16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 271

KUZGI BUGʻDOY SIFATLI PARVARISh QILINMOQDA

KUZGI BUGʻDOY SIFATLI PARVARISh QILINMOQDA

Mamlakatimizda boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirishda agrotexnologiyaning ilgʻor usullarini qoʻllash bilan bir qatorda gʻalla yetishtiruvchilarni ragʻbatlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli don mahsulotlari yetishtirish hajmi yil sayin oshirilishiga erishilmoqda. Bunda yerlarning ekishga sifatli tayyorlanishi, urugʻlikning belgilangan muddatlarda ekilishi, mineral oʻgʻitlarning meʼyorida sarflanishi ham muhim omil boʻlmoqda.

Qaratilayotgan eʼtibor, gʻalla ekilgan maydonlarda yuqori  hosil yetishtirgan fermer xoʻjaliklariga davlat xaridi uchun yetkazib berilgan don xarid narxiga 25 foizgacha ustama narx qoʻllanilayotganligi tufayli gʻallachilik yuqori daromadli sohaga aylanmoqda. Natijada tumanimiz  fermer xoʻjaliklari ijarachilari ham boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishga intilmoqdalar.

Oʻrta qalʼa ovulidagi koʻptarmoqli Gulmurod Boboniyozov rahbarlik qilayotgan “Yergulobod” fermer xoʻjaligining paxtachilik, baliqchilik, chorvachilikdan tashqari 13 gektar gʻalla maydoni ham mavjud. Hozir ushbu maydonlarga ekilgan bugʻdoy urugʻlari bir tekis unib chiqib, yashil gilam tusiga kirgan. Ekish barobarida har gektar hisobiga 200 kilogrammdan fosfor mineral oʻgʻiti berilganligi tufayli bugʻdoy nihollari yaxshi rivojlanayapti.

2020-yil hosili uchun ekilgan 12 gektar gʻalla maydonidan oʻtgan mavsumda davlat xaridi uchun 36 tonna “qirmizi” don topshirilgan, jami hosildorlik 45 tsentnerdan oshishiga  erishilgan edi. Gʻallachilikdan kelgan daromad tufayli xoʻjalik ishchilarining ham, xoʻjalikning ham iqtisodi yuksaldi.

Tumanimizda xalqimizning rizq-roʻzi boʻlgan gʻalla yetishtirishga masʼuliyat bilan yondoshib, ekin maydonlaridan samarali foydalanayotgan fermer xoʻjaliklari koʻp. Qilichboy ovulida faoliyat yuritayotgan Otaxon Qurboniyozov rahbarligidagi “Amirxon” fermer xoʻjaligi shularning biri hisoblanadi. Oʻtgan yili gʻallachilikdan moʻl daromad olingan ushbu xoʻjalikda joriy yilda 118 gektar paxta maydonidan paxta topshirish yillik kontraktatsiya shartnomasi ortigʻi bilan ado etildi. Tumanda birinchilar qatorida paxta topshirish yillik rejasini bajargan azamatlar 11 gektar yerga 2021-yil hosili  uchun gʻalla ekib, tekis nihol olishga ham erishdilar. Hozir ushbu  maydonlarda bugʻdoy maysalari yam-yashil boʻlib, koʻzni quvontirib turibdi.

Eʼtiborli jihati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq shu yildan boshlab, davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotining bosqichma-bosqich bekor qilinayotganligi, gʻalla xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish nazarda tutilayotganligi, dehqonlarning mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorligini taʼminlashga eʼtibor qaratilayotganligi gʻallachilikni daromadli sohaga aylantirishga asos boʻlayotir.

Natijada – hozirgi kunda tumanimizning  barcha fermer xoʻjaliklarida ham gʻalla ekilgan maydonlarda tekis nihol olishga erishilib, parvarishlash agrotexnika qoidalari asosida olib borilayapti. Amalga oshirilayotgan bu kabi samarali chora-tadbirlar 2021-yilda gʻalla maydonlari hosildorligi yuqori boʻlishiga zamin yaratadi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019