hosil yetishtirishning  oʻzi boʻlgani yoʻq. Xoʻjalikning 78 gektar paxta maydoni chigit unib chiqishi bilan 67 nafar pudratchiga boʻlib berildi. Agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilgani, ayniqsa, yozning jazirama issiq kunlarida gʻoʻzani tunda sugʻorish ishlari tashkil etilgani, sharbat usulida sugʻorish, begona oʻtlardan tozalash, chilpish, zararkunandalarga qarshi biologik va kimyoviy ishlov berishga alohida eʼtibor qaratilgani oʻzining samarasini berdi. Dalalarda moʻl hosil toʻplandi. 78 gektar paxta maydonida shartnomaviy rejadagi 182 tonna yuqori navli sanoat xom ashyosi terib olindi.
Yigʻim-terim mavsumi toʻgʻri tashkil etilgani bois, ovuldagi vaqtinchalik ishsiz, pandemiya davrida joriy etilgan karantin qoidalari tufayli ishga chiqib keta olmagan ovul yoshlaridan iborat koʻngilli  hasharchilar hosilni yigʻib-terib olishda pudratchilar bilan musobaqalashib paxta terishdi. Terimchilarga dala boshida tushlik qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, ish haqlari har besh kunda hisob-kitob qilib borildi. Natija esa kutilganidan ziyoda boʻldi. fermer xoʻjaligida shartnomaviy reja sharaf bilan bajarildi.
Paxta yigʻim-terimi bilan birga fermer xoʻjaligining 17 gektar yerga ekilgan kuzgi bugʻdoyzorida ham agrotexnik tadbirlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Serhosil, “Antonim” navli bugʻdoy urugʻi ekilgan xoʻjalik gʻallazorlarida kuzgi zararkunanda hasharotlarga qarshi kimyoviy ishlov berish, oziqlantiruvchi suspenziyalarni purkash, dalalar boshiga mahalliy oʻgʻit va nombor jamgʻarish kabi ishlarga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Xoʻjalik bugʻdoyzorlari esa kundan-kunga yam-yashil tus olib, baravj rivojlanmoqda.
Fermer xoʻjaligi paxtazorlarida esa hali hosil moʻl. Terim surʼati ham yuqori. Oʻz vaqtida ish haqlarini olib, moddiy manfaatdorlik koʻrayotgan terimchilar kuniga har biri oʻrtacha 80-90 kilogrammdan paxta terishga erishmoqdalar.
Ovul hududidagi “Mahkam sari” fermer xoʻjaligi paxtakorlari ham dastlabki dovondan oshdilar. 77 gektar maydonga “Sulton” navli chigit ekilib, asosiy maydonlar urugʻlik paxta uchun moʻljallangani tufayli agrotexnik tadbirlarni alohida eʼtibor bilan oʻtkazishni taqozo etdi. Fermer xoʻjaligi rahbari Mahkamjon Saparimbetovning mavsum yumushlarini toʻgʻri tashkil etgani, ish yuritishdagi uzviylik tufayli xoʻjalik dalalarida yuqori hosil yetishtirildi. 42 nafar pudratchi oʻzlariga berkitilgan dalalarni begona oʻtlardan tozalash, ayniqsa, urugʻlik paxta ekilgan dalalarda qoʻshimcha oziqlantirish ishlarini meʼyorida olib borishga erishganlari yigʻim-terim mavsumining muvaffaqiyatli boshlanishini taʼminladi.
Natijada fermer xoʻjaligi dalalaridan 182 tonna paxta terib olinib, shartnomaviy reja sharaf bilan uddalandi. Yetishtirilgan hosilning 100 tonnasi urugʻlik chigit uchun moʻljallangan boʻlib, ushbu hosil alohida eʼtibor bilan, toza terilib, yuqori navga topshirildi, sifati va tolasi talablar darajasida ekanligi bois, daromad ham yuqori boʻlishi kutilmoqda.
Xoʻjalik dalalarida yigʻim-terimda qatnashayotgan pudratchilar va koʻngilli hasharchilarga ish haqlari shu kunning oʻzida, tarozi boshida hisob-kitob qilinib, har bir kilogramm paxta uchun vaqtida haq pul toʻlanayotgani, terim surʼatining  yanada yuqori boʻlishini taʼminlamoqda. Ilgʻor terimchilardan Gulruh Saparniyozova, Sayyora Yusupovalar kuniga birinchi terimda 180-200, ayni paytda esa 100-120 kilodan, mavsum boshidan esa xoʻjalik xirmoniga har biri 2,5-3 tonnadan ziyod paxta terib toʻkdilar. Terilgan paxta hosilini paxtani qabul qilish maskaniga sifatli tarzda yetkazib berishda mexanizator Ikrom Rajabovning xizmati katta boʻlmoqda.
Mazkur xoʻjalik dalalarida ham hali hosil moʻl. Fermer xoʻjaligi rahbari Mahkamjon Saparimbetovning hisob-kitobiga koʻra, yana 30 tonnadan ziyod hosil yigʻib-terib olish, zimmasidagi majburiyatini ham oshirib bajarish imkoniyati mavjud.
Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, fermer xoʻjaligining 17 gektar maydondagi bugʻdoyzorida ham tekis nihol olinib, gʻalla ekilgan maydonlar yam-yashil tus olgan. Kuzgi mavsumiy ishlar esa maromida olib borilmoqda. Xoʻjalikning 2 gektar yeridagi yangi uzumzor bogʻdagi toklar ham baravj rivojlanib, kelgusi yildan hosilga kirishi kutilmoqda. Shuningdek, 50 quti asalari uyalarida ham kuzgi asal yigʻish, qishga tayyorgarlik tadbirlari olib borilmoqda.
Ayni paytda fermer xoʻjaligi dalalarida yetishtirilgan paxta hosilini izgʻirinli, yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmasdan yigʻib-terib olish ishlari qizgʻin davom ettirilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019